Suyak sistemasining tuzilishi


Download 85 Kb.
bet1/2
Sana25.10.2023
Hajmi85 Kb.
#1720615
  1   2
Bog'liq
SUYAK SISTEMASINING TUZILISHI



SUYAK SISTEMASINING TUZILISHI
REJA
1. Suyaklarni qayta qurish
2. Suyak sinishi, suyak chiqishi
3. Suyak sistemasining tuzilishi

Suyaklar — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suya k toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.


Suyak tuzilishi va shakliga koʻra uzun, yaʼni naysimon (son, boldir va boshqalar), yassi, yaʼni serbar (toʻsh va boshqalar) va kalta (umurtqalar va boshqalar) buladi. Naysimon suyaklarning urta qismi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich moddadan, epifiz va yassi hamda kalta suyaklar tanasi gʻovak moddadan iborat. Diafiz boʻshligʻida va epifiz gʻovak moddasi oraligʻida ilik buladi. Suyak sirti biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan suyak usti pardasi — periost, ichki ilik boʻshligʻi tomondan xuddi shunga oʻxshash endost bilan qoplangan. Diafiz 4—15 mkm kalinlikdagi plastinkalardan iborat boʻlib, ular orqali qon tomirlari va nervlar oʻtadi.
Suyak — kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin gormonlari kon plazmasida kalsiy miqdorini va osteoklastlarning soʻrilish faolligini boshkarib turadi. Suyak toʻqimasi juda faol regeneratsiya xususiyatiga ega boʻlib, organizmda toʻxtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan suyakning mexanik xossalari ham organizmga tushadigan yukka mos ravishda oʻzgarib boradi. Odam skeleti suyak tarkibi umr davomida yangilanib turadi (yana qarang Suyak sinishi, Suyak chiqishi, Skelet).
Odam skeleti 200 dan ortiq alohida-alohida suyaklardan iborat. Skelet quyidagi bo‘laklaiga ajratilgan tana suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak va kutubxonasi o'mrov suyaklari), qo'l suyaklari (yelka, bilak va qo 1 panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qov va o‘tiig‘ich suyaklar) va son, boldir hamda oyoq panja suyaklaridan iborat.

Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi.


1. Naysimon suyaklar: uzun suyaklar — yelka, bilak, son va boldir suyaklari qo‘l va oyoq skeletini tashkil qilib, tayanch vazifasini bajaradi; Naysimon suyaklar richag harakatini bajarib, tayanch va mudofaa vazifasini bajaradi Naysimon suyaklaming o'rta qismi tanasi— diafizi (diaphysis) silindr yoki uchburchak shaklda. Naysimon suyaklaming tanasida suyak iligi kanali bor. U larn in g kengaygan uchi — epifiz (epiphysis) deb ataladi. Unda qo'shni suyak bilan birlashuvchi bo'g'im yuzasi (facies articularis) bo'lib, u bo'g'im tog'ayi bilan qoplangan. Epifiz asosan g'ovak moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich modda qoplab turadi. Suyakni g'ovak moddasi sohasida uni hosil qiluvchi suyak to'sinlari orasida bolalarda va kattalarda qizil ilik joylashgan. Diafizni epifizga o'tish joyi metafiz (metaphisis) deyiladi. Bu sohada zich modda yupqalashib kam ayib boradi; m etafiz g'o v ak tuzilishga ega.
2. G 'ovak suyaklar: a) uzun g'ovak suyaklar — to'sh suyagi va qovurg'alar; b)kalta g'ovak suyaklaiga—umurtqalar, q o 'l-o y o q , kaft usti va kaft oldi suyaklari kiradi, ular k o 'p qirrali shaklga ega. U lar asosan g'ovak moddadan tuzilgan bo'lib, yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan.
3.Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo'shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi (kalla qopqog'i, chanoq va kurak suyaklari). Bu suyaklar tashqi zich qavat (lamina externa) va ichki zich qavat (lamina interna) o‘rtasida joylashgan mayda katakchali g'ovak moddadan (diploe) tashkil topgan.
4, Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. Umurtqaning tanasi tuzilishi jihatidan g'ovak suyaklarga, ravog'i va o'sim talari yassi suyaklarga kiradi. Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplangan havo bilan to'la bo'shliq bo'ladi. Ularga kallaning peshona, ponasimon, yuqori jag‘ va g'alviisimon suyaklari kiradi. Har bir suyakning yuzasida mushaklar, ulaming paylari, fassiya, boylamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo'ladi. Ulami apofizlar (apophysis) deb ataladi. Bulaiga bo'rtiq (tuber), do'mboqcha (tuberculum), qirra (crista) va o'simta (processus) kiradi. Suyakning yuzalari o'zaro chekkalar (margo) bilan chega-ralanadi. Ba’zi bir suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatlar (sulcus) yuzaga keladi. Suyakning ichki yuzasida uning ichiga kiruvchi oziqlantiruvchi teshik (foramina nutricia) bo'lad
Past tabaqali hayvonlar skeleti biriktiruvchi to`qimadan, yuqoriroq tabaqali hayvonlar skeleti esa tog`ay moddalardan tuzilgan bo`ladi. Umurtqali hayvonlar skeleti esa suyak moddalaridan tashkil topgan.
Filogenezdagi takomillashuv holati, ontogenezda qaytariladi. Ontogenez holatida skelet suyaklari 3 xil holatni o`taydi:
1) biriktiruvchi to`qima holati; 2) tog`ay holati; 3)suyaklanish holati. Skeletni tashkil etgan suyaklarning ko`pchiligi ko`rsatilgan 3 holatni o`taydi. Lekin ba’zi suyaklar (kalla gumbazini tashkil etuvchi suyaklar, yuz suyaklari va o`mrov suyagining bir qismi) tog`ay holatini o`tmasdan, biriktiruvchi to`qima holatidan suyak holatiga o`tadi va bunday suyaklarni – birlamchi Suyaklar deyiladi. Ikkilamchi suyaklar esa taraqqiyotda uch holatni (biriktiruvchi to`qima, tog`ay va suyaklanish) o`taydi.
Embrion taraqqiyotining boshlang`ich davrida skelet biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`ladi. Taraqqiyotining keyingi bosqichida biriktiruvchi to`qima tog`ay moddasi bilan almashinadi. Embrion taraqqiyotining 2-oyidan boshlab suyaklanish nuqtalari paydo bo`ladi. Bu suyaklanish nuqtalari suyaklarning tana qismida (diafiz sohasida), hamda suyak tanasining uchlarida (metafiz sohasida) hosil bo’ladi. Bunday suyaklanish nuqtalarini birlamchi suyaklanish nuqtalari deyiladi. Embrion taraqqiyotining oxirgi oylarida yoki homila tug`ilganidan so`nggi birinchi yillarda ikkilamchi suyaklanish nuqtalari suyaklarning bo`g`im uchlarida (epifiz qismida) hosil bo’ladi. Oxirgi hosil bo`ladigan suyaklanish nuqtalari suyak o`simtalarida (apofiz qismida) joylashadi.
Suyaklarning diafiz qismi suyaklanganidan so`ng, ularning epifiz qismlari ham suyaklanadi. Suyaklarning diafiz va epifiz sohalari orasida tog`ay moddasi o`sish davrida saqlanib qoladi. Bu tog`ayli soha hisobiga suyaklar uzunasiga o`sadi. Suyaklarning o`sishi tugagach tog`ay halqa ham suyaklanib ketadi va aksincha diafiz hamda epifizlar orasida tog`ay yo`qolmasa suyak o`sishdan to`xtamagan hisoblanadi. Suyaklarning qalinlashuvi esa suyak ust pardasi hisobiga bo`ladi.
Suyaklarning shakli, qalinligi va uzunligi ular atrofidagi mushaklarga bog’liq bo`ladi. Atrofidagi mushaklar kuchli va katta bo`lib, suyaklarga og`irlik hamda ta’sir kuchi ko`proq tushsa — suyaklar ham uzunroq va qalinroq bo`ladi.
Aksincha nozik mushaklar joylashgan sohadagi suyaklar ham kichikroq bo’ladi.
Suyaklar o`sishdan to`xtagan holatda ham, ular ichida doimiy yangilanish davom etadi. Shu sababli suyaklarning yangj sharoitga moslashuvi katta yoshda ham davom etadi. Odam kasbining o`zgarishi, jismoniy ta’sir (og`ir atletika bilan shug`ullanish) etish jarayonida suyaklarning strukturasi ham o`zgarib boradi.
Har bir suyakning hosil bo`lishida mezenximadan hosil bo`ladigan biriktiruvchi to`qima hujayrasi osteoblastlar faol ishtirok etadi.
Suyaklanish jarayoni bir necha turda o`tishi mumkin.
Endesmal suyaklanish (en – ichida, desmos – boylam) birlamchi suyaklarda, biriktiruvchi to`qima ichida boradi. Biriktiruvchi to`qimali suyak shakli ichida osteoblast hujayralari suyaklanish nuqtalarini tashkil qiladi. Bu suyaklanish nuqtasida suyaklar nursimon shaklda suyaklarning chetiga qarab suyaklanib boradi. Suyaklarning biriktiruvchi to`qima bilan qoplangan tashqi yuzasi suyak ust pardasiga aylanadi va shu parda hisobiga suyaklar qalinlashadi.
Perixondral suyaklanish (peri – atrofi, chondros – tog`ay) tog`ay moddasidan iborat bo`lgan suyaklarda osteoblastlardan suyaklanish nuqtalari hosil bo`lib, tog`ay moddasi suyaklarga aylanadi. Suyaklarning qalinlashuvi suyak usti pardasi hisobiga davom etadi. Suyak usti pardasi hisobiga . suyaklarning hosil bo`lish jarayoni periostal suyaklanish deyiladi.
Endoxondral suyaklanish (endo – ichidan, chondros – tog`ay) suyaklarning tog`ayli shakli ichida boshlanadi. Tog`aylar ichida suyaklanish nuqtasi hosil bo’ladi. Bir paytning o`zida tog`ay moddalar so`rilib, suyaklarga almashinadi. Tog`aylar ichida suyaklanish natijasida suyaklarning g`ovak qismi hosil bo`ladi.
Embrion taraqqiyotining 2- oyida (homilada) suyaklarning diafiz (tana sohasi) qismida birlamchi suyaklanish nuqtalari hosil bo`ladi. Naysimon suyaklarning diafiz va metafiz sohalari perixondral va endoxondral suyaklanish holatida rivojlanadi.
Homila tug`ilishidan biroz avvalroq va tug`ilganidan so`ng ikkilamchi suyaklanish nuqtalari hosil bo’ladi. Bu nuqtalardan endoxondral suyaklanish shaklida suyaklar uchi epifiz sohalari rivojlanadi.
Bolalarda, o`smirlarda, katta yoshda ham qo`shimcha suyaklanish nuqtalari hosil bo`lib, ulardan mushaklar, boylamlar birikadigan o`simtalar (apofizlar) taraqqiy etadi.
Asosan g`ovakli tuzilishga ega bo’lgan suyaklar (umurtqalar, to`sh suyagi. kaft ust suyaklari, naysimon suyaklarning epifiz qismi) endoxondral holatda suyaklanadi. Tarkibida zich (kompakt) va g`ovak moddalar bo`lgan suyaklar (kalla asosidagi suyaklar, naysimon suyaklarning diafiz qismi) endoxondral va perixondral shaklda suyaklanadi.
Suyaklarning ko`ndalang kesimida, ularning tashqi yuzasi kompakt (zich) moddadan, ichki yuzasi esa g`ovak moddadan hosil bo`lganligini ko`rish mumkin. Naysimon suyaklarning g`ovak moddasida qizil ilik (epifiz sohasida) va sariq ilik
(diafiz sohasida) moddalari bo’ladi. Suyaklarning tashqi yuzasi suyak ust pardasi (periosteum) bilan qoplanib, bu parda orqali qon tomir va nervlar yo`naladi. Suyaklar og`irligining 50% ini suv hosil qiladi. Qolgan qismi esa organik moddalar (12,4%), neorganik moddalar (21,85%), hamda yog` moddasidan (15,75%) tashkil topgan. Suyaklarning organik moddasini ossein hosil qilsa, neorganik moddalarni esa kalsiyning fosforli va karbon tuzlari hosil qiladi.
Yosh bolalarda organik moddalar miqdori biroz ko`proq bo`lib, shu sababli ular suyagi egiluvchan bo`ladi. Aksincha katta yoshdagi odamlarning suyagida organik moddalar kamayib, neorganik moddalarning miqdori oshib boradi. Shu sababli ular suyagi mo`rtroq bo`ladi.
Suyaklar turi (tasnifi).
Odam skeleti joylashishiga ko`ra quyidagi guruh suyaklarga bo`linadi:
Tanadagi suyaklar: umurtqalar, qovurg`alar, to`sh suyagi.
Kalla suyaklari: yuz qismi suyaklari, miya atrofidagi suyaklar.
Yyelka kamari suyaklari: kurak suyagi, o`mrov suyagi.
Qo`l suyaklari: yyelka, tirsak, bilak va qo`l panjasidagi suyaklar.
Chanoq suyaklari.
Oyoq suyaklari: son, katta boldir, kichik boldir va oyoq panjasidagi suyaklar.
Suyaklar shakli (tuzilishi), vazifasi va taraqqiy etishiga ko`ra 4 guruhga, ajratiladi.
Naysimon suyaklar: uzun va kalta guruhlarga ajratiladi. Ular naysimon shaklga ega bo`lib, tashqi zich, qattiq (kompakt) moddadan va ichidagi g`ovaksimon moddadan tuzilgan. Bu suyaklar tayanch, himoya va harakat vazifasini bajaradi.
Uzun naysimon suyaklar (yyelka, tirsak, bilak; son, katta boldir, kichik boldir suyaklari) da diafiz qismi va ikkita endoxondral suyaklanadigan epifiz qismlari mavjud .
Kalta naysimon suyaklar (kaft va barmoq falangalari) da endoxondrial suyaklanish bitta epifizda bo`ladi .
G’ovak tuzilishga ega bo`lgan suyaklar: bu suyaklarning ichi g`ovak moddadan iborat bo`lib, tashqi yuzasi yupqa zich (kompakt) modda bilan qoplangan bo`ladi.
Uzun g`ovakli suyaklar turkumiga qovurg`a va to`sh suyaklari, kalta g`ovakli suyaklar turkumiga umurtqa, kaft usti suyaklari kiradi.
Mushaklar qisqarishini muvofiqlashtiradigan, ularning paylari ichida taraqqiy etadigan sesamasimon suyaklar (tizza qopqog`i suyagi, no`xatsimon suyak va h. k) ham g`ovakli suyaklar guruhini tashkil qiladi.
III.Yassi suyaklar: a) asosan himoya vazifasini bajaradigan kallaning yassi suyaklari. Bu suyaklar biriktiruvchi to`qima holatidan suyaklanib (birlamchi suyaklar), ichki va tashqi yuzalari zich (kompakt) moddadan tashkil topib, o`rtasida g`ovak modda bo`ladi.
b) tog`ay moddalik holatidan suyaklanadigan kurak va chanoq suyaklari
ham yassi suyaklar guruhini tashkil etadi.
IV. Aralash suyaklar: bu guruh suyaklar bir necha bo`laklardan taraqqiy etib, qo`shilib ketadi (kalla asosidagi suyaklar). Aralash suyaklar guruhiga qisman endesmal va qisman enxondral taraqqiy etadigan o`mrov suyagini ham kiritish mumkun.
Suyaklar tanadagi kaltsiy va fosforning asosiy birikmasi: inson tanasidagi umumiy kaltsiyning deyarli 99% suyak to'qimalarida saqlanadi. Suyaklarning umumiy massasi hayvon hayoti davomida o'zgarib turadi. O'sish bosqichida suyak shakllanishi rezorbsiyadan (nobud bo'lishdan) oshadi va skelet o'sadi va rivojlanadi.
Dastlab u uzunligi va keyin qalinligi oshib, odamlarda maksimal 20 yoshdan 30 yoshgacha etadi. Kattalarda (taxminan 50 yoshgacha) suyak shakllanishi va rezorbsiyasi o'rtasida muvozanat mavjud.
Ushbu muvozanat "suyaklarni qayta qurish" deb nomlanadigan almashtirish jarayoni bilan ta'minlanadi va bu yiliga umumiy suyak massasining 10% dan 12% gacha ta'sir qiladi. Keyinchalik degenerativ jarayon boshlanadi, unda rezorbsiya shakllanishdan oshib ketadi va suyak massasi sekin kamayadi.
Xususiyatlari va tuzilishi
Suyakda medullyar bo'shliq deb nomlangan markaziy bo'shliq mavjud bo'lib, unda suyak iligi, gemotopoetik to'qima, ya'ni qon hujayralarini hosil qiluvchi to'qima joylashgan. Sinovial bo'g'inlarga to'g'ri keladigan joylar bundan mustasno, bu tuzilmalar periosteum bilan qoplangan.
Suyakning markaziy qismi endosteum deb nomlangan ingichka, maxsus biriktiruvchi to'qima hujayralarining bir qatlami bilan o'ralgan. Endosteumda osteoprogenitor hujayralar va osteoblastlar mavjud. Shu tarzda yopilgan suyak hujayralari hujayradan tashqaridagi matritsaga qo'shilgan [F1] [F2].
Osteoprogenitor hujayralari osteoblastlarga ajralib turadi va suyak matritsasini ajratish uchun javobgardir. Matritsa bilan o'ralgan holda, bu hujayralar inaktivlanadi va ular osteootsitlar deb ataladi.
Matritsada osteoitlar egallagan bo'shliqlar bo'shliqlar deb ataladi.
Organik matritsaning 90% I tipdagi kollagen tolalardan iborat, bu strukturaviy oqsil tendonlar va terida ham mavjud, qolgan qismi esa asosiy modda deb ataladigan bir hil jelatin moddadir.
Matritsaning kollagen tolalari katta to'plamlarda joylashgan bo'lib, ixcham suyakda bu tolalar qon tomirlari va asab tolalari o'tadigan kanallar atrofida konsentrik qatlamlarni hosil qiladi (Haversian kanallari). Ushbu qatlamlar "osteonlar" deb nomlanuvchi silindrlarni hosil qiladi..
Har bir osteon kam miqdordagi kollagen tolasi bo'lgan kalsifikatsiyalangan fundamental moddadan hosil bo'lgan sementatsiya chizig'i bilan chegaralanadi va Gavversian kanallaridagi tomirlar bilan oziqlanadi.
Suyak suyagida katta maydonli plastinkalar yoki spikulalar hosil bo'ladi va hujayralar hujayradan tashqari suyuqlikni suyakdan trabekulalarga tarqalishi bilan oziqlanadi.
Matritsaning noorganik tarkibiy qismlari suyakning quruq vaznining taxminan 65% ni tashkil qiladi va asosan kaltsiy va fosfordan iborat bo'lib, natriy, kaliy, magniy, sitrat va bikarbonat kabi ba'zi elementlardan tashqari.
Kaltsiy va fosfor gidroksiapatit kristallarini hosil qiladi [Ca10 (PO4) 6 (OH) 2]. Kaltsiy fosfat amorf shaklda ham uchraydi.
Gidroksiapatit kristallari I tipdagi kollagen tolalari bo'ylab tartibli ravishda joylashtirilgan bo'lib, ular kontsentratsion ravishda bir-biriga to'g'ri keladi, bu ham kristallarni devordagi g'isht singari qoplaydi.
Suyak shakllanishi va o'sishi
Bosh suyagining suyaklari "intramembranoz ossifikatsiya" deb nomlanuvchi jarayon natijasida hosil bo'ladi. Buning o'rniga uzun suyaklar dastlab xaftaga modellashtiriladi, so'ngra suyakning diafizidan boshlanadigan va "endoxondral ossifikatsiya" deb ataladigan suyaklanish yo'li bilan suyakka aylanadi.
Yassi suyaklarning aksariyati intramembranoz suyak shakllanishi va suyaklanish yo'li bilan rivojlanib o'sadi. Bu jarayon mezenximal hujayralar suyak matritsasini ishlab chiqarishni boshlagan osteoblastlarga ajralib turadigan yuqori darajada qon tomirlashgan mezenximal to'qimalarda uchraydi.
Shu tarzda sirtlari osteoblastlar tomonidan joylashtirilgan spikulalar va trabekulalar tarmog'i hosil bo'ladi. Dastlabki osteogenezning ushbu mintaqalari birlamchi ossifikatsiya markazi deb ataladi. Tasodifiy yo'naltirilgan kollagen tolalari bilan birlamchi suyak shunday hosil bo'ladi.
Keyinchalik kalsifikatsiya sodir bo'ladi va matritsada ushlanib qolgan osteoblastlar osteootsitlarga aylanadi, ularning jarayonlari kanalikulalarni keltirib chiqaradi. Trabekulyar tarmoqlar shimgichga o'xshab shakllanganligi sababli qon tomir biriktiruvchi to'qima suyak iligini keltirib chiqaradi.
Periferik trabekulalarning qo'shilishi suyak hajmini oshiradi. Oksipital suyakda (orqa sohada kranial suyak) birlashib, bitta suyak hosil qiladigan bir nechta ossifikatsiya markazlari mavjud.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda frontal va parietal suyaklar orasidagi fontanellar suyaklanish joylari bo'lib, ular hali birlashmagan.
Suyaklarning ixcham shakllanishi
Mezenxima to'qimalarining ichki va tashqi qismlarida kalsifikatsiz qolgan joylari periosteum va endosteumni hosil qiladi. Periosteum va dura yaqinidagi suyak sohalari ixcham suyakka aylanib, tekis suyakning ichki va tashqi stolini hosil qiladi.
O'sish paytida, uzun suyaklarda epifizdagi ixtisoslashgan joylar diafizdan epifiz plitasi deb ataladigan juda faol xaftaga plita bilan ajralib turadi.
Suyakning uzunligi kattalashadi, chunki bu plastinka o'qning har ikki uchiga yangi suyak qo'yadi. Epifiz plastinkasining kattaligi o'sish tezligiga mutanosib bo'lib, unga turli gormonlar ta'sir qiladi.
Tartibga solish
Ushbu blyashka modulyatsiyalovchi gormonlar orasida gipofizning oldingi qismi tomonidan chiqarilgan va gipotalamus tomonidan ishlab chiqarilgan o'sish gormoni chiqaruvchi gormon (GRH) tomonidan tartibga solinadigan o'sish gormoni (GH) va bu omil somatomedin hisoblanadi. jigar tomonidan ishlab chiqariladigan I tip insulinga o'xshash o'sish (IGF-I).
Proliferatsiya zonasidagi mitotik faollik zonadagi suyaklarning rezorbsiya tezligiga o'xshash ekan, epifiz plastinkasining kattaligi doimiy bo'lib qoladi va suyak o'sishda davom etadi.
20 yoshdan keyin mitotik faollik pasayadi va suyaklanish zonasi xaftaga zonasiga etib boradi, diaphiz va epifizlarning medullar bo'shliqlariga qo'shiladi.
Uzunlamasına suyak o'sishi epifiz yopilishi sodir bo'lganda, ya'ni diafiz epifizga qo'shilganda tugaydi. Epifizning yopilishi balog'at yoshidan keyin oxirgi yopilish bilan tugaydigan tartibli vaqt ketma-ketligidan kelib chiqadi.
Uzoq suyakning kengligidagi o'sish appozitsion o'sish orqali hosil bo'ladi, bu periosteumning ichki qatlamining osteoprogenitor hujayralarini diaphizning subperiosteal joylari tomon suyak matritsasini chiqaradigan osteoblastlarga ajratish mahsulotidir.
Suyaklarni qayta qurish
Inson hayoti davomida suyak shakllanish va rezorbsiya jarayonlari, ya'ni eski suyakni yo'q qilish va yangi suyak shakllanishi orqali doimiy ravishda o'zgarib turadi.
Chaqaloqlarda kaltsiy har yili 100% aylanishga uchraydi, kattalarda esa bu atigi 18% ni tashkil qiladi. Ushbu rezorbsiya va hosil bo'lish yoki almashtirish jarayonlariga suyaklarni qayta qurish deyiladi.
Qayta qurish osteoklastlarning ta'siridan suyakni yo'q qiladigan va yoriqlarni qoldirib osteoblastlar tomonidan ishg'ol etilishidan boshlanadi. Ushbu osteoblastlar keyinchalik suyaklanib, yangi suyak paydo bo'lishiga olib keladigan matritsani chiqaradi. Ushbu tsikl o'rtacha 100 kundan ko'proq vaqtni talab qiladi.
Har qanday vaqtda skelet suyagi massasining taxminan 5% qayta qurish jarayonida. Bu ikki millionga yaqin qayta qurish bo'linmalarining ishtirokini nazarda tutadi.
Yilni va bekor qilingan suyakni qayta tuzishdagi farqlar
Yilni suyakning yillik qayta tiklanish darajasi 4% ni tashkil qiladi va sindirilgan suyakniki 20% ni tashkil qiladi.
Suyakning ikki turini qayta tuzish stavkalari orasidagi farq, ehtimol, suyak suyagi suyak iligi bilan aloqada bo'lishi va to'g'ridan-to'g'ri suyak iligida parakrin faolligi bo'lgan hujayralar ta'sirida.
Yilni suyaklarning osteoprogenitor hujayralari, aksincha, suyak iligi hujayralaridan uzoqda bo'lgan gavversian kanallarida va periosteumning ichki qatlamlarida uchraydi va qayta qurishni boshlashiga, kelgan gormonlarga bog'liq. qon bilan.
Ko'pchilik suyaklarni qayta tiklashda osteoblastlar va osteoklastlar faoliyatida ishtirok etadigan gormonal va oqsil omillari, ammo ularning har birining funktsiyasi aniq yoritilmagan.
Suyak hujayralari
-Suyak hujayralarining turlari va ularning xususiyatlari
Suyak hujayralari - bu osteoprogenitor hujayralar, osteoblastlar, osteootsitlar va osteoklastlar. Ushbu hujayralarning har biri suyak fiziologiyasida alohida funktsiyalarga ega va yaxshi ajralib turadigan gistologik xususiyatlarga ega.
Osteoblastlar, osteokitlar va osteoklastlar birgalikda suyak shakllantiruvchi birlikni hosil qiladi.
Osteoprogenitor yoki osteogen hujayralar
Ushbu hujayralar periosteumning ichki qatlamida va endosteumda joylashgan. Ular embrional mezenximadan kelib chiqqan va differentsiatsiya bilan osteoblastlarni keltirib chiqarishi mumkin. Muayyan stress sharoitida ular xondrogen hujayralariga ajralib turishi mumkin.
Ular oval yadrosi, kam sitoplazmasi, unchalik qo'pol bo'lmagan endoplazmik retikulum (RER) va yomon rivojlangan Golji apparati bo'lgan shpindel shaklidagi hujayralardir. Ular juda ko'p ribosomalarga ega va suyak o'sishi davrida juda faol.
Osteoblastlar
Osteoklastlar osteogen hujayralardan olingan hujayralardir. Ular suyakning organik matritsasini, ya'ni kollagen, proteoglikanlar va glikoproteinlarni sintez qilish uchun javobgardir. Ular suyak yuzasida bir-birining ustiga chiqadigan qatlamlarga joylashtirilgan.
Uning yadrosi pufakchalarga boy sekretsiya qismiga qarama-qarshi tomonda joylashgan. Ularda mo'l-ko'l RER va yaxshi rivojlangan Golji apparati mavjud. Ularda boshqa qo'shni osteoblastlar bilan aloqa qiladigan qisqa proektsiyalar yoki kengaytmalar mavjud. Boshqa uzoq jarayonlar ularni osteootsitlar bilan bog'laydi.
Osteoblastlar matritsani ajratib turganda, ularni o'rab oladi va osteoblastlar matritsaga to'liq qo'shilganda, ya'ni uni o'rab olgach, ular inaktiv bo'lib, osteootsitlarga aylanadi.
Suyak matritsasining katta qismi kalsifikatsiyalangan bo'lishiga qaramay, har bir osteoblast va hattoki har bir osteozit atrofida kaltsiylanmagan suyak matritsasining ingichka qatlami qoladi, bu osteoid deb ataladi, bu hujayralarni kalsifikatsiyalangan matritsadan ajratib turadi.
Osteoblastlarning hujayra membranasida har xil turdagi retseptorlar mavjud. Ushbu retseptorlardan eng muhimi, paratiroid gormoni (PTH) uchun retseptor bo'lib, u suyak rezorbsiyasini ta'minlovchi osteoklastni stimulyatsiya qiluvchi omil sekretsiyasini rag'batlantiradi.
Osteoblastlar, shuningdek, osteoidni olib tashlashga qodir fermentlarni ajratib turishi va shu bilan rezorbsiyani boshlash uchun osteoklastlarni kaltsiylangan suyak yuzasi bilan aloqa qilishiga olib keladi.

XULOSA
Bular harakatsiz osteoblastlardan olingan hujayralar va etuk suyak hujayralari deb ataladi. Ular kaltsiylangan suyak matritsasining yuqorida aytib o'tilgan lagunlarida joylashgan. Har bir kub millimetr suyak uchun 20 000 dan 30 000 gacha osteoitlar mavjud.
Lagunlardan osteocitlar ularni birlashtirgan sitoplazmatik jarayonlarni yoyib, hujayralar o'rtasida ionlar va kichik molekulalar almashinadigan interstitsial birikmalar hosil qiladi.
Osteootsitlar yassilangan hujayralar bo'lib, tekis yadrolari va ozgina sitoplazmatik organoidlari bor. Ular suyakdagi kuchlanishni keltirib chiqaradigan mexanik stimullardan oldin moddalarni ajratishga qodir (mexanik transduktsiya).
Lakunalardagi osteoitlarni o'rab turgan bo'shliq periosteozitik bo'shliq deb ataladi va kaltsiylanmagan matritsada hujayradan tashqari suyuqlik bilan to'ldiriladi. Periosteozit devorlarining yuzasi taxminan 5000m2 ga teng va u 1,3 litr hujayradan tashqari suyuqlik hajmiga ega deb taxmin qilinadi.



Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling