Suyuqlik dilatometrik va bimetall termometrlar


Download 0.51 Mb.
bet2/5
Sana22.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1041292
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-мавзу

lt = l0( 1+ β r t ), (2.8)
bu yerda lt — t temperaturada qattiq jismning uzunligi; l0— shu jismning 0°C dagi uzunligi; βr - o‘rtacha chiziqli kengayish koeffitsient (0°C dan C gacha bo‘lgan temperaturalar oralig‘ida).
2.2- rasmda dilatometrik termometrning tuzilish sxemasi tasvirlangan. Bu asbobda sezgir element sifatida katta chiziqli kengayish koeffitsientiga ega bo‘lgan materialdan (jez va mis) tayyorlangan naycha 2 qo‘llanilgan. Korpus 3 ga kavsharlangan naycha ichida sterjen 1 joylashgan. Sterjen chiziqli kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan material (masalan, invar) dan ishlangan. O‘lchanayotgan muhitning temperaturasi ko‘tarilishi bilan naycha 2 uzayadi. Bu hol sterjen 1 ning siljishiga olib keladi. Shunda prujina 3 shayn 4 ning bo‘sh tomonini pastga tushiradi, o‘z navbatida u tortqi 8 va tishli sektor 7 orqali strelka 6 ni uning o‘qi atrofida aylantiradi. Strelka esa shkala 5 da o‘lchanayotgan temperatura qiymatini ko‘rsatadi.
Dilatometrik termometrlar suyuqliklar temperaturasini o‘lchashda hamda temperaturani ma’lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizatsiyada qo‘llanadi. Dilatometrik termometrlar 1,5 va 2,5 aniqlik klasslarida chiqariladi, ularning yuqorigi o‘lchash chegarasi 500°C gacha. 150°C dan oshmagan temperaturalar uchun naycha jezdan, sterjen esa invardan ishlanadi, undan yuqori temperaturalar uchun naycha zanglamas po‘latdan, sterjen esa kvartsdan ishlanadi.
Afzalliklari asbobning ishonchliligi va sezgirligi yuqori. Kamchilikligi asbob o‘lchamlarining kattaligi, temperaturaning bir nuqtada emas, balki hajmda o‘lchanishi, issiqlik inersiyasining kattaligi, ko‘rsatkichlarni masofaga uzatish mumkin emas.
Bimetall termometrlarning sezgir elementi kavsharlangan ikkita plastinkadan tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinkalar issiqlikdan kengayish temperatura koeffitsienti turlicha bo‘lgan metallardan tayyorlanadi. Temperatura o‘zgarganda plastinkalar uzayadi. Plastinkalar bir-biriga nisbatan siljiy olmaganligi sababli prujina issiqlikdan kengayish temperatura koeffitsienti kam bo‘lgan plastinka tomonga og‘adi. Plastinkalar uzayishining temperatura koeffitsienti farqi qancha katta bo‘lsa, prujinaning temperatura o‘zgarishidagi og‘ishi shuncha ko‘p bo‘ladi. 2.3-rasmda yassi plastinkali bimetall termometrning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. Temperatura o‘zgarishi bilan bimetall prujina 1 pastga egiladi. Tortqi 2 strelka 4 ni o‘q 3 atrofida aylantiradi. Strelka shkala 5 da o‘lchanayotgan temperatura qiymatini ko‘rsatadi.
Bimetall plastinka qo‘llanilganda o‘lchashning yuqorigi chegarasi pastki plastinka tayyorlangan materialning qayishqoqligi chegarasi bilan chegaralanadi. Sezgir elementlar sifatida yoysimon yoki vintsimon spirallar qo‘llaniladi. Bimetall termometrlar bilan temperaturani o‘lchash chegarasi — 150°C dan +700°C gacha, xatosi 1 . . . 1,5%. Bu turdagi termometrlar temperaturani ma’lum darajada avtomatik ravishda saqlash va signalizatsiya uchun qo‘llaniladi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling