Oddiy haydash usullari. Suyuq aralashmalarni bir marta qisman bug`latish yo’li bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb ataladi. Oddiy haydash aralashma komponentlarining uchuvchanliklari o’rtasidagi farq ancha katta bo’lgandagina ishlatiladi. Odatda suyuq aralashmalarni birlamchi ajratish hamda murakkab aralashmalarni keraksiz qochshimchalardan tozalash uchun oddiy haydash usulidan foydalaniladi.
Oddiy haydash quyidagi usullarga bo’linadi:
1) fraksiyali haydash;
2) deflegmasiya bilan haydash;
3) suv bug`i bilan haydash.
Fraksiyali haydash. Suyuqliklarni fraksiyali haydash davriy yoki o’zluksiz usullarda olib boriladi. Haydash kubidagi suyuqlik asta-sekin bug`latiladi. Hosil bo’lgan bug`lar kondensatorga yuboriladi. Agar haydash jarayoni davriy ravishda olib borilsa, u holda vaqt ochtishi bilan qoldiq suyuqlikdagi va distillyatning tarkibidagi engil uchuvchan komponentning miqdori kamaya boradi. Shu sababli har xil tarkibli distillyatning fraksiyalari ajratib olinadi. Turli tarkibga ega bo’lgan mahsulotlarni olishga mo’ljallangan suyuqliklarni ajratish usuli fraksiyali haydash deb ataladi. 26.2-rasmda fraksiyali haydash uchun davriy ishlaydigan qurilmaning sxemasi ko’rsatilgan. Dastlabki aralashmaning ma’lum miqdori haydash kubiga solinadi. Haydash kubining ichiga zmeevik joylashtirilgan bo’lib, u orqali suv bug`i o’tadi. Suyuqlik qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil bo’lgan bug`lar kondensator-sovitkichga yuboriladi. Distillyat fraksiyalari tegishli idishlarga tushadi. Haydash jarayoni tamom bo’lgandan sochng, qoldiq suyuqlik haydash kubidan tushirib olinadi. Sochngra sikl takrorlanib, ajralishi lozim bo’lgan suyuqlik haydash kubiga yana beriladi.Oddiy haydash atmosfera bosimi yoki vakuum ostida olib borilishi mumkin. Vakuumni qo’llash natijasida issiqlikka chidamsiz aralashmalarni ajratish imkoni tug`iladi. Vakuum qo’llanilganda eritmalarning qaynash harorati pasayadi, shu sababli haydash kubini isitishda past haroratli suv bug`laridan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |