26.2-rasm. Oddiy haydash qurilmasining sxemasi;
1 - haydash kubi; 2 - kondensator-sovitkich; 3 - ko’zatish fonari;
4, 5, 6 - distillyat yig`iladigan idishlar.
Deflegmatsiya bilan haydash. Suyuqlik aralashmasining ajratish darajasini oshirish uchun distillyatning tarkibi deflegmasiya yordamida boyitiladi (26.3-rasm). Haydash kubidan chiqayotgan bug`lar deflegmatorga o’tadi, u erda bug`lar qisman kondensatsiyalanadi. Deflegmatorda asosan bug`ning tarkibidagi qiyin uchuvchan komponent kondensatsiyalanadi va hosil bo’lgan suyuqlik (flegma) haydash kubiga qaytib tushadi. engil uchuvchan komponent bilan tochyingan bug`lar kondensator-sovitkichga o’tadi va u erda to’la kondensatsiyalanadi. Haydash jarayonining tugashi kubda qolgan suyuqlikning qaynash harorati bo’yicha tekshiriladi. Odatda qoldiq suyuqlik ma’lum tarkibga ega bo’lishi kerak. Tarkibida asosan qiyin uchuvchan komponent ushlagan qoldiq suyuqlik haydash kubining pastki qismida joylashgan shtutser orqali tegishli idishga tushiriladi.
Suv bug`i bilan haydash. Aralashmaning qaynash haroratini pasaytirishga vakuum ishlatishdan tashqari uning tarkibiga qochshimcha komponentlar (suv bug`i yoki inert gaz) kiritish yo’li bilan ham erishish mumkin. Agar aralashmaning komponentlari suvda erimasa, u holda haydash kubiga qoch shimcha komponent sifatida suv bug`i kiritiladi.
26.3-rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasining sxemasi:
1 - haydash kubi; 2 - deflegmator; 3 - kondensator-sovitkich;
4 - yig`gichlar.
26.4-rasm. Suv bug`i bilan haydash qurilmasining sxemasi:
1 - bug` g`ilofli haydash kubi; 2 - kondensator-sovitkich;
3 - separator.
Bu usuldan 1000 C dan yuqori haroratlarda qaynaydigan moddalarning aralashmalarini ajratish yoki ularni tozalash uchun foydalanish mumkin. Suv bug`i bilan ishlaydigan haydash qurilmasining sxemasi 26.4-rasmda ko’rsatilgan. Bu qurilmaning haydash kubi qobig`iga susaytirilgan bug` beriladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga quyiladi, sochngra barbotyor orqali suv bug`i yuboriladi. Aralashmaning bug`lanishidan hosil bo’lgan bug`lar kondensator-sovitkichga beriladi. Hosil bo’lgan kondensat ko’rsatgich fonar orqali separatorga tushadi. Separatorning pastki qismidan gidravlik zatvor orqali suv chiqarib yuboriladi, yuqorigi qismidan esa suvda erimaydigan yengil komponent chiqariladi va maxsus idishga tushadi. Suv bug`i bilan haydash nomuvozanat holatda olib boriladi. Bu jarayonda kuchli suv bug`i ikki xil (issiqlik tashuvchi va qaynash haroratini pasaytiruvchi agent) vazifani bajaradi. Jarayonni davriy yoki o’zluksiz usul bilan olib borish mumkin.
Ayrim sharoitlarda suv bug`i o’rniga inert gazlar (masalan, azot, uglerod ikki oksid va boshqalar)dan foydalaniladi. Inert gazlar qo’llanilganda aralashmaning qaynash haroratini ancha pasaytirish mumkin. Biroq haydash kubidan uchib chiqayotgan bug` tarkibida inert gazlarning bo’lishi kondensator-sovitkichda issiqlik berish koeffitsientining keskin pasayib ketishiga olib keladi. Natijada issiqlik almashinish yuzasi kattalashib ketadi. Bundan tashqari, bug`-gaz aralashmasining kondensatsiyalanishi tuman hosil bo’lishiga olib keladi. Bunday holda esa aralashmaning ajralishi qiyinlashadi va tayyor mahsulotning bir qismi inert gaz bilan uchib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |