Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Ekstraksiyalashning asosiy usullari


Download 3.48 Mb.
bet110/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Ekstraksiyalashning asosiy usullari. Amaliyotda suyuqlik aralashmalarini ekstraksiyalashning quyidagi usullari qo’llaniladi:
1) dastlabki aralashma va ekstragentni bir marotaba kontaktiga asoslangan jarayon (bir pog’onali ekstraksiyalash);
2) har bir pog’onada toza erituvchi ishlatish yo’li bilan ekstraksyalash (ko’p pog’onali ekstraksiyalash);
3) bitta yoki ikkita erituvchi yordamida qarama-qarshi oqim bilan ko’p bosqichli ekstraksiyalash (ko’p pog’onali ekstraksiyalash).
Birinchi va ikkinchi usullar kichik hajmli ishlab chiqarishlarda hamda laboratoriya sharoitlarida qo’llaniladi.
Sanoat miqyosida uchinchi usuldan, ya’ni fazalarning qarama-qarshi oqimidan foydalaniladi. Qaysi bir usul qo’llanishidan qatchiy nazar, ekstraksiyalash jarayoni erituvchini regenerasiya qilish bilan birga olib boriladi. Regenerasiyaning maqsadi eritmalar tarkibidagi kerakli komponentlarni ajratib olish va erituvchilarni qaytadan ishlatishdan iboratdir.
Bir pog’onali ekstraksiyalashning sxemasi 28.1-rasmda tasvirlangan.



28.1-rasm. Bir pog’onali ekstraksiyalashning sxemasi: 1- aralashtirgich; 2 — tindirgich; F — dastlabki eritma; A, V — aralashma komponentlari; S — ekstragent; E — ekstrakt; R — rafinat.
Dastlabki eritma F va erituvchi S aralashtirgich 1 ga beriladi,sochngra ara­lashma tindirgich 2 da ikki qatlam-ekstrakt E va rafinat R ga ajraladi. Dastlabki aralashma va erituvchi bir karra tochqnashib, jarayon ko’p vaqt davom etgan holatdagina muvozanat konsentratsiyasilariga yaqin tarkibli ekstrakt va rafinat olish mumkin bo’ladi. Jarayonni davriy va o’zluksiz rejimda olib borish mumkin. Ekstraksiyalash jarayoni o’zluksiz rejim bilan olib borilganda regenerasiya qilingan erituvchi o’zluksiz ravishda aralashtirgichga qaytariladi. Ushbu usul tarqalish koeffitsienti m ning qiymati katta bo’lgan sharoitda qo’llaniladi.
28.2-rasmda har bir pog’onada toza erituvchini ishlatishga asoslangan ko’p karrali ekstraksiyalashning sxemasi ko’rsatilgan. Bunday jarayon bir necha pog’onalarda olib borilib, ikkinchi pog’onadan keyingi hamma pog’onalarda dastlabki aralashma sifatida oldingi pog’onalardan olingan rafinatlar (R , R ,R , ...,R ) ishlatiladi. Toza holdagi ekstragentning umumiy miqdori bir necha qismlar (S ,S ,S ...,S )ga




Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling