Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


EKSTRAKTORLARNING TUZILISHI


Download 3.48 Mb.
bet112/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

EKSTRAKTORLARNING TUZILISHI.
Sanoatda ishlatiladigan ekstraktorlar asosan uch turga bo’linadi: aralashtirish tindirish; kolonnali; markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan.
Aralashtirish tindirish ekstraktorlari. Eng oddiy, davriy ishlaydigan aralashtirish tindirish ekstraktorlari vazifasini aralashtirgichli qurilmalar bajaradi. Bir pog’onali ekstraksiyalashni o’zluksiz olib borish uchun ikki qism (aralashtirish va tindirish) dan iborat qurilmalar ishlatiladi
Eng oddiy tindirgich gorizontal joylashgan idishdan iborat. Tindirgichning hajmi bo’ylab suyuqlik laminar rejim bilan harakat qiladi, natijada aralashma ikki qismga ajraladi. Yengil fraksiya (ekstarkt) idishning tepasida joylashgan shtutser orqali chiqadi. Og`ir fraksiya (rafinat) esa tindirgichning pastki qismidagi shtutser va sifon orqali tashqariga chiqadi.
Aralashmalarni ikki qismga ajratishda murakkab to’zilishga ega bo’lgan boshqa tindirish qurilmalari (gidrosiklonlar, sentrifugalar va markazdan qochma separatorlar) ham keng ishlatiladi.
Sanoatda ko’pincha ikkita suyuq fazani aralashtirish va ajratish operasiyalari bitta qurilmada amalga oshiriladi. Bunday qurilmalar aralashtirish tindirish ekstraktorlari deb ataladi (28.4-rasm). Dastlabki eritma L va erituvchi (7 tegishli quvurlar orqali aralashtirish kamerasiga yuboriladi. Aralash­tirish zonasida aralashtirgich doim ishlab turadi. Hosil bo’lgan aralashma yuqoriga ko’tariladi, sochngra halqasimon bochshliq orqali ajratish zonasiga o’tadi. Og`ir fraksiya L qurilmadan sifonli quvur orqali, yengil fraksiya P esa qurilmaning yuqorisiga joylashgan shtutser yordamida tashqariga chiqadi. O’zaro ta`sir qilayotgan suyuqliklar maxsus quvur orqali retsirkulyatsiya qilinadi

28.4-rasm. Aralashtirish tindirish ekstraktori:
1, 2 — eritma va erituvchi kiradigan quvur; 3 — aralashtirish zonasi; 4 — aralashtirgich; 5 — aralashtirish quvuri; 6 —sirkulyatsion quvur; 7 — sifon; 8 — ajratish zonasi; 9 — halqasimon bochshliq; 10 — quyilish shtutseri.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling