Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
Namlanuvchi issiqlik almashgichlar
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zmeevikli issiqlik almashgichlar.
Namlanuvchi issiqlik almashgichlar. Bunday qurilmalar tashqi tomonidan suyuq holdagi issiqlik tashuvchi (odatda suv) bilan namlanib turuvchi zmeeviklardan iborat (21.6-rasm). Taqsimlab beruvchi tarnov orqali suv yuqorigi quvurga berilib, undan keyin pastki quvurga tushadi. Ketma-ket hamma quvurlardan ochtgach, suv quvurlarning tagida joylashgan yig`uv idishiga tushadi. Odatda bunday sovitkichlar ochiq havoda joylashtirilgan bo’ladi. Afzalliklari: sovituvchi suvning sarfi kam, tuzilishi sodda va arzon, quvurlarni tozalash oson.Namlanuvchi issiqlik almashinish qurilmalari asosan suyuqlik yoki gazlarni sovitish hamda bug`larni kondensatsiyalash maqsadida ishlatiladi.
21.6-rasm. Namlanuvchi issiqlik almashgich: 1- tarnov; 2 - tirsak; 3 - quvur; 4 — yig`gich. Zmeevikli issiqlik almashgichlar. Bunday qurilmalarda 25-75 mm ll quvurlardan tayyorlangan spiralsimon zmeeviklar suyuqlik bilan to’ldirilgan idishda o’rnatiladi. Botirilgan zmeevik quvurlaridan gaz yoki bug` harakatlanadi. Zmeevikli issiqlik almashgichlarning diametri idishning o’lchamlariga ko’ra 300-2000 mm ga teng bo’lishi mumkin. Suyuqlik bilan to’ldirilgan idishning hajmi katta bo’lgani va idish ichidagi suyuqlikning tezligi juda kichik bo’lganligi uchun zmeevikning tashqi devori tomonidagi bug` bilan suyuqlik orasidagi issiqlik berish koeffitsienti ham kichik qiymatga ega bo’ladi. Qurilmaning hajmini kamaytirish va suyuqlikning tezligini oshirish uchun uning ichiga stakanga ochxshash idish tushiriladi (21.7-rasm). Zmeevik quvurlarida harakatlanayotgan bug`ning bosimi 0,2-0,5 MPa gacha bo’lganda zmeevik uzunligining quvur diametriga nisbati 200-245 bo’lishi mumkin. Agar bu nisbatning miqdori katta bo’lsa, bug` kondensati zmeevik quvurlarining pastki qismida yig`ilib, issiqlik almashinish tezligi kamayadi va gidravlik qarshiliklar ortib ketadi. Afzalligi: tuzilishi sodda, tayyorlash oson, issiqlik almashinish yuzasini almashtirish qulay, idishdagi suyuqlikning hajmi katta bo’lganligi sababli harakat rejimining o’zgarishlariga uncha sezgir emas. Kamchiliklari: o’lchami va gidravlik qarshiligi katta, idishdagi suyuqlikning tezligi kam bo’lganligi uchun zmeevikning tashqarisidagi issiqlik berish koeffitsienti kichik, quvurlarning ichki yuzasini tozalash qiyin. 21.7-rasm Zmeevikli issiqlik almashgich. Kanallar ikki guruhga 1- zmeevik; 2 — qobiq; 3, 4 - patrubkalar; 5, 6 - shtutserlar; 7 - stakan; birinchi I va II - issiqlik tashuvchi agentlar. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling