23.1- rasm. Tashqi sirkulyatsiya quvurli bug`latish qurilmasi.
1 - bug` kamerasi; 2 - sirkulyatsiya quvuri; 3 - tomchi ushlagich; 4 - bug` bochshlig`i
Isituvchi quvurlardagi suyuqlik-bug` aralashmasi bilan sirkulyatsiya quvuridagi bug`lanayotgan eritmaning zichliklari har xil bo’lgani uchun qurilmadagi eritma o’z-o’zidan sirkulyatsiya bo’ladi. Zichliklarning farqi qancha katta bo’lsa, bug`latish jarayonining tezligi shuncha yuqori bo’ladi. Sirkulyatsiya quvurining diametri isituvchi kamera diametrining 1/3 ulushiga teng qilib olinadi. Bunday bug`latish qurilmalarining tuzilishi sodda va bug`lanayotgan eritma tabiiy sirkulyatsiya qilinadi.
Kamchiliklari: quvurlar quvur to’rlarida mahkam o’rnatilgan bo’ladi, sirkulyatsiya quvuri isitish kamerasi ichida bo’lganligi sababli jarayon davomida isib turadi. Shu sababli sirkulyatsiya quvuridagi eritma bilan isituvchi quvurdagi suyuqlik-bug` aralashmalarining zichliklari orasidagi farq kamayadi, natijada bug`latish jarayonining tezligi ham kamayadi. Shuning uchun bug`latish qurilmalarining ko’pchiligida sirkulyatsiya quvuri qurilmaning tashqi qismiga o’rnatiladi.
Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Isituvchi kamera yuzasining katta va isitish quvurlarining zich bo’lishini tachminlash maqsadida eritmani sirkulyatsiya qilish quvuri bug`latish qurilmasining tashqi tomoniga o’rnatiladi. Bundan tashqari, sirkulyatsiya quvuri isitish kamerasidan tashqarida joylashgani uchun, sirkulyatsiya bo’layotgan eritmaning sovishi natijasida uning tabiiy sirkulyatsiya tezligi ortadi hamda isituvchi kameraning diametri qurilma diametriga nisbatan birmuncha kichkina bo’lib, sirkulyatsiya quvuri esa isituvchi kameraning atrofida ixcham joylashadi. Ikqilamchi bug`ni suv tomchilaridan ajratuvchi tomchi ushlagich ham qurilmadagi bug` bochshlig`idan tashqarida joylashgan bo’ladi (23.1-rasm).
Bu qurilmalarning konstruktiv tuzilishi ancha murakkab, ammo bu qurilmada issiqlik o’tkazish samaradorligi yuqori va 1 m2 isitish yuzasiga, markaziy sirkulyatsiya quvurli bug`latish qurilmalariga nisbatan kam metall sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |