Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari


Download 3.48 Mb.
bet62/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari. Bunday qurilmalar kristallanuvchi va ko’pik hosil qiluvchi eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bug`latgich ikki qismga: isituv­chi kamera va separatorga ajratilgan bo’ladi (23.2-rasm). Isitkich quvurlarida bug`-suyuqlik aralashmasi hosil bo’ladi va separatorga o’tadi. Separatorda ikqilamchi bug` ajraladi, suyuqlik sirkulyatsiya quvuri bilan isitkich quvurlariga qaytadi. Isitkich quvurlarining uzunligi 7 metrgacha etadi. Quvurlar uzunligining ortishi Bug`latilgan bilan sirkulyatsiyaning tezli­gi ham ko’payadi, chunki bunday sharoitda quvurlarda hosil bo’lgan bug`-suyuq­lik aralashmasi va sirkulyatsiya quvuri ichidagi su­yuqlik zichliklari o’rtasidagi farq ortadi. Isitkichning separatordan alohida joylashishi quvurlarni tozalash va tachmirlash uchun qulaylik yaratadi.
Ajratilgan isitkichli bug`­latish qurilmalarida eritmalarning

23.2-rasm. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmasi: 1 — isitkich;
2 — separator; 3 — sirkulyatsiya quvuri; 4 — tomchi ushlagich
sirkulyatsiya tezligi 1,5 m/s gacha etishi mumkin. Bunday bug`latish qurilmalarida issiqlik o’tkazish koeffitsienti yuqori va ishlatish qulay bo’lganligi uchun ulardan keng miqyosda foydalaniladi. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalarida isitkichlar vertikal, gorizontal va og`ma holda o’rnatiladi.
Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari. Quyuq, solishtirma og`irligi katta, qovushoqligi yuqori bo’lgan eritmalarning tabiiy sirkulyatsiya tezligi juda kam bo’ladi. Bu turdagi eritmalar yuqorida bayon qilingan bug`latish qurilmalarida bug`latilganda issiqlik o’tkazish koeffitsienti ham kam bo’lib, qurilmaning unumdorligi pasayib ketadi.
Sirkulyatsiya tezligini va issiqlik o’tkazish koeffitsientini oshirish uchun majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qu­rilmalari ishlatiladi. Suyuqliklarning sirkulyatsiyasi propellerli va markazdan qochma nasoslar yordamida amalga oshiriladi.




Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling