Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash


Download 3.48 Mb.
bet69/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash. Qattiq fazaning suyuqlikka (erituvchiga) eritish jarayoni deb ataladi. Qattiq g’ovaksimon materiallar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta`sir qiluvchi erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deyiladi. Agar eritish jarayonida qattiq faza to’la suyuq fazaga ochsha, ekstrak­siyalash paytida esa qattiq faza amaliy jihatdan o’zgarmay qoladi, faqat uning tarkibidagi tegishli komponent suyuq faza­ga o’tadi. Ekstraksiya jarayoni qattiq materiallar tarkibidagi muhim yoki zaharli komponentlarni ajratib olish uchun qo’llaniladi.
Kristallanish. Suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristallar holatida ajratish jarayoni kristallanish deb yuritiladi. Bu jarayon eritmalarni o’ta tochyintirish yoki o’ta sovitish natijasida sodir bo’ladi. Kristallanish paytida modda suyuq fazadan qattiq fazaga o’tadi. Kristallanish jarayonidan odatda o’ta toza moddalar olish maqsadida foydalaniladi.
Membranali jarayonlar. Aralashma komponentlarini yarim o’tkazuvchan tochsiqlar (membranalar) yordamida tanlab ajratib olish yoki ularni quyuqlashtirish membranali jarayonlar deb yuritiladi. Bunday jarayonda modda (yoki moddalar) bir fazadan ikkinchi fazaga ularni ajratib turgan membrana orqali o’tadi. Membranali jarayonlar gaz yoki suyuq aralashmalarni ajratish, oqova suvlar va gazsimon chiqindilarni tozalash uchun qo’llaniladi.
Moddalarni o’tkazish murakkab jarayon bo’lib, bir yoki bir necha komponentni bir fazadan ikkinchi fazaga fazalarni ajratuvchi yuza orqali ochtishini belgilaydi. Moddalarni bir faza ichida tarqalishi moddalarning berilishi deb yuritiladi. Moddalarning berilish tezligi koeffitsient orqali ifodalanadi. Mod­dalarni bir fazadan ikkinchi fazaga o’tkazish jarayonining tezligi esa koeffitsient bilan belgilanadi.
Molekulyar diffo’ziya
Faza ichida moddaning tarqalishi, umuman olganda, molekulyar diffo’ziya bilan (agar muhit qo’zg`almas bo’lsa) yoki bir yo’la molekulyar va turbulent diffo’ziyalar yordami­da (agar muhit harakatchan bo’lsa) yo’z beradi.
Molekula, atom, ion va kolloid zarrachalarning tartibsiz issiqlik harakati ta`sirida moddaning tarqalishi molekulyar diffo’ziya deb ataladi. Qo’zg`almas muhitda, laminar oqimda va turbulent oqimning fazalarni ajratuvchi yuza yaqinidagi chegara qatlamida modda molekulyar diffo’ziya yordamida tarqaladi. Molekulyar diffo’ziya Fikning birinchi qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonunga ko’ra, elementar yuza dF dan ma’lum vaqt davomida tarqalgan moddaning massasi dM uning
konsentratsiyasi gradiyenti ga to’g`ri proporsionaldir:
(24.5)
yoki
(24.6)
(24.6) ifodaga asosan, yuza birligidan (F= 1) vaqt birligi ichida ( = 1) moddaning molekulyar diffo’ziya bilan tarqa­lishi moddaning solishtirma oqimi (yoki molekulyar diffo’ziyaning tezligi) deb ataladi:
(24.7)
Tenglamaning ochng tomonidagi minus ishora molekulyar diffo’ziyaning tarqaluvchi komponent konsentratsiyasining kamayishi tomonga qarab borishini ko’rsatadi. Tenglamadagi proporsionallik koeffitsienti D molekulyar diffo’ziya koeffitsienti yoki diffo’ziya koeffitsienti deb ataladi. (24.6) tenglamaga asosan diffo’ziya koeffitsientining o’lchov birligini aniqlaymiz:

Diffo’ziya koeffitsienti yuza birligidan vaqt birligi ichida, konsentratsiyasi gradiyenti birga teng bo’lganda, tarqalgan moddaning massasini bildiradi. Molekulyar diffo’ziya koeffi­sienti fizik o’zgarmas kattalik bo’lib, moddaning diffo’ziya yo’li bilan qo’zg`almas muhitga kirish qobiliyatini belgilaydi. Diffo’ziya koeffitsientining qiymati jarayonning gidrodinamik shart-sharoitlariga bog`liq emas.
Diffo’ziya koeffitsienti tarqaluvchi modda va muhitning xossalariga, harorat va bosimga bog`liq. Odatda diffo’ziya koeffitsienti haroratning ortishi va bosimning kamayishi (gazlar uchun) bilan ko’payadi. Har bir aniq sharoit uchun D ning qiymati tajriba yo’li bilan yoki tegishli tenglamalar yordamida aniqlanadi. Ko’pchilik moddalar uchun D ning qiymati maxsus adabiyotlarda berilgan bo’ladi.
24.1-jadvalda normal sharoitdagi ayrim gazlarning havodagi diffo’ziya koeffitsientlarining qiymatlari keltirilgan.
24.1-jadval
Ayrum gazlarning havodagi diffo’ziya koeffitsientlari

Gazlar



Diffo’ziya koefitsientnti D-lO^m^s



Gazlar

Diffo’ziya koeffitsienti D • 106, rnS/s



Kislorod



17,8



Ammiak



17,0



Azot



13,2



Suv bug`i



21,9



Vodorod



61,1



Metil spirti



13,3



Uglerod (LI) oksidi



13,8



Etil spirti



10,2



Oltingugurt (LI) oksidi



10,3



Oltingugurt angidridi



9,4



Ayrim moddalarning 20°C haroratda suvdagi diffo’ziya koeffitsientlarining taxminiy qiymatlari 24.2-jadvalda berilgan
24.2-jadval
AYRIM MODDALARNING SUVDAGI DIFFO’ZIYA KOEFFITSIENTLARI

Modda

Diffo’ziya koeffitsienti fl-lO^mVs



Modda

Diffo’ziya koeffitsienti
2)-109, n^/s



Azot



1,9



Sirka kislotasi



0,9



Ammiak



1,8



Xlor



1,6



Vodorod



5,3



Vodorod xlorid



2,6



Glukoza



0,6



Natriy xlorid



2,3



Uglerod (LI) oksidi



1,8



Kislorod



2,1



Saxaroza



0,4






Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling