Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Download 3.48 Mb.
bet74/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Nazorat savollari

        1. Modda almashinish jarayonlarining turlari va ularga ta`rif.

        2. Molekulyar diffo’ziya.

        3. Konvektiv diffo’ziya.

        4. Modda almashinish qurilmalarining asosiy o’lchamlarini aniqlash.

        5. Modda o’tkazishning asosiy tenglamasi.

        6. Massa almashinish qurilmalarining asosiy o‘lchamlarini hisoblash.


22-MARUZA
MAVZU: MEMBRANA ORQALI MODDA ALMASHINISH.


REJA.
1. Membrana orqali modda almashinish haqida umumiy tushuncha.
2. Membranalarning asosiy turlari.
3. Membranali jarayonlarning fizik xossalari.

  1. Membranali qurilmalar.

  2. Tekis membranali qurilmalar.

  3. Quvursimon membranali qurilmalar.

Xalq xochjaligining ko’pchilik sohalarida suyuq va gazsimon aralashmalarni ajratish uchun haydash, rektifikatsiya, ekstraksiya, adsorbsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Biroq aralashmalami ajratishda eng universal usul hisoblangan membranali usulni qo’llash yaxshi samara berishi mumkin. Bu usulning mohiyati yarim o’tkazuvchan membranalar orqali modda o’tkazish jarayonini tashqil etishdan iborat.


Hozirgi paytda membranali usul turli maqsadlar uchun ishlatilmoqda:
1) kimyo va neft kimyosi sanoatida-azeotrop aralashmalar­ni ajratish, eritmalarni tozalash va quyiqlashtirish, eritmalardagi tarkibida kichik molekulali komponentlarni ushlagan yuqori molekulali birikmalarni tozalash yoki ajratib olish va hokazo;
2) biotexnologiya va tibbiyot sanoatida-biologik faol moddalar, voksinalar, fermentlar va shu kabi boshqa birikma­larni ajratish va tozalash;
3) oziq-ovqat sanoatida meva va sabzavot sharbatlari, sutni quyuqlashtirish, yuqori sifatli qandni olish va hokazo.
Membranali jarayonlar, ayniqsa suv va suvli eritmalarni qayta ishlash hamda oqava suvlarni tozalashda keng qo’llanilmoqda.
Keyingi yillari membranali jarayonlar gaz aralashmalarini ajratishda ham ishlatilmoqda. Masalan, havodan kislorodni ajratib olish, kislorod bilan tochyingan havoni olish, tabiiy gazdan geliy va SO2 ni ajratib olish kabi jarayonlarga membranali usulni qo’llash yaxshi samara bermoqda.
Sanoatning turli sohalarida qo’llanilayotgan ajratishning membranali usullari quyidagi turlarga bo’linadi: teskari osmos, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash, dializ, elektrodializ, membrana orqali bug`latish, membranali distillash, elektroosmofiltrlash, membrana yordamida gazlarni ajratish. Ushbu jarayonlarning barchasida ajralayotgan aralashma yarim o’tkazuvchan membrana bilan kontaktda bo’ladi.
Harakatlantiruvchi kuchning turiga ko’ra membranali jarayonlar quyidagicha sinflanadi:
1) harakatlantiruvchi kuch sifatida bosim gradienti ishlatilganda baro-membranali jarayonlar (teskari osmos, manofiltrlash, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash);
2) harakatlantiruvchi kuch sifatida konsentratsiya gra­dienti qabul qilinganda. Diffo’zion-membranali jarayonlar (dializ, membrana orqali bug`lanish, membrana yordamida gazlarni ajratish va boshqalar);
3) harakatlantiruvchi kuch sifatida elektr potensiali qo’llanilganda elektromembranali jarayonlar (elektrodializ, elektroosmos va boshqalar);
4) harakatlantiruvchi kuch — harorat gradienti bo’lsa termo-membranali jarayonlar (membranali distillash va boshqalar).
Ba`zi bir membranali jarayonlarda ikki yoki uch xil hara­katlantiruvchi kuchlar birga bo’lishi mumkin.
Membaranadan ochtgan mahsulot permeat deb ataladi, ajralayotgan aralashmaning membrana oldida qolgan qismi retant (ayrim paytlarda konsentrat) deb yuritiladi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling