Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Download 3.48 Mb.
bet77/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

MEMBRANALI QURILMALAR.
Membranali qurilmalar. Sanoatda ishlatiladigan membranali qurilmalar bir qator talablarga javob berishlari kerak: membrananing qurilma hajm birligiga tochg`ri kelgan qiymati katta; qurilmani yig`ish va montaj qilish oson; suyuqlik membrana yuzasidan katta tezlik bilan harakat qilishi; qurilmadagi bosim farqi imkon boricha kichik; mexaniq jihatdan mustahkam va hokazo. Lekin barcha talablarga mos bo’lgan qurilmani loyihalash mumkin emas, albatta. Shu sababdan aniq bir jarayon uchun membranali qurilmaning eng maqbul konstruksiyasi tanlab olinadi.
Membranali qurilmalar asosan 4 turga bo’linadi:
1) membranali elementlari tekis bo’lgan qurilmalar;
2) membranalari quvursimon bo’lgan qurilmalar;
3) membranalari o’ram holatida bo’lgan qurilmalar;
4) membranalari ichi bochsh tolalardan tashqil topgan qurilmalar.
Membranali qurilmalarning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz.
Tekis membranali qurilmalar. Bunday qurilmalarning asosini tekis yuzali membranadan tayyorlangan elementlar tashqil etadi. Ushbu elementlar tekis g’ovaksimon materialning ikki tomoniga joylashtiriladi. Ikkita qochshni membranali elementlarning oralig`idagi masofa (kanal) kichik bo’lib, 0,5-5 mm ni tashqil etadi. Ushbu membranalararo kanal bo’yicha dastlabki eritma harakat qiladi. Ajralayotgan eritma birin-ketin barcha membranalararo kanallardan ochtib, quyuqlashib qurilmadan chiqib ketadi. Ushbu eritmaning membranadan g’ovaksimon qolipga ochtgan bir qismi permeat (filtrat) ni tashqil etadi.
Membranali elementlar turli shaklga ega bo’lishi mumkin: dumaloq (elliptik); tochg`riburchakli; kvadrat.
34.2-rasmda membranali elementi elliptik shaklda tayyorlangan qurilmaning sxemasi berilgan. Ushbu uskuna elliptik shakldagi membranali elementlar 2 paketidan iborat bo’lib, ikkita dumaloq flaneslar 1 oralig`ida joylashgan.
F laneslar yo’naltiruvchi shtangalar 3 yordamida bir-biri bilan birlashtirilgan. Membranali elementlar ikki tomoniga mem­branalar 7 joylashtirilgan tayanch plastinalaridan 4 iborat. Tayanch plastinalari va membranalardagi teshiklar ikki xil halqalar 6-va 7 yordamida zich qilib biriktiriladi. Ajralayotgan eritmani membranalararo kanalga berish va uni o’zatish uchun halqalarda radial yo’nalish bo’yicha ariqchalar ko’zda tutilgan. Eritmani seksiyalarga tarqatish maqsadida tegishli membra­nali elementdagi teshik yopib qochyuvchi pona 8 yordamida yopib turiladi. Permeat har bir membranali elementdan egiluvchan kapillyar shlanga 9 bilan alohida ajratib olinib, umumiy kollektorga 10 tushadi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling