Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
Qochsh quvurli issiqlik almashgichlar
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
Qochsh quvurli issiqlik almashgichlar. Bunday qurilmalarni “Quvur ichida quvur” turidagi issiqlik almashgichlar deb ham yuritiladi. “Quvur ichida quvur” turidagi qurilma bir necha elementlardan to’zilgan. Har bir element katta diametrli tashqi quvur va konsentrik holda joylashgan ichki quvurdan iborat. Ichki quvurdan isitilayotgan muhit harakat qilsa, quvurlararo bochshliqdan esa sovitilayotgan agent harakat qiladi. Qochsh quvurli issiqlik almashgichlar ajraluvchi yoki ajralmas holida, bir va ko’p oqimli qilib tayyorlanishi mumkin.
21.5-rasmda bir oqimli issiqlik almashgich ko’rsatilgan. Bu qurilma bir necha elementlardan to’zilgan bo’lib, har bir element tashqi (yoki qobiq sifatida) quvur (2) va ichki (yoki issiqlik almashuvchi) quvur (1) dan iborat bo’ladi. elementlar vertikal qatorga tizilgan bo’lib, issiqlik almashinish seksiyasini tashqil etadi. Ichki quvurlar tirsaklar (3) orqali, tashqi quvurlar esa flaneslardagi shtutserlar (4) yordamida biriktiriladi. Ichki quvurlarning va quvurlararo bochshliqning kochndalang kesimlari kichik bo’lganligi sababli kichik sarflarda ham issiqlik tashuvchi agentlarni katta tezliklar bilan o’tkazish mumkin. Shuning uchun bu issiqlik almashgichda yuqori ko’rsatgichli issiqlik o’tkazish koeffitsientiga erishish mumkin va qurilmaning massa birligiga tochg`ri keladigan issiqlik miqdori qobiq-qurilmalarga nisbatan yuqori bo’ladi. Bundan tashqari, issiqlik tashuvchi agentlarning tezligi katta bo’lgani uchun quvurlarning yuzasida har xil iflosliklar hosil bo’lmaydi. Bu turdagi qurilmalar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchi agentlarning sarflanish miqdori kam bo’lganda ham ishlaydi. Ularning afzalligi: issiqlik tashuvchi agentlar katta tezlikka ega bo’lganligi uchun issiqlik o’tkazish koeffitsientining qiymati katta, qurilmani tayyorlash oson, gidravlik qarshiligi kam. Issiqlik almashinish ko’rsatkichlari bir xil bo’lgan sharoitda «Quvur ichida quvur» turdagi qurilmalar qobiq-quvurli qurilmalarga nisbatan o’lchamlari katta bo’ladi va tayyorlanishi uchun ko’p metall sarflanadi. 21.5-rasm. Qochsh quvurli issiqlik almashgich: 1-ichki quvurlar; 2-tashqi quvurlar; 3-tirsaklar; 4-birlashtiruvchi patrubkalar;I va II-issiqlik tashuvchi agentlar. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling