Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


-rasm. Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmasi


Download 3.48 Mb.
bet63/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

23.3-rasm. Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmasi:
1 — isituvchi kamera; 2 — separator; 3 — sirkulyatsiya quvuri;
4 — sirkulyatsiya nasosi

Bug`latilishi kerak bo’lgan dastlabki eritma isitkich quvurlarining pastki qismiga nasos orqali beriladi, quyuqlashgan eritma esa separatorning pastki qismidan ajratiladi (23.3-rasm). Isituvchi quvurlar ichidagi suyuqliklarning sirkulyatsiya tezligi 2-2,5 m/s ni tashqil qiladi. Bunday qurilmalar quyidagi afzalliklarga ega: tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan quvurlarga nisbatan issiqlik o’tkazish koeffitsienti 3-4 marta katta, kristallanuvchi eritmalarni bug`latishda isituvchi yuzada ifloslanishlar paydo bo’lmaydi. Bu qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, sirkulyatsiya nasosining ishlashi uchun qochshimcha energiya sarflanadi.


Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari. Bunday qurilmalar sanoatda har xil meva sharbatlarini, yuqori haroratlar ta`siriga moyil eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarda hosil bo’lgan ikqilamchi bug` bosimi isituvchi bug`ning bosimiga teng bo’lguncha siqiladi. Ikqilamchi bug`ni siqish uchun kompressorlar va bug` oqimli injektorlar ishla­tiladi. Issiqlik nasosiga ega bo’lgan bug`latish qurilmalarida tashqaridan sarflangan energiya ikqilamchi bug` haroratini oshirish uchun xizmat qiladi. Qurilmani dastlab ishga tushirishda yangi bug` beriladi. Bu bug` bilan eritma qaynaguncha isitiladi. Keyinchalik bug`latish ikqilamchi bug` hisobiga boradi. Ish paytida nazariy jihatdan tashqaridan bug` talab qilinmaydi. Amaliy jihatdan esa tashqaridan bir oz bug` berib turish kerak, chunki eritmani isitish va issiqlik yo’qolishlarini qoplash uchun qochshimcha bug` talab qilinadi.
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari eritma bilan erituvchining qaynash haroratlarining farqi past (5—10°C) bo’l­gan vaqtda ishlatiladi. eritmaning qaynash harorati yuqori bo’lsa, bu usul qo’llanilmaydi, chunki ikqilamchi bug`ni siqish uchun ko’p energiya sarf bo’ladi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling