Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Bug`latish qurilmasidagi isituvchi bug`ning solishtirma sarfi


Download 3.48 Mb.
bet64/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Bug`latish qurilmasidagi isituvchi bug`ning solishtirma sarfi

Korpuslar soni



1



2



3



4



5



1 kg suvni bug`latish uchun sarflanadigan bug`ning miqdori, kg



1,1



0,57



0,4



0,3



0,27



Jadvaldan ko’rinib turibdiki, qurilmalarning soni ko’payishi bilan 1kg suvni bug`latish uchun zarur bo’lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. Agar bir korpusli qurilmadan ikki korpusli qurilmaga ochtishda bug`ning sarfi taxminan 50 foizga kamaysa, to’rt korpusli qurilmadan besh korpusli qurilmaga ochtishda bug`ning sarfi faqat 10 foizga kamayadi. Demak, aniq bir sharoit uchun korpuslarning maqbul soni topilishi zarur.
Ko’p bosqichli qurilmalarning shakllari. Oxirgi korpusdagi ikqilamchi bug`ning bosimiga ko’ra, ko’p bosqichli bug`latish qurilmalari vakuum (siyraklanish) bilan va yuqori bosim ostida ishlaydigan bo’ladi. Isituvchi bug` va bug`lanayotgan eritma oqimlarining o’zaro harakatiga ko’ra ko’p bosqichli bug`latish qurilmalari bir necha shakllarga bo’linadi:
1) bir xil yo’nalishli ko’p korpusli bug`latish qurilmalari;
2) qarama-qarshi yo’nalishli ko’p korpusli bug`latish qurilmalari;
3) eritma bilan o’zluksiz parallel tachminlanadigan bug`latish qurilmalari;
4) ekstra-bug` ajratib olinadigan ko’p bosqichli bug`la­tish qurilmalari.
Sanoatda bir xil yo’nalishda qurilmalar keng ishlatiladi (23.4-rasm), chunki bunday qurilmalar eng tejamli hisob lanadi.
Bir xil yo’nalishli qurilma bir necha (bizning misolimizda uchta) korpusdan tashqil topgan bo’ladi. Isitkichda qaynash haroratigacha qizdirilgan dastlabki eritma qurilmaning birinchi korpusiga beriladi. Birinchi korpus birlamchi bug` bilan isitiladi. Birinchi korpusda hosil bo’lgan ikqilamchi bug` isituvchi agent sifatida ikkinchi korpusga beriladi. Ikkinchi korpusdagi bosim birinchi korpusdagiga nisbatan past, natijada ikkinchi korpusda birinchi korpusga nisbatan ancha past haroratda qaynaydi.
Ikkinchi korpusda bosim ancha past bo’lganligi sababli, birinchi korpusda qisman bug`langan eritma o’z-o’zidan ikkinchi korpusga o’tadi va eritma ikkinchi korpusda qay­nash haroratigacha soviydi. Bunda issiqlik ajralib chiqadi, natijada ma’lum miqdorda qochshimcha ikqilamchi bug` hosil bo’ladi. Qurilmaning hamma korpuslarida (birinchidan tashqari) yo’z beradigan bu hol eritmaning o’z-o’zidan bug`lanishi deb yuritiladi.




Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling