21-MARUZA
MAVZU: MODDA ALMASHINISH ASOSLARI.
REJA:
Modda almashinish jarayonlarining turlari va ularga ta`rif.
Molekulyar diffo’ziya.
Konvektiv diffo’ziya.
Modda almashinish qurilmalarining asosiy o’lchamlarini aniqlash.
Modda o’tkazishning asosiy tenglamasi.
Massa almashinish qurilmalarining asosiy o‘lchamlarini hisoblash.
Bir fazadan ikkinchi fazaga modda ta`sir etishi bilan bog`liq bo’lgan jarayonlar modda almashinish jarayonlari deb yuritiladi. Modda ochtish jarayoni fazalar o’rtasida muvozanat holat yo’z bergunga qadar davom etadi. Bir fazaning ichida esa modda konsentratsiyasi yuqori bo’lgan nuqtadan konsentratsiyasi past bo’lgan nuqtaga tomon o’tadi. Nam materiallarni quritish, suyuqliklarni haydash, gaz aralashmalari tarkibidagi birorta komponentni yutuvchi suyuqlik yordamida ajratib olish, qattiq jism tarkibidagi kerakli komponentni eritib olish yoki eritmalardan kristallarni ajratib olish kabi jarayonlar modda almashinish jarayonlari qatoriga kiradi. Modda almashinish jarayonlari kimyoviy ishlab chiqarishning turli sohalarida muhim o’rin egallaydi.
Sanoatda quyidagi modda almashinish jarayonlari keng tarqalgan.
Absorbsiya. Gaz yoki bug` aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajralib chiqishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo’llaniladi.
Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish. Bunday jarayonlar suyuq gomogen aralashmalarni suyuqlik oqimi va aralashmani bug`latish paytida hosil bo’ladigan bug` bilan o’zaro ta`siri yordamida komponentlarga ajratishga asoslangan. Suyuq va bug` fazalar orasida komponentlarning o’zaro almashinish yo’li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni haydash deb ataladi. Bu jarayon issiqlik ta`sirida ikki xil usul bilan olib boriladi: oddiy haydash (distillyatsiya) va murakkab haydash (rektifikatsiya). Sanoatda rektifikatsiya suyuq aralashmalarni komponentlarga ajratish, o’ta toza suyuqliklarni olish va boshqa maqsadlar uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |