Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Suyuqliklarni ekstraksiyalash


Download 3.48 Mb.
bet68/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Suyuqliklarni ekstraksiyalash. Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab ta`sir qiluvchi boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bunday jarayonda bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o’tadi. ekstraksiya jarayonini amalga oshirish erituvchini tochg`ri tanlashga bog`liq. Erituvchi suyuq aralashma bilan aralashib ketmasligi kerak yoki bo’lmasa qisman aralashib ketadigan bo’lishligi mumkin. erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo’lgan suyuqlik zichligidan kam bo’lishi shart. Ekstraksiya usuli suyuq aralashma tarkibida nisbatan kam miqdorda erigan komponentlarni ajratib olish uchun ishlatiladi.
Adsorbsiya. Gaz, bug` yoki suyuqlik aralashmalaridan bir xil yoki bir necha komponentlarning g’ovaksimon qattiq moddaga tanlab yutilish jarayoni adsorbsiya deyiladi. Faol yuzaga ega bo’lgan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Teskari jarayon, ya’ni desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va ko’pincha yutilgan komponentni adsorbentdan ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regenerasiya qilish uchun) qo’llaniladi. Bunday jarayon aralashma tarkibida oz miqdorda bo’lgan moddalarni ajratib olish maqsadida ishlatiladi.
Ion almashinish. Elektrolit eritmalari tarkibidagi ionlarni qattiq fazada tanlab yutilish orqali ajratib olinishi ion almashinish deb ataladi. Bunday jarayon paytida ajratilishi lozim bo’lgan modda suyuq fazadan qattiq fazaga o’tadi. Ion almashinish jarayoni adsorbsiyaning bir turi hisoblanadi. eritma tarkibidagi ajratib olinishi lozim bo’lgan moddaning konsentratsiyasi juda past bo’lgan holatda ion almashinish jarayoni qo’llaniladi.
Quritish. Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug`latish yo’li bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi. Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo, tutunli gaz) yordamida olib boriladi. Quritish jarayonida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug`) fazaga o’tadi. Texnikada quritish jarayoni qayta ishlanayotgan xom ashyo yoki materiallarni dastlabki suvsizlantirish hamda tayyor mahsulotlarni suvsizlantirish uchun keng ishlatiladi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling