Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


MODDA ALMASHINISH QURILMALARINING ASOSIY


Download 3.48 Mb.
bet71/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

MODDA ALMASHINISH QURILMALARINING ASOSIY
O’LCHAMLARINI ANIQLASH.
Modda almashinish qurilmalarini texnologik hisoblashda ularning asosiy o’lchamlari (diametr va ish balandligi) aniqlanadi.
Qurilmaning diametri. Bunday maqsad uchun sarf tenglamasidan foydalaniladi:
(24.10)
bu erda, Vc tegishli fazaning hajmiy sarfi (masalan, absorbsiya jarayonida gazning sarfi, rektifikatsiyada esa bug`ning sarfi va hokazo); fazaning mavhum yoki keltirilgan tezligi (yoki tegishli fazaning qurilmaning to’la kesimga nisbatan olingan tezligi); S — qurilma kochndalang kesim yuzasi.
Dumaloq kochndalang kesimli qurilmalarda bo’lgani sababli:
(24.11)
Bundan
Odatda Vc berilgan bo’ladi va qurilmaning diametri D ni topish uchun tegishli faza (masalan, gaz yoki bug`) ning ma­vhum tezligini qabul qilish kerak. Tezlikni qabul qilishda quyidagi holat hisobga olinishi kerak: oqimning tezligi ortishi bilan modda o’tkazish koeffitsientining qiymati ko’payadi, biroq tezlik ortishi bilan qurilmaning gidravlik qarshiligi ham ortadi (natijada jarayonni olib borish uchun zarur bo’lgan energiya sarfi ortadi). Shu sababli har bir aniq sharoit uchun texnik-iqtisodiy hisoblashlar orqali gaz yoki bug`ning maqbul tezligi topiladi.
Qurilmaning balandligi. Modda almashinish qurilmasining balandligi fazalar kontakti o’zluksiz yoki pog’onali bo’lishiga ko’ra ikki xil usulda aniqlanadi. Masalan, fazalar o’zluksiz kontaktda bo’lgan qurilmalarning balandligini aniqlashda quyidagi modda o’tkazish tenglamalaridan foydalaniladi:
(24.12)
yoki
(24.13)
bu yerda, F=aV — fazalar kontakt yuzasi; a - fazalarning solishtirma kontakt yuzasi; V — qurilmaning ish hajmi.
Qurilmaning ish hajmi: V=SH (bu erda, H — quril­maning ish balandligi). (24.12) va (24.13) tenglamalardagi V ning o’rniga SH qochyib, ularni H ga nisbatan echsak, quy­idagi ifodalarni olamiz:
(24.14)
yoki
(24.15)
(24.14) va (24.15) tenglamalar yordamida modda almashinish qurilmalarining ish balandligi topiladi

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling