Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
Namlikning material ichida siljishi
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
Namlikning material ichida siljishi. Materialning tashqi yuzasidan namlikning bug`lanishi natijasida material ichida namlik gradienti paydo bo’ladi, bu gradient ta`sirida materialning ichki qatlamlaridan uning yuzasiga qarab yo’nalgan namlikning harakati ichki diffo’ziya deb ataladi. Quritishning birinchi davrida (quritish tezligi o’zgarmas bo’lganda) material ichidagi namlikning o’zgarishi katta bo’ladi, bunda quritish tezligiga asosan material yuzasidan namlikning bug`lanish tezligi (ya’ni tashqi diffo’ziya) ta`sir qiladi. Biroq material yuzasidagi namlik kamayib borib gigroskopik namlikka etganda va undan keyin ham kamayishi davom etsa, ya’ni quritishning ikkinchi davrida, jarayonning tezligiga asosan ichki diffo’ziya ta`sir qiladi. Quritishning ikkinchi davrida jarayonning tezligi doim kamayib boradi.
Quritishning birinchi davrida material ichidagi namlik (kapillyarlardagi namlik va osmotik birikkan namlik) suyuqlik holatida tarqaladi. Ikkinchi davrning boshlanishida material yuzasining ayrim joylarida har xil shakldagi chuqur zonalar paydo bo’ladi va materialning ichida bug`lanish yo’z beradi. Bunda kapillyarlardagi namlik va adsorbsiya yo’li bilan birikkan namlikning bir qismi materialning ichida bug` holida siljiydi. Keyinchalik materialning yuza qatlami to’la qurib bo’lgandan sochng, bug`lanishning tashqi yuzasi borgan sari materialning geometrik yuzasidan kamayib ketadi. Bunday sharoitda namlikning ichki diffo’ziya yordamida siljishining ahamiyati ortadi. Ikkinchi davrning quritish tezligi turlicha kamayadigan bosqichida material bilan mustahkam bog`langan adsorbsiya namligi qattiq faza ichida faqat bug` holida tarqaladi. Namlikning qattiq material ichida tarqalish hodisasi namlik o’tkazuvchanlik deb ataladi. Namlik o’tkazuvchanlikning tezligi yoki namlik oqimining zichligi namlik konsentratsiyasi gradientiga proporsionaldir: (30.8) bu yerda, DM — namlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti. Bu ifodaning ochng tomonidagi minus ishora namlikning konsentratsiyasi katta bo’lgan qatlamdan konsentratsiyasi kichik bo’lgan qatlamga qarab siljishini ko’rsatadi. Namlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti DM ning (m2/s) fizik machnosi namlikning materialdagi ichki diffo’ziya koeffitsientini ifodalaydi va issiqlik o’tkazish jarayonidagi harorat o’tkazuvchanlik koeffitsientiga ochxshaydi. Namlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyentining qiymati namlikning material bilan birikish turiga, quritish haroratiga, materialning namligiga bog`liq bo’lib, faqat tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling