Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


-rasm. Quyilish moslamasi bo’lgan tarelkali absorber: 1 — g`alvirsimon tarelka


Download 3.48 Mb.
bet96/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

25.7-rasm. Quyilish moslamasi bo’lgan tarelkali absorber: 1 — g`alvirsimon tarelka;
2 — quyilish quvuri.
tarelkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan. Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi qismidagi tarelkaga berilib, bu suyuq­lik ushbu tarelkadan boshqa tarelkalarga maxsus qurilma orqali o’tadi va kolonnaning pastki qismidan chiqib ketadi. Gaz esa kolonnaning pastki qismidagi tarelkaning teshikchalaridan pufakchalar holida taqsimlanib, tarelkalardagi suyuq­lik qatlamida ko’pik hosil qilib yuqoriga harakat qiladi. Tarelkada hosil bo’lgan gaz ko’piklari modda va issiqlik almashinish jarayonining asosiy zonasini tashqil qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning yuqorigi qismidan chiqadi. Quyilish quvurlari shunday joylashtirilganki, bunda qochshni tarelkadagi suyuqlik qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi.
Quyilish qurilmali absorberlarda elaksimon, qalpoqchali, klapanli, kapsulali, plastinali va boshqa turdagi tarelkalar o’rnatiladi.
Turli xildagi quyilish qurilmasi bo’lgan tarelkalarning samarali ishlashi gidrodinamik harakat rejimiga bog`liq. Gazlarning tezligi va suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch yo’sinda: pufakli, ko’pikli, ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi.
25.8-rasmda elaksimon tarelkali absorberning ishlash sxemasi ko’rsatilgan. Bu turdagi qurilmalarda vertikal silindrsimon qobiq bo’lib, uning ichiga gorizontal tarelkalar o’rnati­ladi. Tarelkalarning butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan iborat bo’ladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchisiga ochtishi va tarelkadagi suyuqlik qatlamining balandligi quyi qismi stakanga ochmatilgan quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka teshiklaridan ochtib, suyuqlik qatlamida pufakcha­lar holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda kam bo’lsa, bunda yuqorigi tarelkadagi suyuqlik teshiklar orqali quyi tarelkaga oqib tushib ketadi, natijada gaz bilan suyuqlikning modda almashinish samaradorligi juda ham kamayib ketadi. Shuning uchun berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning bosimi tarelkadagi suyuqlik qatlamining bosimidan yuqori bo’lib, tarelkadan suyuqlikning oqib tushishiga yo’l qochymasligi kerak. Odatda g`alvirsimon tarelka yuzasidagi suyuqlik qatlamining balandligi 25-30 mm bo’ladi.
Elaksimon tarelkaning tuzilishi sodda, montaj qilish, tachmirlash va ko’zatib turish oson, gidravlik qarshiligi juda kam. Elaksimon tarelkalar gazning tezligi katta intervalda o’zgarganda ham barqaror ishlaydi. Bundan tashqari, bu tarelkalar gaz va suyuqlikning ma’lum qiymatlarida eng samarali ishlash qobiliyatiga ega.
Elaksimon tarelkalarning teshiklari ifloslanadi va chochkindilar ta`sirida tez berqilib qoladi. Agar gazning tezligi yoki bosimi birdan kamayib ketsa yoki tochxtatib qochyilsa, tarelkalardagi suyuqlikning hammasi quyi tarelkalarga oqib tushadi va jarayonni davom ettirish uchun kolonna qaytadan to’ldiriladi.
Elaksimon tarelkali absorberlarga nisbatan qalpoqchasimon tarelkali absorberlar gaz aralashmalari iflos bo’lganda ham o’zoq muddatda barqaror ishlay­di. Gaz tarelkalarga patrubkalar orqali kirib, bir necha alohida oqim


Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling