Suyuqliklar dinamikasi. Bernulli tenglamasi


Download 93.65 Kb.
bet1/6
Sana02.06.2024
Hajmi93.65 Kb.
#1835635
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
suyuqliklar dinamikasi. bernulli tenglamasi referat


SUYUQLIKLAR DINAMIKASI. BERNULLI TENGLAMASI


Reja:
1. Qovushqoq suyuqliklarda ichki kuchlar. Nave – Stoks tenglamasi.
2. Elementar oqimcha uchun Bernulli tenglamasi.
3.Bernulli tenglamasining geometrik, energetik va fizik mazmunlari.
1. Qovushqoq suyuqliklarda ichki kuchlar. Nave – Stoks tenglamasi.

R eal suyuqliklarda gidrodinamik bosim mavjud bo’lib, harakat yo’q bo’lgan holda u gidrostatik bosimiga aylanadi. Gidrodinamik bosimning xossalari gidrostatik bosim xossalariga qaraganda umumiyrokdir. Gidrodinamik bosim suyuqlikdagi ichki kuchlarni ifodalovchi va zo’riqish kuchlari deb ataluvchi kuchlar tarkibiga kiradi. Suyuqlik ichida joylashgan biror elementar hajmni ko’zlasak, o’nga tashqaridagi suyuqlik massasi ma‘lum bir kuch bilan ta‘sir qiladi. Ana shu kuch zo’riqish kuchi deyiladi. Bu kuchni to’laroq tasavvur qilish uchun tomonlari dx, dy, dz ga teng bo’lgan tetraedr ko’rinishdai elementar hajm ajratib olamiz (5.1-rasm). U holda tetraedrning qiya sirtiga tashqaridagi suyuqlik Pn kuch bilan ta‘sir qiladi. Olingan elementar hajm harakat vaqtida o’z holatini saqlab qolishi uchun o’nga teng ta‘sir etuvchisi Pn kuchiga teng va qarama-qarshi yo’nalgan quyidagi uchta kuch ta‘sir qiladi: tetraedrning yOz tekislikda yotgan yuzasi bo’yicha Рх kuchi, хОz tekislikda yotgan yuzasi bo’yicha Ру kuchi; хОу tekisligida yotgan yuzasi bo’yicha Рz kuchi.


Bu kuchlarning har biri x, u, va z o’qlari bo’yicha proeksiyaga ega:


Px (Pxx, Pxy, Pxz)}
Pу (Pуx, Pуy, Pуz)}
Pz (Pzx, Pzy, Pzz)}

Shunday qilib, Р kuchni 9 ta kuch bilan almashtirish mumkin bo’ladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan kattaliklar tenzorlar deb ataladi va quyidagicha yoziladi:




(1)

Bu kuchlardan 3 tasi Рхх,, Руу,, Рzz tetraedr yon sirtlariga normal bo’yicha yo’nalgan bo’lib, ular zo’riqish tenzorining normal tashkil etuvchilari deyiladi. Tenzorning qolgan 6 ta tashkil etuvchisi sirtlarga urinma bo’yicha yo’nalgan bo’lib, zo’riqish tenzorining urinma tashkil etuvchilari deyiladi. Urinma tashkil etuvchilar quyidagi xossaga ega bo’ladi:




Рху = Рух; Рхz = Р; Руz = Р

Shuning uchun, P tenzori simmetrik tenzor deb ataladi. Bu xossaning isboti maxsus kurslarda keltirilgan bo’lib, biz u to’g’risida to’xtalib o’tirmaymiz. Shuningdek, tenzorning komponentlarini tushuntirishlarsiz, tezlik va qovushqoqlik koeffisienti orqali ifodasini keltiramiz.





(2)

bu Еrda Р – gidrodinamik bosim.


Bu ifoda umumlashgan Nyuton gepotezasi deb ataladi. Bu holda avvalgi mavzularda aytganimizdek harakat tenglamasini tuzish mumkin bo’ladi. Tomonlari dx, dy, dz ga teng bo’lgan parallelipiped ko’rinishdagi elementar hajm olsak (5.2-rasm) u holda Ох, Оу, Оz yo’nlishida og’irlik va inersiya kuchlarini olganimizda, uchta kuch ta‘sir qiladi:

Ох бo’йича Pxx , Pyx , Pzx


Oy бo’йича Pxy , Pyy , Pzy
Oz бo’йича Pxz , Pyz , Pzz

Demak parallelipipedning (5.2-rasm) Ох o’qiga tik bo’lgan yon yoqlari bo’yicha ta‘sir qiluvchi kuchlarning teng ta‘sir etuvchisi quyidagiga teng:





Оу o’qiga tik bo’lgan yon yoqlari bo’yicha





Оz o’qiga tik bo’lgan yon yoqlari bo’yicha





Dalamber prinsipidan foydalanib harakat tenglamasini tuzamiz u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:




,
(3)
.

Olingan tenglamaga (4.11), (4.12), (4.13) va (4.14) munosabatlarni kirisak, real suyuqliklarning harakat tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:


,
, (4)
.
Bu hosil bo’lgan tenglamalar sistemasi real suyuqliklar uchun Nave–Stoks tenglamasi deyiladi. U uchta tenglamadan iborat bo’lib, noma‘lumlar soni to’rtta; Ux, Uy, Uz, Р. Shuning uchun real suyuqliklar harakatini tekshirishda bu sistemaga (4.8) tenglama qo’shib Еchiladi.



Download 93.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling