04.04.2020
Suyuqliklar, Moddaning agregat holatlari, Erishi va qotishi, Bug’lanish va kondensatsiya, Yorug’lik hodisalari mavzulari bo’yicha mustahkamlash uchun savollar:
Sirt taranglik kuchining formulasi. So’zlar bilan yozing.
Moddalarning erishi deb nimaga aytiladi? Qotishi deb-chi?
Erish va qotish temperaturalarining farqi?
Erishda yoki qotishda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan energiya miqdori formulasi. Undagi kattaliklar nimani bildiradi?
Amorf jismlarning kristallardan farqi?
Bug’lanish va kondensatsiya nima?
Yorug’lik tezligi qancha? Uni kimlar aniqlashga harakat qilgan?
Yorug’likning sinishi va qaytishi formulalarini tushuntirib bering va yozing.
To’la ichki qaytish sodir bo’lishi sharti qanday? Formulasini yozing.
10. Masala: Yorug’lik vakuumdan to’la ichki qaytish chegaraviy burchagi 30 gradus bo’lgan muhitga o’tganda, to’lqin uzunligi necha marta kamayadi?
9-10-11 sinflar uchun qo’shimcha masala:
1. Hajmi 290 m.kub, bosimi 831 kPa va temperaturasi 17 gradus bo’lgan vodorodning massasi qanday (kg)?
2. Yorug’lik vakuumdan to’la ichki qaytish chegaraviy burchagi 30 gradus bo’lgan muhitga o’tganda, to’lqin uzunligi necha marta kamayadi?
3. Agar o’tkazgichning ko’ndalang kesimi orqali har sekundda o’tayotgan elektronlar soni 5*10^16 ta bo’lsa, bu o’tkazgich orqali o’tayotgan tok kuchini toping.
4. Elektr lampadagi tok kuchi 1,28A gat eng. Uning spiralining ko’ndalang kesimi orqali 5 minutda nechta elektron o’tadi? e=1,6*10^(-19) C.
Do'stlaringiz bilan baham: |