Suyuqliklar va gazlar mexanikasi


Download 0.9 Mb.
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#200578
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy nazariya 4 Sulaymonova Sh.


SUYUQLIKLAR VA GAZLAR MEXANIKASI

Reja:


  1. Suyuqlik va gazlardagi bosim.

  2. Paskal va Arximed qonunlari.

  3. Uzluksizlik tenglamasi.

  4. Bernulli tenglamasi.

  5. Yopishqoqlik koeffitsienti. Puazeyl formulasi.

  6. Yopishqoqlikni aniqlashning stoks metodi.

  7. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakati.

Garchi suyuqliklar va gazlar ba‟zi hossalari bilan bir-birlaridan farq qilishsada, ko`pchilik mehanik hodisalarda ularning holati bir hil parametrlar va o`hshash tenglamalar bilan aniqlanadi. sHuning uchun ham suyuqliklar va gazlarning

muvozanati, harakati, o`zaro va silliq aylanib o`tadigan qattiq jismlar bilan ta‟siri birgalikda ko`riladi.

1. Suyuqlik va gazlarda bosim

Gazlarning molekulalari orasidagi o`zaro ta‟sir kuchlari juda ham kichik ya‟ni ular bir-birlari bilan qariyib bog‟lanmagan. shuning uchun ham ular doimo betartib harakat holatida va har tomonga uchib, ajratilgan hajmni to`la egallaydi. Gazning hajmi u egallagan idishning hajmi bilan mos keladi.

Gazlardan farqli ravishda suyuqliklarning molekulalari bir-birlari bilan ancha mustahkam bog‟langan va ular orasidagi masofa qariyib o`zgarmaydi. shuning uchun ham suyuqlik siqilmaydi. shu bilan birga suyuqlik molekulalari juda yaxshi o`rin almashish hususiyatiga ega. shu sababli suyuqlik o`zi solingan idish shaklini egallaydi va oquvchanlik xususiyatiga ega.

Mexanikada katta aniqlik bilan suyuqliklar va gazlar yaxlit deb qarashtiriladi.

Suyuqliklarning zichligi bosimga qariyib bog‟liq emas. Gazlarning zichligi esa bosimga keskin bog‟liq bo`ladi.Ko`pincha suyuqliklar va gazlarning siqilishini e‟tiborga olmaslik siqilmas suyuqlik modulidan foydalanish mumkin.

Endi tinch turgan suyuqlikka yupqa plastinkalarni kiritaylik. Plastinkaning turli tomonlarida bo`lgan suyuqliklar uning har bir yuza elementiga, kattaliklari teng va ga tik yo`nalgan kuch`lar bilan ta‟sir qiladi. (1-rasm)

Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta‟sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka suyuqlikning bosimi deyiladi.



Bosimning SI dagi birligi – paskal (Pa). SI da bosim birligi sifatida 1m2 yuzaga normal yo`nalgan 1N kuchning hosil qiladigan bosimi qabul qilingan.

Berk idishdagi bosimni o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga manometrlar, atmosfera bosimini o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga esa barometrlar deyiladi.

2. Paskal va Arximed qonunlari



Paskal qonuni. Muvozanat vaziyatdagi suyuqliklarning bosimi Paskal qonuniga bo`ysunadi. Paskal qonuni: harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma yo`nalishlarda bir hil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajm bo`yicha bir hilda uzatiladi. Masalan: koptokka havo puflanganda uning ichida hosil bo‟lgan bosim koptok devorlariga barcha yo‟nalishlarda bir xil kuch bilan ta‟sir qiladi, ya‟ni koptok devorlariga bosimi bir xil bo‟ladi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling