SUV SPORTI ISHLARINING HOLATI VA VAZIFALARI
Suv sporti turlari bo'yicha inshoatlarning ko'payishi bilan birga shu sport turi bilan shug'ullanuvchilar soni ham yildan yilga ortib bormoqda. Suv stansiyalarida va yozgi dam olish lagerlarida suzishga o'rgatish ommaviy tus olmoqda. Ayniqsa bolalar va o'smirlarni suzishga o'rgatishda katta ishlar qilinyapti. Maktabgacha va maktab yoshidagi minglab bolalar suzish hovzalarida muntazam shug'ullanmoqdalar, sog'liqlarini mustahkamlamoqdalar, suzish texnikasini egallamoqdalar.
Ichki musobaqalari, shuningdek, har xil estafetali suzish tadbirlari keng ommalashyapti. Suv sporti bayramlari an'anaga aylanib bormoqda. Bu ommaviy estafetali suzish bellashuvlarida Har yili o'n minglab yigit va qizlar ishtirok etmoqdalar. Respublikamizning ko'pgina shaharlarida tashkil qilinadigan ommaviy suzish musobaqalari ham tashviqot-targ'ibot ma'nosida katta ahamiyatga egadir.
Suzish, suv polosi va suvga sakrash ishlarini rivojlantirishda maxsus inshoatlarning ahamiyati katta. So'nggi yillarda suv havzalari va stansiyalari qurilishi avj oldirilyapti. Toshkent, Chirchiq, Andijon, Guliston va boshqa shaharlarda 25 va 50 metrlik zamonaviy basseynlar ishga tushirildi. Tabiiy havzalarda ko'plab sun'iy basseynlar va suv stansiyalari
ishlab turibdi. Ulardan foydalanib suzishni o'rganib olish mumkin.
TAYANCH IBORALAR
Suzish, sportcha suzish, amaliy suzish, suv o'yini, estafeta, sinxron (badiiy) suzish, suv to'pi, suzishning ahamiyati, suzishda xavfsizlik tadbiri, suv sport ishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |