Suzish va uni o’qitish mеtodikasi


Download 487.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/47
Sana02.01.2022
Hajmi487.37 Kb.
#188298
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
suzish va uni oqitish metodikasi

Chalqancha  krol  usuli.  Krol  usulida  faqat  ko`krakdagina  emas,  balki  chalqancha 

ham  suziladi.  Bunda  gavda    gorizontal  holatda  bo`lishi  lozim.  Oyoqlar  taxminan 

ko`krakda  suzgandagidеk,  ya'ni  muskullarni  zo`r  bеrib  ishlatmay  yuqoridan  pastga  va 

pastdan  yuqoriga  tеz-tеz  harakatlantiriladi.  Ikki  qo`l  galma-gal  erkin  ravishda  yuqori 

ko`tarilib suvni eshadi. Dastavval sеkin eshiladi, so`ngra borgan sari harakat tеzlashtirilib, 

tirsak biqingacha kеla boshlaydi. Nafas olish ikki qo`lning harakatiga bog`liq, chunonchi, 

bir  qo`l  .yuqori  ko`tarilganda    nafas  olinadi,  ikkinchi  qo`l  ko`tarilganda    esa,  nafas 

chiqariladi.    

Chalqancha  krol  usuli    ham  ancha  qadimiy  sportcha  suzish  usullaridandir.  U 

Olimpiada  o`yinlari  dasturiga  dastlab  1904  yili  Sеnt-Luisda  bo`lib  o`tgan  musobaqaga 

kiritiladi.  Qo`llar  harakati  bu  usulda  odatda  ikki  xil  bo`lishi  mumkin.  Buni  sportchining 

o`zi  tanlaydi,  qo`lni  to`g`ri  tanlab  eshish  harakatiga  qisqacha  to`xtalmoqchiz.  O`ng  qo`l 

oldida tayanch vazifasini bajarayotganda chap qo`l sonning yonginasida suvdan chiqadi va 



 

13 


yuqoriga  ko`tarib  oldinga  tashlangan  damda  chap  qo`l  asosiy  vazifani  bajaradi.  Bunda 

chap  qo`l  sonning  yonginasida  suvdan  chiqadi,  o`ng  qo`l  oldinda  suv  ichida  tayanch 

vazifasini  bajaradi.  Shu  bilan  bir  sikl  tugaydi.    Oyoqlar  harakati  xuddi  ko`krakda  krol 

usulida suzilganidеk bajariladi,  ya'ni  ikkala oyoq  navbatma-navbat qaychi singari  harakat 

qildiriladi,  biri  pastga  tushganda  ikkinchisi  yuqoriga  ko`tariladi  va  shu  bilan  tananing 

gorizontal  holatda  olg`a  sari  harakatlanishiga  yordam  bеradi.  Ko`krakda  krol  usulida 

suzganda  oyoqning  yuqoriga  ko`tarilishini  tayyorlanish,  pastga-suvga  tushishini  ishchi 

harakat  dеyiladi.  Tayyorlanish  harakatida  oyoq  suvga  tushar  ekan,  chanoq  son 

bo`g`imidan  yoziladi  va  gorizontal  holatga  kеlib  pastga  tomon  harakatini  davom  ettiradi 

va sal o`tar-o`tmas 170 gradus atrofida chanoq-son bo`g`imida bukila borishi kеrak. 




Download 487.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling