Svetofor metodi


Download 16.36 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi16.36 Kb.
#1245266
Bog'liq
Svetofor-usuli


Svetofor metodi


Ta’rifi
Ma’lum mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha savollarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi.Savollar qiyinlik darajasiga qarab svetavor chiroqlariga ilinadi. Murakkab savollar qizil chiroqga,o’rtacha murakkablikdagi savollar sariq chiroqqa,oson savollar esa yashil chiroqqa ilinadi.Qo’yiladigan ballar ham savollar qiyinlik darajasiga qarab qo’yiladi. O’quvchilar o’z xohishiga qarab savol tanlash imkoni beriladi. Har bir guruhga o’yin oldidan o’qituvchi tomonidan 10 balldan qo’yiladi.Qizil chiroqdagi savollarga javob bergan o’quvchi jamoasini ballari 10 ga ko’paytiriladi,javob bera olmasa 10 ga bo’linadi.Sariq chiroqdagi savollarga javob bergan o’quvchi jamoasini ballari 10 ball qo’shiladi,javob bera olmasa 10 ga bo’linadi. Yashil chiroqdagi savollarga javob bergan o’quvchi jamoasini ballari 10 ga ko’paytiriladi,javob bera olmasa 10 ball ayriladi. O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.Agar savol muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi. Eng ko’p ball to’plagan guruh g’olib sanaladi.


Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari
Ushbu metod barcha o`quvchilarning fikrini bilib olishga imkon beradi: hech kim oddiygina tomoshabin bo`lib qolmaydi. Ishtirokchilarning ko`pchiligida o’yin boshlanganidan keyin birozdan so`ng nuqtai nazardagi tafovutlar sabablarini bilish va o`z fikrini asoslash bo`yicha kuchli qiziqish paydo bo`ladi. O`quvchilarning nutqini, o`z nuqtai nazarini himoya qilish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi,kimyo fani bilan birgalikda matematik savodxonligi ham oshiriladi.


Qiyinchiliklari
Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o`tkazishga imkon bo`lmasa, ushbu uslubdan foydalanish kerak emas. Agar savollarning qiyinchiligi bo`yicha ishtirokchilar fikri bir-biriga mos kelsamasa, o’yinga bo`lgan qiziqish tezda yo`qoladi. O’yinni o`tkazish uchun resurslarni puxtalik bilan tayyorlashni talab qiladi.
Raketa metodi


Ta’rifi
Bu metod orqali mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha savollarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi.Savollar soni cheklanmagan holda tuziladi. Savollar yozilgan qog’ozlar stol ustiga tahlab qo’yiladi.Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib savol olib javob bersa raketasi bitta yulduz tepaga uchadi.javob bera olmasa raketa joyida qoladi.Qaysi guruhning raketasi birinchi bo’lib oyga yetib borsa,o’sha guruh g’olib sanaladi.O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.Agar savol muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi.


Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari
Ushbu metod barcha o`quvchilarning fikrini bilib olishga imkon beradi: Barcha o’quvchilar qiziqishi ortadi.Ishtirokchilarning ko`pchiligida o’yin boshlanganidan keyin birozdan so`ng nuqtai nazardagi tafovutlar sabablarini bilish va o`z fikrini asoslash bo`yicha kuchli qiziqish paydo bo`ladi. O`quvchilarning nutqini, o`z nuqtai nazarini himoya qilish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi,kimyo fani bilan birgalikda astranomiyaga bo’lgan qiziqishi ortadi.


Qiyinchiliklari
Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o`tkazishga imkon bo`lmasa, ushbu uslubdan foydalanish kerak emas. O’yinni o`tkazish uchun resurslarni puxtalik bilan tayyorlashni talab qiladi.

Uslubiy qo’llanma


Ta’rifi
Bu metod orqali sinf o’quvchilarning zaxira bilim darajasini tekshirsh uchun foydalaniladi.Mavzularni mustahkamlash uchun ko’proq qo’llaniladi.Bu metod yakka holda o’tkaziladi.O’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan odam skleti (ichki organlari tasviri tushirilgan holda)rasmi doskaga ilinadi.O’quvchilar tomonidan surat tagida yashirin holda tayyorlangan stikerlarni oladi va unda yozilgan modda odamning qaysi organiga tegishli ekanligini topib o’sha organning o’sha qismiga ilib qo’yadi.To’g’ri topgan o’quvchilar o’qituvchi tomonidan baholanadi.O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.Agar savol muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi.


Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari
Ushbu metod barcha o`quvchilarning zaxira bilimini oshirishga imkon beradi: Barcha o’quvchilar qiziqishi ortadi.Kimyo fani bilan birgalikda biologiyaga oid savodxonligi ortadi.


Qiyinchiliklari
Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o`tkazishga imkon bo`lmasa, ushbu uslubdan foydalanish kerak emas. O’yinni o`tkazish uchun resurslarni puxtalik bilan tayyorlashni talab qiladi.
Download 16.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling