Syujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so’z ketganda avvalo uning asar problemasini badiiy tatqid imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishni aytish kerak


Download 12.53 Kb.
Sana07.11.2021
Hajmi12.53 Kb.
#171439
Bog'liq
adabiyotshunoslik


Javoblar:

Syujet-(frans-predment asosiga qo’yilgan narsa) badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri sanalib badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog’liq holda kechadigan qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi.Umuman syujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlardan biri bo’lib barcha turdagi badiiy asarlarda ham syujet mavjuddir.Faqat shunisi borki,har bir turdagi janrda syujet namoyon bo’ladi.



Syujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so’z ketganda avvalo uning asar problemasini badiiy tatqid imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishni aytish kerak.Demak,syujet asarda mavzuni shakllantirgani holda uning qanday bo’lishi mazmunga muallifning ijodiy niyatiga bog’liq bo’lib qoladi.Masalan, A.Qodirining O’tgan kunlar uchun tanlangan syujet Otabekning Toshkentdan Kumushning Marg’ilondan bo’lishi-ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul(optimal) variant.Negaki, romanning o’zagi bo’lmish ishqiy- maiyshiy syujet chizig’inining Toshkent- Marg’ilon o’tasida kechishi yozuvchiga o’zini o’ylatgan problemalar tadqiqi uchun voqealarni asarga olib kirish imkonini yaratadi.

Ayrim adabiyotlarda prolog va epilog syujet elemet sifatida ko’rsatiladi.Shuningdek, ba’zi asarlarda borki ularda qahramonning asarning syujet vaqtidan oldin yoki keying hayoti haqida ma’lumot beradi. Ular ham syujet elementlari qatorida sanaladi.Biroq bu unsurlar syujetga bevosita bog’liq emas ular ko’proq kompozitsiyaga aloqador elementlardir.
Download 12.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling