T a d b ir k o r L ik n I r IV o j L a n t ir is h is t iq b o L l a r I


  K ic h ik   b izn es va  x u su siy   ta d b irk o rlik  faoliyatin i  rivojlan tirish


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244740
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
15-maruza. O‘zbekiston Respublikasida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari

11.5.  K ic h ik   b izn es va  x u su siy   ta d b irk o rlik  faoliyatin i  rivojlan tirish 

a so sid a   aholi  b a n d ligin i  ta ’m inlash  y o 'lla r i

Bugungi  kunda  respublikamizdagi  ustuvor  yo'nalishlardan  biri  - 

aholi  bandligini  oshirish,  ishchi  kuchidan  maqsadli  foydalanish,  foydali 

mehnatga layoqatli aholini ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti  I.Karimov  bir qator ma’ruzalarida bugungi 

kunda  asosiy  ustuvor  yo'nalish-aholini  ish  bilan  ta’minlashni  yanada 

yaxshilash  va  uning  farovonligini  oshirishning  eng  muhim  yo'nalishi 

sifatida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik,  xizmat  ko'rsatish  va 

kasanachilik 

sohalarini 

qo'llab-quvvatlash 

va 


rivojlantirishni 

rag'batlantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o'tdilar.

Darhaqiqat  oxirgi  yillarda  mamlakatimizda  aholi  bandligi  va  uning 

daromadlarini  oshirish  masalasini  hal  etish  borasida  ham  salmoqli  ishlar 

amalga  oshirildi.  2010-yilda  mamlakatimizda jami  950  mingdan  ortiq  ish 

o'rni  tashkil  etilganini  katta  mamnuniyat  bilan  qayd  etishimiz  lozim.  Bu 

yangi  tashkil  qilingan  umumiy  ish  o'rinlarining  600  mingdan  ziyodi  yoki 

65  foizi  kichik  biznes  sohasi  va  fermer xo'jaliklariga,  220  mingdan  ortig'i 

kasanachilik sohasiga to'g'ri keladi.

Respublikamizda 

shaxsiy 

yordamchi, 

dehqon 

va 


fermer 

xo'jaliklarida  chorva  mollarini  ko'paytirishni  rag'batlantirish  dasturini 

amalga  oshirish  yuzasidan  bajarilayotgan  chora-tadbirlar  bugungi  kunda 

sezilarli  natijalar  bermoqda.  Bu  esa  kam  ta’minlangan  aholini  ijtimoiy  va 

huquqiy  himoyasini  ta’minlash  imkonini  berdi.  Shaxsiy  yordamchi  va 

dehqon  xo'jaliklarida  qoramol  boqish  bilan  band  bo'lganlar  sifatida 

ro'yxatga olingan fuqarolaming umumiy soni  yil sayin ortib bormoqda.

Statistik ma’lumotlar ko'rsatishicha,  bugungi  kunda  respublikamizda 

jami  band bo'lganlaming 20  foizi davlat,  80 foizi nodavlat,  shuningdek,  74 

foizi  xususiy  sohada  mehnat  qilmoqda.  Ushbu  statistik  raqamlar  tahlili 

davlat korxonalarida ishlovchilami  soni  qisqarib,  xususiy  sohada bandlikni 

ortishi  yuz  berayotganligini  ko'rsatadi.  Bu  esa  respublikamiz  hukumati 

tomonidan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikka  keng  yo'l  ochib 

berilishi,  shuning  asnosida  aholining  bandligini  oshirishga  qaratilgan




iqtisodiy  islohotlami  izchillik  bilan  amalga  oshirilayotganligidan  dalolat 

beradi.


Iqtisodiy  islohotlaming  yangi  bosqichida  mamlakat  aholisining  ish 

bilan  bandligi  darajasini  oshirish  va  mehnat  bozorini  tartibga  solish 

sohasidagi  quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilmoqda.  Ya’ni:

1. 


Iqtisodiyotni 

rivojlantirish 

negizida  yangi 

ish 


o'rinlari 

yaratilmoqda.

2.  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng  imkoniyatlar ochilib, 

bu faoliyat qizg'in qo'llab quvvatlanmoqda.

3.  Aholining  mehnat  faolligini,  oilaviy  ijara,  dehqon  va  fermer 

xo'jaliklarini  rivojlantirish  negizida  aholining  o'zini-o'zi  ish  bilan  band 

qilish darajasi  oshirilmoqda.

4.Aholining 

ish 

bilan 


bandligi 

va 


mehnat 

bozori 


takomillashtirilmoqda. 

Buning 


uchun 

zarar 


ko'rib 

ishlaydigan 

korxonalarni tugatish yoki  ixtisosini o'zgartirish ishlari  olib borilmoqda.

Fikrimizcha,  ishchi  kuchiga  talabni  oshishi  bo'yicha  iqtisodiy 

tadbirlardan  eng  asosiy si  iqtisodiyot  tarmoqlarida  tarkibiy  o'zgarishlarni 

amalga oshirishdir.  Bunga eng avvalo  mulkchilik  shakllarini  rivojlantirish, 

mehnat  unumdorligini  oshirish,  yangi  ish  joylarini  yaratish,  ish  vaqtidan 

unumli 


foydalanish, 

ishlovchilaming 

moddiy 

va 


ma’naviy 

manfaatdorligini ko'tarish,  soliqlami  oqilona belgilash orqali  erishiladi.

Muhim  iqtisodiy  tadbirlar  majmuasiga  qayta  ishlash  sanoati  va 

xizmat  ko'rsatish sohalarida yangi  ish joylarini  yaratish,  ishlab  chiqarishni 

kengaytirishga  davlat  tomonidan  imtiyozli  kreditlar  berish,  ilg'or 

texnologiyalarni  tadbiq  etish,  bozor  sharoitida  qishloq  xo'jaligi  ishlab 

chiqarishi  va  qayta  ishlash  sanoati  tarmoqlarining  asosiy  mahsulotlariga 

davlat  buyurtmasini  belgilash,  kichik  biznes  hamda xususiy  tadbirkorlikni 

rivojlantirish va ijtimoiy  ishlarni  mablag'  bilan ta’minlash kiradi.

Bu  tadbirlar  qo'shimcha  ish  joylarini  tashkil  qilishda  eng  kam 

investitsiyani  nazarda  tutadi  va  ishchi  kuchiga  talabni  oshirishda  muhim 

o'rin 


egallaydi. 

Kichik 


biznesni 

rivojlanishi 

mablag'lar 

bilan 


ta’minlashning  manbalari  bo'lib  mahalliy  budjet,  bandlikka ko'maklashish 

jamg'armasi  va  biznes  fond  mablag'lari  hamda  xususiy  tadbirkorlaming 

shaxsiy jamg'armalari xizmat qiladi.  Bugungi  kunda ayniqsa,  mintaqalarda 

aholi bandligi,  ishlab chiqarishni  ishchi kuchi bilan ta’minlash masalalarini 

o'rganishni hayotni  o'zi  taqozo etmoqda.

Respublikamizda mehnat birjasi  va bandlik xizmatining boshlang'ich 

tashkilotlari  tashkil  etilib,  ular  ishsizlik  va  bo'sh  o'rinlar  miqdori  va 

tuzilishining hisob-kitobi,  tahlili  va kelajagi,  band  bo'lmagan  aholini  ishga




joylashtirish  va  qayta  o'qitish,  bandlikka  ko'maklashish  jamg'armasini 

tashkil  qilish va  sarflash  ishlari  bilan  shug'ullandilar,  kichik biznes  hamda 

xususiy  tadbirkorlik  doirasida  imtiyozli  kreditlarni  ajratish  yo'li  bilan 

yangi  ish  joylarini  yaratishga  muayyan  moliyaviy  yordam  ko'rsatildi. 

Iqtisodiyot  tarmoqlarida,  ayniqsa  qishloq  xo'jaligida  tarkibiy  islohotlar 

amalga  oshirilib  xodimlar  va  ish  beruvchilar  o'rtasida  ijtimoiy-mehnat 

munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratildi va boshqalar.

Keyingi  10  yil  davomida  o'rta  maxsus,  kasb-hunar  va  oliy  ta’lim 

tizimida  100  dan  ziyod  yo'nalish,  265  ta  mutaxassislik  va  700  ta  kasb 

bo'yicha  professional  ta’lim  olgan va  zamonaviy  fikrlash  salohiyatiga  ega 

bo'lgan bir million nafardan ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlandi.

Yuqoridagilarga  asoslanib,  respublikamiz  va  uning  mintaqalarida 

aholini  bandligini  oshirish,  ishchi  kuchidan  samarali  foydalanishda 

quyidagilami  amalga oshirish maqsadga muvofiq:

-  ma’lumki,  mamlakatimizda  aholining  62,5  foizidan  ko'prog'i 

qishloq  joylarida  yashaydi.  Shunga  muvofiq  mehnatga  yaroqli  aholining 

ham  shuncha  qismi  qishloq  aholisi  hisobiga to'g'ri  keladi.  Shuning uchun 

qishloq  aholisining  faoliyati  sohalari  va  turlarini  kengaytirish  talab 

qilinadi;

-  ayni  paytda bugun  alohida muhim  ahamiyat kasb  etadigan yana  bir 

masala  -   yoshlami,  bo'lg'usi  kadrlami  tayyorlash  sifati  bilan  bog'liq. 

Tabiiyki,  bu  borada  pedagogik  kadrlarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash 

tizimi  qanday  tashkil  etilgani  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Bu  masala 

umumiy  o'rta  va  o'rta  maxsus  ta’limni  isloh  qilish  tizimining  eng  dolzarb 

vazifasi  bo'lmog'i  zarur.  Litsey  va  kollejlarimizda  ta’lim  jarayonlariga 

oliy  o'quv  yurtlarining  tajribali  amaliyotchi  va  o'qituvchilarini  yanada 

keng va faol jalb etish lozim;

-  ijtimoiy  yo'naltirilgan  mehnat  bozori  faoliyatini  yildan  yilga 

kengaytirib  borib,  ular  tomonidan  o'tkazilayotgan  mehnat  yarmarkalar ini 

muntazam o'tkazilishini ta’minlash zarur;

-  ishchi  kuchiga  talab  va  taklifni  tartibga  soluvchi  mustahkam 

rivojlangan  mahalliy  va  xorijiy  bandlik  xizmati  tashkilotlari  tizimini 

takomillashtirish lozim;

- respublika  va  uning  mintaqalarida  yangi  ish joylarini  tashkil  etish, 

aholi bandlik darajasini  oshirish va ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadli 

foydalanish  bo'yicha  chuqur  iqtisodiy  islohotlami  og'ishmay  amalga 

oshirish zarur;

- aholini  oqilona  bandligini  takomillashtirish  maqsadida  amalga 

oshirilayotgan dasturlaming monitoringini muntazam olib borish lozim;



-qayta  ishlash  sanoati,  xizmat  ko'rsatish  sohalarida  yangi  ish 

joylarini  yaratish kerak;

- ishchi  kuchiga  talabning  oshishi  va  ishsizlikning  kamayishini 

ta’minlovchi  kichik  biznes  hamda  xususiy  tadbirkorlik  faoliyatini 

rivojlantirish lozim;

- xizmat ko'rsatish  sohalarini  mahalliy  va  xorijiy  samarali  texnika  va 

texnologiya bilan ta’minlash darkor;

- mehnat  bozori,  ishsizlik  va  aholi  bandligi  jarayonlarini  tartibga 

soluvchi  tashkiliy-iqtisodiy  va  huquqiy  mexanizmlarni  takomillashtirish 

lozim.


Shu  bilan  birga  mamlakat  mehnat  bozori  rivojlanishida  qator 

muammolar  mavjud  bo'lib,  ulardan  eng  muhimi  mehnat  resurslarining 

salmoqli  qismini  tashkil  etuvchi  yoshlaming  ish  bilan  bandligini 

ta’minlash muammosidir.

Prezident 

I.A.Karimov 

O'zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining  2011-yil  21-yanvarda  bo'lib  o'tgan  majlisida  umuman 

aholini,  shu  jumladan  yoshlami  ish  bilan  ta’minlash,  jumladan,  shahar, 

viloyatlardagi  yoshlami  kollejni  bitirganlaridan  so'ng  o'z  sohalari 

bo'yicha ish topishlarini ta’minlash borasida maqsadli rejalar tayyorlash va 

uni  amalga  oshirish  masalalarini  o'rganib  chiqishni,  “korxona-kollej” 

aloqalarini yo'lga qo'yishni  qo'llab-quvvatlash to'g'risida so'zladilar.

Mehnat  bozorida  yoshlar  guruhining  boshqa  guruhlarga  qaraganda 

betakrorligi  shundaki,  aynan  yoshlar  mehnat  bozoriga  ilk  bora  kirib 

boradilar.  Ular  mobil,  yangilikka  tez  o'rganuvchan,  o'z  kuchiga 

ishonuvchan,  lekin  yoshlaming  ish  bilan  bandligini  ta’minlash  borasida 

bajarilayotgan  ishlardagi  xatoliklar  va  kamchiliklar  ulaming  sohalariga 

mos  ish  topishlari,  hayotiy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  yetarli  ish  haqi 

bilan  ta’minlanmasliklariga  olib  keladi.  Hozirgi  davrda yoshlarni  ish  bilan 

ta’minlash borasida bir qancha muammolar mavjud, jumladan:

-  ko'pchilik  yoshlar  o'zlari  hali  qanday  firma  yoki  kompaniyada 

ishlashni  xohlashlarini  ko'z  oldilariga  keltira  olmaydilar,  ya’ni  qanday 

ishni tanlashni aniq bilmaydilar;

-  yoshlar  ham,  davlat  ham  o'qitish  vaqtida  ancha  vaqtni  oladilar, 

lekin  shunga  qaramasdan  oliy  o'quv  yurtlarida  olingan  bilim  hamma 

sohada ham yetarlicha bo'lavermaydi;

- yoshlaming mehnat bozorida raqobatbardosh emasligi  natijasida ish 

beruvchilar  ularni  yollashni  hohlamaydilar,  ko'pincha  ular kamida  3  yillik 

ish stajiga ega bo'lganlarni olishni xohlaydilar.




Bu  muammolami  hal  qilish  maqsadida  bir  qancha  chora-tadbirlarni 

amalga  oshirildi.  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  2010-yil  28-iyulda 

qabul  qilingan  “Ta’lim  muassasalarining  bitiruvchilarini  tadbirkorlik 

faoliyatiga jalb  etish  borasidagi  qo'shimcha  chora-tadbirlar  to'g'risida”gi 

farmoni  yoshlaming  ish  bandligini  ta’minlash  muammolarini  hal  qilishda 

muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi  paytda  O'zbekistonda  yoshlami  ish  bilan  ta’minlash  va 

tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug'ullanishi  uchun  sharoit  yaratilmoqda. 

Jumladan,  2010-yilda  yurtimizning  kasb-hunar  kollejlarini  400  ming 

nafardan  ziyod  yigit-qiz  bitirdi.  Ulami  ish  bilan  ta’minlashda  ta’lim 

muassasalari  va  korxona,  tashkilotlar  o'rtasida  yo'lga  qo'yilgan 

shartnomaviy  munosabatlar  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda. 

2 0 1 0

-yilning 

iyul-noyabr  oylarida  o'tkazilgan  olti  yuzga  yaqin  mehnat  yarmarkasi 

samarasida  oliy  va  o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim  muassasalarini 

tamomlagan  yigit-qizlaming  aksariyati  ish  bilan  ta’minlandi.  Ko'rilgan 

chora-tadbirlar natijasida,  784 mingta ish o'm i tashkil etildi.

Bu  jarayonda 

kichik 


korxonalar, 

mikrofirmalar 

tomonidan 

bitiruvchilami  ishga  qabul  qilish  muhim  o'rin  tutadi. 

2 0 1 0

-yil  davomida 

17  mingdan  ziyod  kichik  korxona  va  mikrofirmaga  qirq  mingga  yaqin 

bitiruvchi  ishga joylashtirildi35.

Mamlakatimizning  yoshlar  mehnat  bozorida  talab  va  taklif 

muvozanatini  ta ’minlash  maqsadida  ulaming  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 

shug'ullanishini  rag'batlantirish  bo'yicha  quyidagi  chora-tadbirlar  amalga 

oshirish lozim:

- yoshlar  tadbirkorlik  faoliyatini  tartibga  solish  bo'yicha  me’voriy 

hujjatlarni takomillashtirish;

- yosh  tadbirkorlarga  moliya-kredit  va  homashyo  resurslarini 

olishlarida yordam berish tizimini  shakllantirish;

- yosh tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini  kengaytirish;

- ulaming tashqi  iqtisodiy faoliyatidagi  ishtirokini kengaytirish uchun 

qo' llab-quwatlash;

- yosh  tadbirkorlami  bozor  konyunkturasi,  hom-ashyo  va  moliyaviy 

resurslar  bozori  bo'yicha  axborot  bilan  ta’minlovchi  infratuzilmani 

shakllantirish;

-yosh  tadbirkorlami  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash,  malakasini 

oshirish tizimini yanada rivojlantirish.





Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling