T abdraxmanov


FIKRLAR TARMOQLANISHI YOKI KLASTER TEXNOLOGIYASI


Download 1.27 Mb.
bet31/43
Sana06.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1335057
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2

FIKRLAR TARMOQLANISHI YOKI KLASTER TEXNOLOGIYASI

Bu texnologiya talabalarni uyga berilgan vazifani yoki yangi mavzuni, yakka yoki guruh holatida qanday o‘zlashtirib olganlari, guruh bilan o‘zaro muloqat, bahs-munozara orqali mavzuni qanday darajada o‘zlashtirilganlarini aniqlashga va ularni bilimlarini nazorat qilibgina qolmay, balki baholashga ham imkon yaratadigan o‘ziga xos metoddir.


Qolaversa, pedagogik strategiya darajasida ahamiyatli bo‘lib, talabalarni biror bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam beradi, talabalarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin hamda ochiq holda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlanishiga o‘rgatadi. Shu bilan birga mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tassavurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bu esa talabalarga o‘z bilimlari, tushunchalari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu metod bo‘yicha darslarni o‘tkazish texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi: Bunga ko‘ra birinchi bosqichda - uyga berilgan mavzuning asosi bo‘lgan bir fikr so‘z doskaga yoziladi. “Nima” savoli bilan o‘qituvchi talabalarga murojat qiladi. Masalan: Tuproq, og‘ir metall, pestitsid va hokazo. Ikkinchi bosqichda - asosiy so‘zdan “nima” savoliga javob beruvchi yana bir necha fikr ketma-ketligi paydo bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, imkon qadar fikr bir so‘zdan iborat bo‘lishi lozim (7-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, unumdorlik nima? unumdorlik – bu ..., unumdorlik – bu unumdorlik – bu ... bo‘lishi mumkin.
Uchinchi bosqichda asosiy fikrdan kelib chiqqan fikrlardan biri talabalar bilan birgalikda tanlab olinadi, “nima” savol berilib, fikrlar tugagunga qadar yozib boriladi.
To‘rtinchi bosqichda yozib berilgan fikrlar tugab qolsa, yana yangi bir fikrni tanlab, uni ham “nima” savolini berib yana fikrlar ketma-ketlikda yozib boriladi. Bunda fikrlarning ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligini ko‘paytirishga intilish yaxshi natija beradi.
Mazkur texnologiyaning 3 variant ko‘rinishda o‘tkazish mumkin. Bunga ko‘ra ikkinchi variantning birinchi bosqichida auditoriya guruhlarga bo‘linadi, uy vazifa bo‘yicha yoki yangi mavzu bo‘yicha mavzudan kelib chiqqan holda bir xil yoki har xil fikrlar beriladi, ikkinchi bosqichda esa o‘qituvchi tomonidan belgilangan vazifani sodda va murakkabligiga qarab 5-10 minut vaqt beriladi, uchinchi bosqichda guruhlardan bittadan a’zo chiqib yozilgan fikrlar ketma-ketligi o‘qib beriladi.



7-rasm. Fikrlar ketma ketligi bo‘yicha nima savoliga javob bo‘luvchi so‘zlarning keltirilishi


Uchinchi variantda esa birinchi bosqichda uy vazifa va yangi mavzu bo‘yicha talabalar yakka holda fikrlar tanlab oladilar. Ikkinchi bosqichda vazifa sodda yoki murakkabligiga qarab vaqt ajratiladi, uchinchi bosqichda esa talabalar har birlari o‘zlari yozgan fikrlar ketma-ketligini o‘qib beradilar yoki sharoitga qarab o‘qituvchi yig‘ib oladi, tekshirib baholari keyingi darslarda e’lon qilinadi.




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling