T asdiq L a n g a n
texnologik transformatsiya
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
business-plan-2021-oz
texnologik transformatsiya — mahalliy xom ashyodan yarim tayyor
mahsulotlarni, shu jumladan organik sintez va nanotexnologiyalar orqali ishlab chiqarishning yangi quvvatlari negizida xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish. Bunda, qayta ishlanmagan xom ashyo (tabiiy gaz, sanoat tuzlari, paxta sellyulozasi, sirka kislotasi va boshqalar) resurslarini mamlakat hududida chuqur qayta ishlashni tashkil etish orqali ularni xom ashyo sifatida eksport qilinishini bosqichma- bosqich qisqartirish; xoʻjalik munosabatlari tizimini transformatsiya qilish — birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan kimyo sanoati korxonalari oʻrtasidagi munosabatlar sohasida davlat tomonidan aralashuvga che k qoʻyish va eskicha reja-taqsimlash tizimidan batamom voz kechish; mulkiy munosabatlar tizimini transformatsiya qilish — sohada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xususiy kapitalni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali kimyo korxonalarida davlat ulushini keskin 7 kamaytirish va kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish, shuningdek, korxonalar faoliyatiga davlat hokimiyati organlari aralashuvining oldini olish; raqamli transformatsiya — moliyaviy, moddiy va kadrlarga oid resurslar harakatini boshqarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni markirovkalash, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish tizimlarini joriy etish uchun sohaga zamonaviy dasturiy taʼminot tizimlarini tatbiq etish; ilm- fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi munosabatlar transformatsiyasi — innovatsiya jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish; Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling