T ermiz davlat universiteti
DINNING MADANIYAT FENOMENI SIFATIDA O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Download 1.54 Mb.
|
GLOBAL AXBOROT TEXNOLOGIK TARAQQIYOTNI CHUQURLASHUVI
1.2 DINNING MADANIYAT FENOMENI SIFATIDA O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Global diniy makonda ro`y byerayotgan o`zgarishlardan biri bu muayyan din yoki konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishidagi o`zgarishlar bilan bog`liq. CHunki hozirda diniy hayotda sodir bo`layotgan o`zgarish ularning an`anaviy konfessional, siyosiy, madaniy va tsivilizatsiyaviy chegaralar doirasidagina emas, balki transmilliy, transetnik darajalarda ham kechmoqda. Xususan, neopyatidesyatniklar, bahoiylar faoliyati bu yo`nalishdagi jarayonlarga misol bo`la oladi. Diniy hayotdagi global dinamik o`zgarishlarning yana bir xususiyati, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy sohaning bir qator jabhalarida global kommunikatsiya maydonida yuzaga kelgan tarmoq modellari kabi “tarmoq dinlari” fenomenining vujudga kelgani bilan ham xaraktyerlidir. Mutaxassislarning fikricha “tarmoq dinlari” an`anaviy konfessiyalardagi iyerarxik strukturadan yagona markaz va an`analar ortodoksalligi bilan ajralib turadi va beqaror aloqalar va nochiziqli avtoritet hamda bo`ysunish tizimiga ega qator avtonom birliklar orqali shakllanadi. O`z navbatida, ushbu birliklar bir-biridan kurtaklanib, eski siyosiy, madaniy va konfessional yurisdiktsiya chegaralarini kesib o`tish xususiyatiga ega. Xarizmatik protestant chyerkovlari, buddaviylik va hinduiylikdagi ayrim “tarmoq” tashkilotlari faoliyati bunga yaqqol misol bo`la oladi8. SHu bilan birga, diniy hayotda o`ziga xos aksilgloballashuv jarayonlari kechayotganini ham ta`kidlash joiz. Gap shundaki, ayrim mutaxassislar tomonidan zamonaviy voqelikning radikal sekulyar qadriyatlar asosida shakllanayotgani haqidagi qarashlar ham ilgari surilmoqda. “Bunga ko`ra ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy hayotda din asosiy emas, balki marginal o`ringa ega bo`ladi”9. Ayni paytda, o`zgacha nuqtai nazar ham mavjud bo`lib, u dinning barcha yo`nalishlardagi jarayonlar rivojida qadriyatli - normativ asoslardan biri sifatida chiqishini ifodalaydi. Xususan, “Hozirda din global tartibga institut, anklav, muayyan birlik emas, balki o`ziga xos “jamoaviy va individual mansublik janri” sifatida kirmoqda”, - deb yozadi atoqli olim Ronal`d Robyertson10. Albatta, insoniyat istiqbolida dinning qandaydir ikkilamchi, noasosiy o`rin tutishiga doir gipotetik xaraktyerdagi ushbu fikr-mulohazalar o`ta bahsli bo`lib, ularga diniy hayotda kechayotgan o`zgarishlar dinamikasini har tomonlama tahlil etish orqaligina asosli munosabat bildirish mumkin. “SHu o`rinda ta`kidlash muhimki, zamonaviy voqelik diniy qadriyatlar buzilishi va faqatgina sekulyarlashuv asoslarining rivojlanishi bilan kechayotgani yo`q. Balki, demokratik davlat va jamiyat qurish asoslarining mustahkamlanib borishi, diniy e`tiqod yerkinligining keng joriy etishishi natijasida, diniy hayotda o`ziga xos ixtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda”11. Aytish mumkinki, bu diniy sohadagi globallashuv jarayonining asosiy xususiyatlaridan biridir. E`tiqod va vijdon yerkinligining keng tarqalishi, o`z navbatida, diniy hayot shakllarining transformatsiyalashuviga olib kelmoqda. Demokratiya, yerkin raqobat va inson huquqlari tamoyillari diniy qoidalar tizimiga integratsiyalashmoqda. Turdi din vakillari esa, aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda sekulyar madaniyat tizimiga munosabat bildirmoqda. Boshqacha aytganda, globallashuv davri boshqa ijtimoiy institutlar hayotida bo`lgani kabi dinlar hayotida ham muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. CHunki turli ijobiy va salbiy oqibatlarga ega globallashuv jarayoni e`tiqod va vijdon, iroda va so`z yerkinligi tamoyillari ustuvorlashib borayotgan demokratik sharoitlarda kechmoqda. Bu esa, o`z navbatida, asrlar mobaynida o`zaro bir-biriga nisbatan antagonizm, nigilizm, radikalizm kayfiyatida yashab kelgan turli diniy tizimlar oldiga sifat jihatdan yangi bo`lgan sharoit talablariga moslashish, fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib olgan xalqlar hayotida o`zining o`rni va ahamiyatini saqlab qolish va rivojlantirishning innovatsion yo`llari va mexanizmlarini ishlab chiqishdek murakkab vazifalarni hal etishni zarur qilib qo`ymoqda. Bu yo`nalishdagi birlamchi vazifalardan biri shubhasiz, dinlararo, konfessiyalararo muloqot hisoblanadi. Zyero, o`zaro hurmat, tenglik, ishonch va hamjihatlikka asoslangan sog`lom muloqot har qanday din yoki konfessiyaning globallashuv sharoitida o`z o`rni va mavqeini saqlab qolishning eng maqbul vositasidir. Umuman olganda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur`atlarining beqiyos darajada tezlashuvi...”12 ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hozirda dinlarning bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi ob`ektiv zaruriyatdir. Global ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayot barqarorligi ko`p jihatdan ana shu hamkorlikning samarali rivojlantirilishiga bog`liqdir. Globallashuv atamasi garchi keyingi vaqtlarda ommaviy tarzda qo`llanilayotgan bo`lsada, u chuqur nazariy asoslarga ega tushunchadir. Qaysidir ma`noda bu tushuncha insoniyatni birlikka intilishining faollashuvini bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yo`qotadi, kommunikativ aloqalarni tezlashtiradi. Insoniyatning tarixan birligini madaniyatlarning o`zaro almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga bo`lgan urinishlarda ko`rishimiz mumkin. Lekin, hozir gap bu haqda ketayotgani yo`q. Globallashuvning zamonaviy tendentsiyasi ma`naviy doiradan chiqib iqtisodni, siyosatni, axborot jarayonlarini va inson faoliyatining boshqa ko`plab jabhalarini qamrab olmoqda. SHu tarzda ko`p qirrali aloqalar bilan bog`liq bo`lgan megajamiyat shakllanmoqda. SHu ma`noda aytish mumkinki, globalizatsiya — jahon iqtisodiy, texnologik, siyosiy, informatsion integratsiyasining o`lchamidir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas, deyilgan. SHunga binoan, har bir diniy konfessiya o`z mafkurasiga ega bo`lishi mumkin. Lekin bu mafkura xalqqa tazyiq bilan singdirishga yo`l qo`yilmaydi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling