T ermiz davlat universiteti
DIN GLOBALLASHUVINING MEZONLARI
Download 1.54 Mb.
|
GLOBAL AXBOROT TEXNOLOGIK TARAQQIYOTNI CHUQURLASHUVI
1.3 DIN GLOBALLASHUVINING MEZONLARI
Jamiyatimizda diniy tashkilotlar faoliyati xalqimizda milliy g`urur va iftixor, vatanparvarlik va fidokorlik, komil insonni shakllantirishga qaratilgan. O`zbekistonda e`tiqod yerkinligi va diniy bag`rikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon yerkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo`lib, 1993 yilda kiritilgan ba`zi qo`shimcha va o`zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo`lib keldi. So`nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan o`zgartirish zarur bo`lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida Respublika Oliy Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi. 2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda o`tgan dinlararo muloqot YUNESKO Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xilligini muhokama qildi. Unda 40ga yaqin davlatdan 80dan ortiq turli din va konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdilar. Kongressdan so`ng 18 sentyabr` kuni Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot» mavzusida xalqaro simpozium bo`lib o`tdi. Unda «tasavvuf»ga bag`rikenglikni targ`ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi Islom dinining noyob, o`ziga xos ko`rinishi degan ta`rif byerildi. Aynan 2000 yil sentyabrida Toshkent islom univyersitetida dinlarni qiyosiy o`rganish bo`yicha YUNESKO kafedrasi ochildi. YUNESKO rahbariyati bu tashabbusni qo`llab-quvvatladi. Fan, ta`lim va madaniyat sohasidagi eng nufuzli xalqaro tashkilot rahbari shaxsan o`zi kelib kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir. Kafedraning asosiy vazifasi dinlararo muloqot va diniy bag`rikenglikni yanada mustahkamlashga ko`maklashishdir. SHuningdek, 2001 yil sentyabrida Toshkentda o`tgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi YUNESKO «bag`rikenglik tarmog`i»ning ikkinchi yig`ilishida bag`rikenglik tamoyillari o`zbek xalqining urf – odatlari bilan chambarchas bog`liqligi ta`kidlandi. O`zbekistonning an`anaviy diniy bag`rikenglik o`lkasi ekani, islom fani va madaniyatiga qo`shgan ulkan hissasini e`tirof etib, nufuzli xalqaro tashkilot – Islom konfyerentsiyasi tashkiloti (O`zbekiston unga 1996 yildan a`zo)ning ta`lim, fan va madaniyat bo`yicha Boshqarmasi (ISESCO) Toshkent shahrini 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e`lon qildi. Xalqaro hamjihatlik yo`lida har bir inson, jamoa va millatlar bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashi va hurmat qilishi juda muhimdir. Bag`rikengliksiz demokratiya asoslari va inson huquqlarini mustahkamlab bo`lmaydi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo`lmagani kabi, bag`rikengliksiz tinchlik bo`lmaydi. Globallashuv jarayoni g`oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga o`z ta`sirini ko`rsatib, xozirgi sharoitda u mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nixoyatda kuchli vositasiga aylanib, jahondagi xar xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilmoqda. Xozirgi vaqtda ko`z o`ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, ahborot kommunikatsiya manzarasida chuqur o`zgarishlar ro`y byerayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, – deb ta`kidlaydi Prezident I.A.Karimov, – fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish har qachongidan ko`ra muxim ahamiyat kasb etmoqda13. Milliy mustaqillikka yerishilgandan so`ng O`zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatli, dunyoviylik tamoyiliga asoslangan «Ozod va obod Vatan, yerkin va farovon xayot» barpo etila boshlandi. Lekin shu bilan birgalikda o`z oldiga muayyan geopolitik maqsadlarni qo`ygan siyosiy kuchlarning, diniy tashkilotlarning ma`naviy-mafkuraviy taxdidlari kuchaydi. Mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag`darib tashlab, islom davlatini qurish, xalifalikni qayta tiklash to`g`risidagi zararli g`oyalar Islom uyg`onish partiyasi, Xizbuolloh, (Alloh partiyasi), Xizb at tahrir al-islomiy (Islom ozodlik partiyasi), Badiuzzamon Said Nursiyning Nurchilik harakati, Usoma bin Lodinning Al Qoida, Akrom Yo`ldoshevning akromiylar harakatining g`oyalarida o`z ifodasini topgan bo`lib, O`zbekistondagi tinchlik va barqarorlikka, diniy totuvlik va dinlararo bag`rikenglikka salbiy ta`sir ko`rsatib keldi. O`zbekistonda demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyat qurish jarayonida Xoji Abdulla Ozarbayjoniy asos solgan «Tavba» ekstremistik harakati, Hindistonda Muhammad Ilyos asos solgan «Tablig`chilar» jamoasi, Pokistonda Mirza G`ulom Axmad Xon tomonidan asos solingan Axmadiya xarakati, Islom dinini ilk davridagi xolida saqlab qolish g`oyasini ilgari surgan Abdul Vaxxobning Vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi tomonidan ilgari surilgan g`oyalar hamda olib borilgan xarakatlar O`zbekistondagi dinlararo bag`rikenglik g`oyasiga qarshi yo`naltirilgan diniy- siyosiy xarakatlar sifatida namoyon bo`ldi. O`zbekistondagi tinchlik- barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglikka bevosita taxdid ko`rsatgan omillarga diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlik, tyerrorizm, missionyerlik, prozelitizm kabi zararli g`oyalar, mafkuralar hamda xarakatlar taalluqli bo`lib, milliy mafkuraning asosiy g`oyalari asosida fuqarolar mafkuraviy immunitetini shakllantirish masalasiga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda katta e`tibor qaratilmoqda. Missionyerlik va prozelitizm globallashuv sharoitida ma`naviy-mafkuraviy taxdid vositasi bo`lib, eng avvalo jaxondagi muayyan siyosiy kuchlarning geopolitik maqsad manfaatlariga yo`naltirilgan xolatda olib borilmoqda. Ikkinchi tomondan, xalqning milliy ma`naviyati, urf-odat va an`analari, milliy mentaliteti diniy ta`limot bilan bog`liq bo`lib, missionyerlik va prozelitizm xalqning milliy o`zligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga, davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga sababchi bo`ladi. SHuning uchun ham bugungi kunda O`zbekistonda zamonaviy demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalarini fuqarolar ongi-tafakkuriga singdirishga, ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini yuksaltirib mafkuraviy immunitetini shakllantirish masalasiga asosiy e`tibor qaratilmoqda. Jahondagi aksariyat mamlakatlar ko`p millatli va turli dinli bo`lgani kabi O`zbekiston ham shunday davlatlar qatoriga kiradi. Unda millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlar o`zining chuqur ildizlariga ega. O`zbekiston ilk diniy tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanligi qator tarixiy manbalarda qayd etilgan. O`lkada qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar. Teshik-Tosh g`orlaridagi qadimiy qabrlar, Fayoz va Qora-Tepaning buddaviylik topilmalari, Dalvarzintepa va Sug`diyona qoldiqlari, hozirda frantsuz va yapon arxeologlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan izlanishlar natijalari bundan yaqqol dalolat byeradi14. Darhaqiqat, xalqimizga azaldan xos xislat – bag`rikenglik, tolyerantlik bir zumda paydo bo`lgan emas, u biz uchun an`anaviydir. O`zbekistonning diniy tarixiga qisqacha nazar tashlasak, hozirgi O`zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo`lgan eng qadimgi o`lkalardan biri ekaniga guvoh bo`lamiz. Tosh asrining o`rtalarida ajdodlarimiz orasida turli hayvonlar va Quyoshga topinish, keyinroq fetishizm, animizm, afsungarlik (magiya) tarqaldi. Ilk o`rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddaviylik ham muhim o`rin tutadi. Buxoro shahrining nomi ham “vaxara” – buddaviylar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar ham buni tasdiqlaydi. Kushon va Eftalitlar davlatlari davrida O`zbekiston hududiga bevosita Hindistondan buddaviylik kirib keldi va keng ildiz otdi. V.Litvinskiyning ta`kidlashicha, Markaziy Osiyoda “hunarmandning xonadoni va chorikorning kulbasigacha budda dini kirib borgandi”15. Buddaviylikning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog`laydilar. Impyerator Kanishka (I asrning oxiri – II asrning boshlari) davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan. Jumladan, Kanishka zarb qildirgan tangalarda boshqa ilohiyatlar bilan bir qatorda Budda tasviri ham uchraydi. Xitoylik Syuan`-TSzyan` byergan xabarga ko`ra, VII asrning boshlarida Tyermizda 10 ta buddaviylik xonaqohi (sangarama) va mingta rohib faoliyat olib borgan. XX asrning boshlarida Amudaryoning o`ng qirg`og`ida buddaviylikka mansub ko`plab qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan ko`p sonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklar topilgan16. Xalqimizda tolyerantlik va murosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Mamlakatimiz hududida faoliyat ko`rsatgan turli dinlar madaniyati bo`yicha izlanishlar olib borayotgan yapon olimi Kato fikriga ko`ra Surxondaryo vohasida aniqlagan noyob Budda madaniyati yodgorliklari, yahudiy yodgorliklari, Buxoroda nasroniylarning ziyoratgohlari yurtimizdagi islom obidalari bilan bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi. YUrtimiz hududida zardushtiylar bilan bir qatorda buddaviylikka e`tiqod qiluvchilar ham yashaganlar. Milodning birinchi asrlaridan boshlab, Samarqand va Buxoroga kirib kelgan yahudiylar jamoalari vakillari hozirga qadar o`z dinlariga yerkin e`tiqod qilib kelmoqdalar17. O`zbekistonda islomdan oldin mavjud bo`lgan dinlar qatorida SHom (Suriya) va Yeron orqali kirib kelgan xristian dinining nestorian mazhabi sezilarli o`rin tutgan. Xristian jamoalari g`uz, to`qqizo`g`iz kabi ba`zi ko`chmanchi turk qabilalarining vakillarini ham o`z ichiga olgan. Akademik V.Bartol`dning fikricha, VI asrda Samarqandda xristian episkopi va bevosita arablar kelishidan oldin esa mitropoliti bo`lgan. Hozirgi Toshkent va Xorazm viloyatlari hududida ham xristian diniga mansub aholi mavjud edi18. Ilmiy adabiyotlarda Markaziy Osiyoga xristianlik III asrlarda kirib kelgan deb talqin qilinadi. Bu Yeronda mazkur din vakillarining ta`qib qilinishi va ularning boshqa hududlarga ko`chib o`tishi bilan bog`lanadi. Yeron shohi SHopur I (241 – 272 yillar) asir olingan Rim askarlarini sharqiy yerlarga joylashtirgan. Ular orasida nasroniylar ham bo`lgan. Ba`zi yozma manbalarda 334 yilda Marvda eparxiya faoliyat ko`rsatgani qayd qilinadi. Bu Marvda xristianlarning 334 yildan avvalroq paydo bo`lgani va yirik jamoalari shakllanganidan dalolat byeradi. Umuman olganda, VIII asrda Movarounnahrga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz byerdi19. Movarounnahr xalqlari islom diniga mahalliy axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlari va urf-odatlarini olib kirdilar. Movarounnahrda bu holat islomning o`ziga xos xususiyatlar kasb etishiga sabab bo`ldi. O`sha vaqtga kelib mintaqada shakllanib ulgurgan qulay bag`rikenglik muhitida bu tasodifiy hodisa emas edi. Islom dini barqaror bo`lganidan, to shu bugungi kungacha, Islom dini keng yoyilgan musulmon davlatlarida boshqa haq dinlarga ham bemalol yo`l byerilgan. Ular chyerkov, sinagogalariga kirib, ibodatlarini bemalol qilavyerganlar. Hatto, ularning molu jonlari davlat himoyasiga olingan. Tarixiy manbalarda o`tmishda O`zbekistonda diniy munosabatlar asosida biror marta ham nizo chiqmaganini qayd qilinadi. Bunday holatni hozirgi O`zbekistondagi islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o`zaro munosabatlari misolida ham ko`rish mumkin. Bunday do`stona munosabatlardan xulosa qilib, Prezident Islom Karimov: “Musulmonlar va xristianlarning O`zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo`lib yashashi diniy-ma`naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag`rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishiga arzigulikdir”71, deya voqelikni aniq ko`rsatib byerdi. Xulosa Globallashuv jarayoni zamonaviy fenomen sifatida o`z vazifasini qanday yo`l bilan bo`lsa ham ado etmoqda. Albatta, bunda ba`zi ma`lum va noma`lum (globallashuv bayroqdorlari ham deyish mumkin) kuchlar bu jarayonni sun`iy tezlashtirsalar ham yoki manfaat ko`rsalar ham yuqorida keltirilgandek millatlar ma`naviyati, mentaliteti, o`zgarishi yoki mustahkamlanishi, o`ziga xosligini saqlab qolishi qaysidir ma`noda mamlakatning o`ziga bog`liq bo`lib qoladi. O`zbekiston globallashuv jarayonidan chetda qolmadi. Ipak yo`lining bir necha marshruti hozirgi O`zbekiston eridan o`tgan, Samarqand va Buxoro Ipak yo`lidagi yirik savdo markazlari sifatida jahonga tanildi. Hozirgi O`zbekiston eri xalqaro tijorat yo`llarining chorrahasi sifatida o`z ahamiyatini kech o`rta aslargacha saqlab keldi. Ushbu globallashuv natijasi o`laroq Markaziy Osiyo erlarida ma`naviy sohada diniy tolerantlik, ilm-fanga charqoqlik vujudga kelgan, islom diniy tafakkuri va grek falsafasi kirib kelgan bo`lsa, xo`jalikda ipakchilik va paxtachilik rivojlandi, muayyan mahsulot ekport qilindi. Salbiy oqibatlar ham yo`q emas edi – “miyalar sizib ketishining” ilk ko`rinishlari, yalpi ichki mahsulotning bir qismi markazga to`lov sifatida olib ketilishi, masalan. Globalizatsiya 19-asrining 60-yilaridan boshlab yonqin namoyon bo`ldi. Boshqa fikrlarga ko`ra globalizatsiya 19-asrning oxirida boshlanib, o`tgan asrning oxirgi choragida jadallashdi. Globallashuv transmamlakat korporatsiyalarining tez sur`atlar bilan kengayishi ortidan xo`jaliklarning “o`sish-yo-o`lish” dinamikasini ifoda etuvchi sistemik tendentsiyaning natijasidir, degan fikr bildirilgan. O`z navbatida bu tendentsiya trasmamlakat korporatsiyalarning jadal o`sib borishi bilan bog`liqdir. Iqtisodiy kontekstda globallashuv tovarlar, sarmoya, xizmatlar va ishchi kuchi oqimini osonlashritish maqsadida davlatlar chegaralaridagi to`siqlarni bartaraf qilish yoki sezilarli darajada pasaytirishni anglatadi. Tor ma`nodagi globallashuv savdo-sodiq, bevosita chet el investitsiyalari, kapital oqimi, migratsiya orqali mamlakatlar xo`jaligining bir internatsional xo`jalikka intregrallashuvni anglatadi. Keng ma`nodagi globallashuvga g`oyalar, tillar va ommabop madaniyatning mamlakatlararo almashinuvi hamroh bo`ladi. Globallashuv zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi eng asosiy jarayonlarning biri bo'lib, xo‘jalik hayoti baynalminallashuvining yuqori bosqichi hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro ishlab chiqarish kooneratsiyasi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatiaming boshqa shakllari rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro aloqasi va bir biriga bog‘liqligi tobora kuchaymoqda. Hozirgi davrda tashqi omillarni hisobga olmasdan davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Ma’lumki, mamlakatlar iqtisodiyotlarining bir-biriga bog'liqligi kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalaming milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtiroki faoliashuvi xo'jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqtisodiyot baynalminallashuvi bir qator bosqichlarni bosib o'tgan bo'lib, dastlabkisi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi va bunda tashqi savdoning roii g'oyat muhimdir. Davlatlar o'rtasidagi xalqaro xo'jalik aloqalarining me’yoriy-huquqiy ta’minlanishi, qayta ishlab chiqarish jarayonlarining milliy chegaralardan tashqariga chiqishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir. Globallashuv - bu iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi jamiyat taraqqiyotining murakkab bosqichi hisoblanadi. Globallashuv o‘zining boshlang‘ich bosqichidanoq barqaror rivojlanishga yangi tahdidlarni vujudga keltirdi. Ular bir qarashda G ‘arbiy davlatlardan boshqa barcha mamlakatlarga taalluqli bo‘lib ko'rinadi, aslida bu chaqiriq yer yuzidagi aksariyat insoniyatga tegishli. Bu esa jahonda sodir bo‘layotgan barcha voqea-hodisalar hamda jahon tizimini barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarda hamma davlatlarning mas’uliyatini oshirishga da’vat etadi. Globallashuv jahon xo'jaligida barcha hudud va sohalarni o‘z ichiga qamrab olib, milliy xo‘jaliklar rivojlanishidagi tashqi va ichki omillar muvozanatini birinchisining foydasiga hal etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish omillariga, asosan texnologiya va kapitalga doimiy talab mavjudligidan kelib chiqqan holda, hech qanday mamlakat o ‘z milliy iqtisodining hajmi (yirik, o‘rta, kichik) va rivojIanganlik darajasidan (rivojlangan, rivojlanayotgan yoki o‘tish davridagi) qat’i nazar o‘zini-o‘zi to'liq yoki yetarlicha ta’minlay oladi, deb ta'kidlab bo‘lmaydi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling