T. ga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha aksariyat mamlakatlarda koʻp tomonlama konvensiyalar va qonun aktlari qabul kilindi
uning huquqiy asoslari takomillashdi
Download 151.18 Kb.
|
hujjatlar tarixi
uning huquqiy asoslari takomillashdi
Bugun jahon hamjamiyati oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ulardan aholini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishdir. Statistik raqamlarning ko‘rsatishicha, tabiiy va texnogen hodisalardan halok bo‘layotganlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Tabiiy falokatlardan saqlanish bo‘yicha xalqaro strategiyaga muvofiq, 2000 yildan 2009 yilgacha turli hodisalarda halok bo‘lganlar soni yiliga 78 ming nafarga yetgan. O‘tgan asrning 90-yillarida bu ko‘rsatkich 43 ming, 80-yillarda esa o‘rta hisobda 75 ming kishini tashkil qilgan. Bu yil esa tabiiy va texnogen halokatlar natijasida 200 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu o‘tgan yillarga qaraganda bir necha barobar ko‘pdir. Halok bo‘layotganlarning katta qismi tabiiy ofat qurboniga aylanmoqda. Masalan, Indoneziyaning Sumatra orolida sodir bo‘lgan yer qimirlash vaqtida halok bo‘lganlar o‘sha yili tabiiy ofatlarda halok bo‘lgan jami 10416 kishining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Shuningdek, 220 ming nafar insonning o‘limiga sabab bo‘lgan Gaitidagi yer qimirlash ham shunday yirik ofatdir. Bunday tabiiy ofatni Hindiston va Indoneziya qirg‘oq bo‘ylaridagi Hind okeanida ko‘tarilgan sunami bilan taqqoslash mumkin. Eslatib o‘tamiz, mazkur ofat 8-14 milliard dollar miqdorida iqtisodiy zarar yetkazdi. Ayni paytda texnogen xususiyatli halokatlar ham tobora dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ular bevosita tizimning nosozligi, ishga yaroqsizligi yoki ishdan chiqqanligi tufayli yuz beradi. Bunday halokatlar natijasida atrof-muhit o‘nglab bo‘lmas darajada ifloslanadi, iqtisodiyotga ham misli ko‘rilmagan zarar yetadi. Shu bois BMT Bosh Assambleyasi 1990-2000 yillarni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Xalqaro o‘n yillik deb rezolyutsiya qabul qildi. O‘zbekistonda mustaqillik davrida bu borada katta ishlarga qo‘l urildi. Bu o‘rinda tabiiy-texnogen hodisalardan himoyalanish bo‘yicha erishilgan ko‘p tomonlama kelishuvlar muhim ahamiyatga ega. Ana shu kelishuvlardan biri 1993 yilning 22 yanvarida O‘zbekiston tomonidan imzolangan «Tabiiy hamda texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarining oldini olish va tugatish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida»gi kelishuvdir. O‘tgan yillarda milliy qonunchiligimizda ham tabiiy-texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shunday hujjatlardan biri 1998 yil 27 oktyabrda aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida tasdiqlangan texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifidir. «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust) shu munosabat bilan qabul qilingan. «Aholini va hududlarni tabiiy texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qonun 2010 yil 17 sentyabr aynan aholi va hududlarni tabiiy texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan. Mazkur qonun bilan «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Bu qo‘shimcha va o‘zgartishlar «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogik xususiyatli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunni «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilindi. Ya’ni, «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogik xususiyatli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 2, 8, 9, 11 va 22-moddalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Qonunning 2-moddasida Favqulodda vaziyat, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kabi tushunchalar «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiqlashtirish maqsadida yangi tahrirda ifodalandi. Unga ko‘ra, favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat deb ta’rif berildi. «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonun bilan «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning «Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi» deb nomlangan 8-moddasiga kiritilgan o‘zgartish bevosita Favqulodda vaziyatlar vazirligining vakolatlari bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘ligini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish haqidagi me’yorlar bilan to‘ldirildi. «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning «Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari» deb nomlangan 11-moddasi «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiqlashtirish maqsadida xodimlarni favqulodda vaziyatlar sharoitida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o‘rgatishlari tahrirda mustahkamlandi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bilan bog‘liq huquqiy asoslarning yanada takomillashishiga xizmat qiladi. Download 151.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling