T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati


Tijorat banklari kreditlarining umumiy tahlili


Download 293.7 Kb.
bet29/58
Sana23.12.2022
Hajmi293.7 Kb.
#1046282
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
Bank faoliyati tahlili (2)

5.3. Tijorat banklari kreditlarining umumiy tahlili

Tijorat banklari kredit operatsiyalarini tahlil qilganda kredit resurslari-ning manbalari, kreditlarning (umumiy kredit portfelining) tarmoqlar, hudud-lar bo‘yicha yo‘naltirilganini, hamda mijozlarning mulk shakllari bo‘yicha tahlil qilish mumkin. Tijorat banklari kredit portfeli manbai bo‘lib, o‘z mablag‘lari (xususiy kapitali) va chetdan jalb qilingan mablag‘lar bo‘lishi mumkin. Banklarning o‘z mablag‘lari manbai barcha mablag‘laridagi hissasi qanchalik katta bo‘lsa, bank shunchalik moliyaviy mustahkam bo‘ladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti I.A. Karimovning 2005-yil 15-apereldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tad-birlari to‘g‘risida»gi qarori ham tijorat banklari xususiy kapitali miqdorini oshirib, ularning moliyaviy mustahkamligini yaxshilashga qaratilgan.


Tijorat banklari barcha tarmoq korxonalariga kreditlar beradi. Lekin kreditlarning tarmoqlar bo‘yicha berilishini tahlil qilganda, Respublikadagi aksiyador tijorat banklarining ko‘pi tarmoq xususiyatlari bo‘yicha tashkil etilganligini va o‘sha tarmoq (Sanoatqurilish bank uchun sanoat korxonalari, Savdogarbank uchun asosan savdo tashkilotlari va hakazo) ustuvor ekanli-gini hisobga olish zarur bo‘ladi. Masalan, Agrobank 2009-yilda barcha kre-ditlarning 35,0 % ni sanoat tarmoq korxonalarga, 41,0 % ni qishloq xo‘jaligi subyektlariga, 22,0 % ini savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga, 2,0 % i esa xizmat ko‘rsatish sohasiga berilgan Respublika aksiyadorlik «Ipak yo‘li»



71


tijorat bankida esa 2009– yilda kredit portfelining 49,1 % i sanoat korxona-lariga, 30,9 % i savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga, 3,6 % igina qishloq xo‘jaligiga 2,6 % qurilish sohasiga, 3,3 % i uy-joy va kommunal xizmatlari sohasiga tegishli bo‘lgan. Ko‘rib turganimizdek, kreditlarning katta qismi xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i-sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelayapti.

Tijorat bank kreditlarini qarzdorlar (mijozlar) bo‘yicha ham guruhlash mumkin. Bunda davlat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar va jismoniy shaxslar (fuqarolar)ga berilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha tahlil qilish mumkin.























5.1-jadval








Download 293.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling