T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev
Model va borliq orasidagi muvofiqlik
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Tizimli yondashuv asoslari
Model va borliq orasidagi muvofiqlik. 0 ‘zini o ‘rab turgan
tabiat ma’lum tizimni yoki birikmani, jismlar bog‘likligini tashkil etadi, bu yerda jism deyilganda barcha moddiy haqiqat, yulduzlardan tortib atomlar, efir zarrachalarigacha tushuniladi. Demak tizim - bu jismlarning tabiatini belgilovchi tarkibiy unsurlardan tashkil topgan birikmasidan iborat. Bog‘liqlik - obyektiv dunyoning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Borliq mavjudligi tufayli dunyo hodisalarining betartib yig‘indisi emas, balki qonuniy harakat jarayonidan iboratdir. Tizimlar turli shakllarga ega bo‘ladi. Turli-tuman bo‘lishiga qaramay, ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: texnikaviy, texnologik, biologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlar. Tizimning har bir turi o‘zining aniq vazifalariga ega: 1. texnikaviy tizim, uskunalar majmuining o ‘zaro bogMiq yig‘indisidan, shu jumladan orgtexnika, EXMdan iborat (bu korxonaning ishlab chiqarish quwatlaridir); 24 2. texnologik tizim qonun-qoida, me’yor, standartlar yig‘indisi, marketing xizmatidan iborat; 3. tashkiliy tizim ishlab chiqarish jarayonni amalga oshirish, mehnat resurslaridan maqbul ravishda foydalanish, boshqaruv tashkiliy tizimlarini yaratish uchun imkon beradi; Texnikaviy, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda iqtiso- diyotni boshqarishning tashkiliy-texnikaviy jihatlarini ta’minlaydi. 4. Xalq xo‘jaligining iqtisodiy tizimi ham ishlab chiqarish, ham ayirboshlashda yuz beruvchi barcha xo‘jalik, moliyaviy, tashkiliy jarayonlar birligini ifodalaydi. Iqtisodiy tizim boshqaruv tizimini qayta qurishda uzluksiz va maqsadli jarayonni aks ettirib, barcha boshqa tizimlar faoliyati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga boshqa tizimlar ham iqtisodiy tizimga o ‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. (masalan, ijtimoiy tizim). 5. ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birga iqtisodiyot maqsad- larini belgilaydi, boshqaruvning tamoyil va uslublarini shakllan- tiradi, Ya’ni iqtisodiyotni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy jihat larini ifodalaydi. Hozirgi davrda iqtisodiyotda ijtimoiy o‘zgarishlar amalga oshishi, boshqaruvda demokratiyaning asoslari kengayishi, hamkorlikning yangi shakllari yaratilishi, bozor munosabatlariga o‘tilishi, butun xalq xo‘jaligi tarkibi qayta qurilishi bilan botiq ravishda ijtimoiy tizim ahamiyati ortib bormoqda. Agar bir tizim unsurlari doimo o‘zaro ta’sir ostida bo‘Iib, bu jarayon tizim unsurlari o'rtasidagi bog‘liqlik vositasida ifodalanadi. Shunday qilib, unsur - har bir tizim tarkibini tashkil etuvchi qismdir. Texnikaviy tizim unsrlari o‘rtasidagi botiqlik moddiydir, masalan, avtomobil dvigatelining krivoshin-shatunli mexanizmi moddiy jihatdan bir-biri bilan bogMiq turli qismlardan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim unsurlari o‘rtasidagi bogMiqlik axborot aloqalaridir. Axborot tizimi sifatida o‘rganiluvchi ishlab chiqarish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdir. Model dinamikasini qonuniyatlari va asosiy sabablariga to‘xtal- sak, awalambor ma’lumki modellashtirish jarayoni shayian- gan,tartiblangan, ketma-ket etaplardan iborat. Etaplar sifatli aniq maqsad bilan farqlanadi va ma’lum tartibda amalga oshirilishi kerak. Masalan, yangi texnikani tizimini shakllantirilishda uning model rivojlanishi oldingi ilmiy izlanishlar natijalari asosida texnik 25 buyurtmadan boshlab texnik proyekt, ishchi proyekt, sinov variyanti kichik seriyalardan to modelgacha, to sanoat ishlab chiqarish uchun moMjallangan boMishi, qadama-qadam amalga oshiriladi. Boshqa misolda ketma-ket immitatsion modellashtirishni etaplari tavsiya etiladi: modellashtirish maqsadni shakllantirish - abstrakt modelni qurish — uni tadqiqoti - qayta ishlash va natijalar interpritatsiyasi. Mukammallashtirish algoritmni talab etadi va ko‘p tadqiqotchilar uchun model bilan ishlash etaplarini foydali ketma-ketligini aniqlash boshlang‘ich harakatdir. 1. Model - aks maqsadi i. 2. Model abstrakt yoki real. 3.Soddalashtirish va yaqinlashtirishda taxminiylik. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling