T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev
FANNING MAQSADI VA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Tizimli yondashuv asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Tizimli tahlil tushunchasi
1. FANNING MAQSADI VA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Fanni o‘rganishning asosiy maqsadi - bu tizimli tahlil usullarini murakkab tizimlami modellashtirish qurilmalarini tashkil qilish tamoyillarini, tarkibi, harakatlanish rejimi va modellashtirish tizimlarini qurish va yechish usullarini o‘rganishdan iborat. Bir guruh olimlar tizimli jarayonlar kompleksi (majmuasi) va paydo bo' lishi hamda ular orasidagi bogMiqlikni, ta’sirsiz sifatida qaraydi. Qo‘yilgan masala shundan iboratki, atrof-muhitdan tizimni ajratib qarashdir mumkin qadar uning kiruvchi chiquvchilarini minumini aniqlash, maksimum darajada strukturasini tahlil qilish, mexanizm funksiyasini aniqlash va bundan kelib chiqib kerakli yo‘nalishda ta’sir etish. Demak, bu yerda tizim obyektini tekshirish va boshqarish. Ikkinchi guruh olimlar tizimni ijtimoiy jarayonlar va hodisalami tekshirish asbobi (uskunalari) sifatida xarakterlaydilar. Izlanuvchi haqiqiy obyektlami obstrakt akslantirib ijtimoiy tizimni shakllan- tiradi va shaklni qayta ishlash imkonini yaratadi, bu esa model tushunchasiga olib keladi. Uchinchi guruh olimlari tizimni ikkala guruh nuqtayi nazarlarini kelishtirish sifatida ko‘radilar. Ammo bu uchta fikrlar orasida tizim tushunchasi ta’rifida bir-biriga o‘tib bo‘lmaydigan chegara yo‘q. Shunday qilib, tizim bu o‘zaro birgalikda harakat qiluvchi elementlar to‘plamidir. Ularni o‘zaro aloqada, bogiangan holda bir butun deb qaraladi. Tizimli yondashuv esa tekshirilayotgan obyektni kompleks bir butun tarzda qaraydi. 1.1. Tizimli tahlil tushunchasi Tizimli tahlil amaliyotning murakkab jarayonlami o ‘rganish va loyihalashtirish, ulami ma'lumotlar yetishmagan zaxiralar chegaralangan, vaqt chiziqligi sharoitlarda ham boshqarish hamda oldimizga qo‘yilgan talablarga javob sifatida yuzaga keldi. Hozirgi vaqtgacha tizimli tahlilni fan, san’at yoki «texnik hunarmandchilik» 5 sifatida hisoblash kerakmi degan munozaralar davom etmoqda. Ayniqsa, tizimii tahlil «sotsial», «sotsiotexnik» muammolar bilan bog‘liq tizimlar, ya’ni insonlar hal qiluvchi rol o‘ynaydigan jarayonlarda o‘tkir baholashga sabab bo‘lmoqda. Bunday muammolami hal qilishda modellami qurish va ulardan foydalanish masalalari va to‘liq ifodalanmagan tizimlarni evristik yechimlarini qidirishgina emas, balki insonlar munosabatlarining toza psixologik aspektlari ham tizimii tahlilni fizika va matematika kabi «aniq fan» lardan uzoqlashtiradi. Tizimii tahlilning «ilmiylik darajasi» haqidagi munozaralar bir qator sabablarga ko‘ra tug‘iladi. Tizimii tahlilda masalalarni ifodalash qiyinchiliklariga va bu qiyinchiliklami yengish usullariga katta e’tibor qaratiladi. Birinchidan, ko‘pgina hollarda masalalarni ifodalanishi bilan bog‘liq ishlar yetarli darajada baholanmay qoladi. Ko‘pchilik ifodalangan modellar qurilmaguncha «haqiqiy» ish boshlangani yo‘q, «masalani yaxshi qo‘yilishi - bu masalani yarim yechimi» degan iborani hazil tariqasida tushunadilar. Ikkinchidan, masalalarni to'liq ifodalanmasligi bilan bogMiq murakkabliklarni yengish bilimlami tizimii qo‘llashni talab qiladi. Bilimlar sinfini ikki asosiy turga bo‘lishimiz mumkin - ifodalangan va ifodalanmagan. Uchinchidan, tizimii tahlil - bu amaliy dialektika deb ta’rif berishimiz mumkin. Materialistik dialektika dunyoqarashning ixtiyoriy darajasida bilimlar tizimliligi mosligini ta’minlovchi, tushunish usuli hisoblanadi. Bu o‘rinda muammolami ifodalanishiga to‘xtalib o ‘tamiz. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling