T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev


Kriteriyalami ifodalanishi


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/94
Sana03.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1741725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
Tizimli yondashuv asoslari

Kriteriyalami ifodalanishi. «Kriteriy» so‘zini altemativlarni 
taqqoslashning ixtiyoriy usuli sifatida ishlatishimiz mumkin. 
Maqsad kriteriyalar bo‘yicha optimallashtirish maqsadlarga maksi­
mal yaqinlashishni ifodalashi uchun, kriteriyalami maqsadlarga juda 
yaqin o‘xshashligini ta’minlash talab qilinadi. Lekin boshqa 
tomondan kriteriyalar maqsadlar bilan to‘liq mos tusha olmaydi, 
chunki ular turli ko‘rinishlarda tasvirlanadi, ya’ni maqsadlar- 
nominallarda, kriteriyalar tartib sonlarda. Kriteriy — maqsadga 
o‘xshagan bo‘lib, uning modelini aks ettiradi. Aniqroq qilib aytsak
kriteriyalar altemativ parametrlaming bahosini aks ettiradi. Aniq 
qo‘yilgan masalalaming ko‘p kriteriyali bo‘lishi bu maqsadlar 
to‘plamidan emas, balki bitta maqsadni bitta kriteriya orqali 
ifodalash hamma holda ham mumkin emasligidadir. Lekin asosiy 
muammo shu masalaning hal qilinishi darajasi bilan aniqlanadi.
«Tizim» ifodasi bir butun tushuncha bo‘lib, o‘zaro aloqalardan, 
o ‘zaro birlikda harakatlanuvchi, o ‘zaro bog‘liq qismlami o‘z ichiga 
olib uning xususiyatlari esa tizimiga bog‘liq, tizim xususiyatlari esa 
tizim xususiyatlariga bogMiqdir. Boshqaruvda tizimli yondashuv 
qismlardan iborat obyekt (har bir tizim mustaqil maqsadga ega) 
tizimlarini tashkil qilishni ifodalaydi. Boshqaruvchi tashkilot 
qo‘ygan umumiy maqsadga erishishi uchun uni faqat bir butun tizim 
sifatida qaragandagina erishishini tushunish kerak. Buni tushungan 
boshqaruvchi uning rolini baholab, o ‘zaro qismlar va harakatlar 
ahamiyatini ma’lum bir asosda birlashtirib qo'yilgan maqsadga 
samarali erisha oladi. Har qanday real (haqqonniy) obstrakt 
boMmagan tizim o‘zgaradi, Ya’ni bir holatdan boshqa holatga 
o‘tadi. Shu bilan birga nafaqat alohida olingan tizimlar qismlari 
orasida, balki fazoviy muhitda boMadigan vaqt massalari energiya 
va axborotlar, manbalar orasida ham o ‘zaro aloqalar o‘rinli.


Shuni ta’kidlash mumkinki tizimni bu o ‘zgarishlari teskari 
natijalarga (shaklga), tizimni buzilishiga, uni tartibsiz holatga yoki 
rivojlanishiga: tizimni murakkabligiga, axborotlami ko‘payishiga 
yanada tartiblangan holat bo‘lishini. Ammo uchinchi holat ham 
bo‘lishi mumkin, tizim bilan tashqi muhit orasida moslanish paydo 
bo‘ladi natijada tizim ma’lum bir vaqt oralig‘ida o‘zgarmaydi yoki 
uning shakli va bir butunligiga ta’sir etmaydi. Agar tizim vaqtga 
bogMiq bo‘lmasa, bunday tizim statik tizim deyiladi (qurilishlar, 
binolar va hokazo) 
bunday ta’rif nazariyada va qurilish 
mexanikasida zarur.
Agar tizim o‘z holati elementlari o‘zaro aloqada va tashqi muhit 
bilan munosabatda bo‘lsa, yana vaqt bo'yicha o‘zgarsa - tizim dina­
mik tizim deyiladi. Dinamik tizim qaytariluvchan yoki qaytarilmas 
boiishi mumkin. O'zgaruvchi ijtimoiy tizimda dinamik tizim 
tushunchasi bir necha murakkab masalalarni ifodalash imkonini 
beradi. 0 ‘zgaruvchi tizim deganda «tizim holati» tushuniladi, ya’ni 
tizim holati ma’lum vaqt momentida o‘zgarmaydigan tizim 
parametrlarining qiymatlar to‘plami tushuniladi. Bu yerda parametr 
deganda izlanuvchini qiziqtiruvchi tizim tasniflari, shu bilan tizimga 
tashqi ta’sir etuvchi va uni aks ta’sir etishlar tushuniladi, Ya’ni uni 
atrof-muhitga yoki boshqa tizimlarga ta’siri.
1. Fan rivojining tarixi.
2. Tizimii yondashuv asosining paydo bo‘lishi.
3. Tizimlilikni yaratish bo‘yicha birinchi ishlar.
4. Tizimlilikning tasniflanishi.
5. Tizimiy fanlar vujudga kelishining obyektiv sabablari.
6. Fikrlashni uzviy tizim ligi.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling