T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/94
Sana03.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1741725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94
Bog'liq
Tizimli yondashuv asoslari

W = W (a , x).
Formulani qarayotganimizda x va sonlar emas, sonlar 
to‘plami (vektorlar), funksional ekanligi yoddan chiqarmasligimiz 
kerak. Berilgan shartlarda ko‘pincha, ya’ni yechim elementlariga 
qo'yilgan shartlar tenglik yoki tengsizlik ko‘rinishida bo‘lgan 
talablar mavjud bo‘ladi.
Masala quyidagicha ifodalaniladi:  berilgan shartlar to‘plamida 
shunday x=x* yechimini topish kerakki, bu yechim foydalilik 
ko'rsatkichi w ni maksimumga aylantirsin.
Bu maksimumni biz quyidagicha belgilaymiz.
W*= 
max 
{w(a,*)}
x e X
W* yechim W(a,x)ni maksimal qiymati bo‘lib x mumkin 
bo‘lgan yechimlar to‘plamiga kiradi. Shunday qilib, qarshimizda 
namunaviy matematik masala funksiya yoki funksionalning 
maksimumini topish masalasi turibdi.
Eslatib o‘tamiz, funksional deb funksiyaning ko‘rinishiga 
bog‘liq boMgan oMchovga aytiladi. Agar X yechim faqatgina 
sonlami emas, balki funksiyalami ham qabul qilsa, W (a,x) o‘lchov 
funksional hisoblanadi. Bu masala variatsion masalalar sinfiga 
kiradi. Bunday masalalaming eng soddalari maksimum masalalari 
bo‘lib, bu bizga tanish.
Ko‘p argumentli funksiyaning maksimumi yoki minimumini, 
ya’ni ekstremumini topish uchun, uni barcha argumentlari bo'yicha 
differensiallash (berilgan holda yechim elementlari bo‘yicha), 
natijani nolga tenglab, hosil qilingan tenglamalar tizimining 
yechimini topish kerak.
Bir qarashda juda sodda ko‘ringan bu klassik usul foydalanishda 
bir qancha chegaralarga duch keladi. Birinchidan, argumentlar soni 
ko‘p hollarda tenglamalar tizimini yechish ekstremumni topishga 
ko‘ra murakkabroq boMadi. Ikkinchidan, yechim elementlariga 
qo‘yilgan chegaralar mavjud holda ekstremumga ko‘pincha birinchi 
tartibli hosilali tenglama-tizimini nolga aylantiradigan nuqtalarda 
emas, balki chegara sohasida erishishi.
12


Ekstremumni qidirish usuli va optimal yechim 
x *  
ni topish W 
funksiyani xususiyatlariga, ya’ni tenglamaga qo‘yilgan chegaralarga 
bogMiq. Masalan, agar funksiya W yechim elementlari 
x i, X 2... 
dan 
chiziqli bogMiq boMsa, ya’ni 
X /,X 2 ... 
yechim elementlarga qo'yilgan 
chegaralar chiziqli tenglik yoki chiziqli tengsizlik ko‘rinishiga ega 
bo‘lsa, u holda chiziqli dasturlash masalasi yuzaga keladi va bu 
masalani namunaviy usullar yordamida yechish imkoniyati mavjud 
boMadi.
Agar W funksiya yechim elementlari 
x i , x 2... 
dan chiziqli 
bogMiq boMmasa, u holda dasturlash usullaridan foydalaniladi. Ko‘p 
bosqichli amallaxni boshqarishni optimallash uchun dinamik 
dasturlash usulidan foydalaniladi. Ekstremumlami topishning bir 
necha sonli usullari mavjud boMib, ular kompyuterlar yordamida 
amalga oshiriladi.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling