T o s h k e n t d a V l a t iq t is o d iy o t in IV e r s I t e t I a bd u ra h im o rtiq o V sanoat iqtisodiyoti


Download 16 Kb.

bet10/24
Sana11.02.2017
Hajmi16 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24

6.3.  Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning 
omillari  va yo‘llari
Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning  juda  ko‘p, 
xilma-xil  omillari  va  asosiy  yo‘nalishlari  mavjud.  Barcha 
omillar  uch  belgiga  asosan  guruhlarga  b o ‘linishi  mumkin:  man­
ba  bo ‘yicha,  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  va  takomillashti- 
rishnmg  asosiy  yo‘nalishlari  bo ‘yicha,  omillarning  o'rni  va 
amalga oshirish darajasi bo'yicha.
Omillarni 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini 
oshirish 
manbalari  bo'yicha  tasniflash  nimalar  hisobiga  ijtimoiy mehnat­
ni  tejashga  erishish  mumkinligini  yoki  erishilganligini  aniqlash- 
ga  yordam  beradi.  Shu  nuqtai  nazardan  asosiy  omillarga 
quyiciagilami  kiritish  mumkin:  mahsulotning  mehnat  sig‘imi, 
material  sig‘imi,  fond  sig‘imi  hamda  kapital  m ablag‘  talablikni 
kamaytirish,  tabiiy  resurslardan  ratsional  foydalanish  va  vaqtni 
tejash.  Lekin  bunday  tasniflash  talabga  javob  bermaydi.  Bu 
savollarga  javob  topish  uchun  ishlab  chiqarish  samaradorligini 
oshir.shning  barcha  omillarini  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish 
va  takomillashtirishning  asosiy  yo‘nalishlari  bo ‘yicha  guruhlash 
kerak.  Ular  ijtimoiy  mehnatni  tejashga  qaratilgan  texnik, 
tashkiliy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  chora-tadbirlar  kompleksidan 
iborat.  Bu  y o ‘nalishlar  g'oyat  xilma-xildir.  Eng  muhimlariga 
quyidagilar kiradi:
-  ishlab  chiqarish  strukturasini  yaxshilash;
-  fan-texnika  taraqqiyotini  jadailashtirish,  ishlab  chiqarish 
va  mahsulotning  texnik-iqtisodiy  darajasini  ko ‘tarish,  fan  va 
texnika yutuqlarini joriy etish  muddatini  qisqartirish;
-  ishlab  chiqarishni  diversifikatsiyalash,  ixtisoslashtirish, 
kooperatsiyalash,  mahalliylashtirish  va  hududiy  joylashtirish 
darajasini  oshirish:
112

-  boshqarishning  strukturasini,  moliyalash,  baholash  va 
kreditlash hamda rag‘batlantirish tizimini  takomillashtirish;
-  inson  omilini  kuchaytirish  asosida  mehnatkashlarning 
ijodiy  faolligini  va tashabbusini  oshirishni  yo‘lga q o ‘yish.
Sanoat 
ishlab 
chiqarishini 
erkinlashtirish 
tarmoqda 
islohotlami  chuqurlushlirish.  samaradorlikni  oshirishning  asosiy 
yo'nalishi  hisoblanadi.
Sanoat  ishlab  chiqarishi  samaradorligini  oshirishning  hal 
qiluvchi 
yo‘llaridan 
yana 
biri 
fan-texnika 
taraqqiyotini 
jadallashtirishdir.  Texnik  va  texnologik  omil  mehnat  unumdor- 
ligini o ‘stirishning kamida uchdan ikki qismini ta ’minlaydi.
M a’lumki,  iqtisodiy  taraqqiyotning  turli  bosqichlarida 
texnika  taraqqiyotining  xarakteri  va  mazmuni  o ‘z  xususiyat­
lariga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish  natijasi­
da  fan-texnika  taraqqiyoti  undagi  miqdoriy  o ‘zgarishlargagina 
emas,  balki  ko‘proq  sifat  o ‘zgarishlariga  qaratiladi.  Umuman, 
samaradorlik  iqtisodiyotdagi  sifat  o ‘zgarishlari  bilan  bog‘liqdir, 
bu talab fan-texnika taraqqiyotiga ham to ‘liq joriy etiladi.
Sanoat  ishlab  chiqarishi  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorligini 
yuqori  darajaga  ko‘tarishda  inson  omilining  roli  beqiyosdir. 
Insonlaming  tashabbusi,  kuch-g‘ayrati,  jonli  ijodiyoti  har 
qanday  taraqqiyotning  qudratli  kuchi  va  eng  muhim  manbai 
hisoblanadi.  Shu  sababli  ham  insonni  jamiyatning  asosiy  ishlab 
chiqaruvchi  kuchi  deb  ataydilar.  U  barcha  yangiliklami,  shu 
jumladan,  yangi,  ilg‘or  texnika-texnologiyalami  yaratadi,  ishlab 
chiqarishni  oqilona  tashkil  etadi,  ilmiy  va  amaliy  kashtiyotlar 
qiladi.  Barcha  ishlab  chiqarish  vositalari  inson  mehnati  br'an 
harakatga  keltiriladi,  foydali  narsalar  hosil  qilinadi.  Biroq  inson 
faqat  asosiy  ishlab  chiqaruvchi  kuchgina  emas,  shu  bilan  birga 
ishlab  chiqarish  va  boshqa  ijtimoiy  munosabatlaming  subyekti 
hamdir.  Odamlar  faoliyati  shu  munosabatlar  orqali  ro‘yobga 
chiqadi.  Bu  faoliyat  yo‘nalishi  va  natijalari  xodimning  o ‘z 
faoliyatida  qanday  o'y-likiiarga,  tasavvurlarga.  maqsadlarga, 
hayotiy  yo ‘l-yo‘riqlarga  amal  qilishiga  bog‘liq.  Shu  sababli
113

inson  omilining  mohiyati,  ahamiyati  va mazmuni  tahlil  etilganda 
gap  faqat  inson  haqidagina  emas,  balki  avvalo  inson  yashab, 
mehna:  qilayotgan  ijtimoiy  munosabatlaming  butun  tizimi  bilan 
belgilanuvchi  ijtimoiy  sifatlar,  faoliyatni  rag‘batlantiruvchi 
omillar va muddaolar haqida borishi  kerak.
Qisqacha  xulosalar
Ishlab  chiqarishning  ijtimoiv-iqtisodiy  samaradorligi  muhim 
kategoriya 
sifatida, 
umuman 
olganda, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonining  samaradorligini,  erishilgan  natija  bilan  jonli  va 
buyumlashgan  mehnat o ‘rtasidagi  nisbatlarni  o ‘rganadi.
Sanoat  ishlab  chiqarishi  samaradorligining  doimiy  oshib 
borish:  obyektiv  zaruriyat  hisoblanadi  va  milliy  daromadning 
keskin  ko‘payishiga  imkoniyat yaratib beradi.
Samaradorlik  umumiy  nazariyasida  mezon  muammosi, 
ya’ni  ^aholash  o ich o v i,  asosiy  nuqtai  nazar  masalasi  alohida 
o'rin  egallaydi.  Jami  ijtimoiy  mehnatni  tejash,  uning  unumdor- 
ligi  o ‘sishi  samaradorlikning mezoni  hisoblanadi.
lq:isodiy  hisoblash  va  tahlil  tajribasida  ikki  xil  samarador- 
li'kni  Jarqlaydilar.  Birinchi  -   umumiy  (mutlaq)  samaradorlik, 
ikkinchisi 
qiyosiy samaradorlik.
Sanoat  ishlab  chiqarishi  samaradorligining  darajasi  bir-biri 
bilan  bogMiq  o ‘zaro turli  xil  omillar ta ’siri  ostida shakllanadi.
1
 
14

Nazorat va  muhokama  uchun savollar
1.  Samaradorlik  tushunchasi  nimani  anglatadi?  Uning  qan­
day turlari bor?  Mezoni  va ko ‘rsatkichlari  nimalardan iborat?
2.  Mutlaq  iqtisodiy  samaradorlik  nima?  U  qaysi  usulida 
hisoblanadi?
3.  Ishlab 
chiqarishning  qiyosiy-iqtisodiy 
samaradorligi 
deganda nimani tushunasiz?
4.  Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga  qaysi  omillar 
ta’sir etadi?
5.  Sanoat  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning 
qanday asosiy yo‘llari bor?
Asosiy adabiyotlar
1. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«Ishlab 
chiqarishni  modemizatsiyalash,  texnik  va  texnologik  qayta 
jihozlashni  rag‘batlantirishga  oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar 
to ‘g‘risida»gi  Farmoni.  //Xalq so‘zi,  2007-yil,  15-mart.
2.  Karimov 
l.A. 
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi, 
0 ‘zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo‘llari  va 
choralari. -  Т.:  0 ‘zbekiston, 2009-yil,  56 bet.
3.  Karimov  l.A.  "Mam 1 akatimizda  demokratik  islohotlar  va 
fuqorolik  iamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi” .  //Xalq  so‘zi, 
2010-yil,  13-noyabr.
4.  Karimov  l.A.  2014-yil  yuqori  o ‘sish  sur’atlari  bilan 
rivojlanish,  barcha  mavjud  imkoniyatlarni  safarbar  etish,  o ‘zini 
oqlagan  islohotlar  strategiyasini  izchil  davom  ettirish  yili 
b o ‘ladi.  - / / Xalq so‘zi,  2014-yil,  18-yanvar.
5. http://www.press-service.uz -  «Prezident sayti».
6.  http://www.gov.uz -  «Hukumat  sayti».
115

VII  bob
SA N O A TD A   FA N -TEXN IK A   T A R A Q Q IY O T I
7.1.  Fan-texnika  taraqqiyotining mohiyati  va ahamiyati
Hozirgi  davming  eng  muhim  o ‘ziga  xos  xususiyatlaridan 
biri  -   bu  milliy  iqtisodiyotning  barcha  sohaiarda  chuqur  keskin 
o ‘zgarishlar  hosil  qilayotgan  fan  va  texnikaning  shiddatli 
rivojidir.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  ishlab  chiqish»  komissi- 
yasining  1997-yil  5-iyunida  bo‘lib  o ‘tgan  majlisida  shunday 
degan  edi:  «Fan  -   bu  taraqqiyotni  anglatadi.  Ilm-fanni 
rivojlantirmay Vatan  kelajagi  to‘g ‘risida  gapirish qiyin»1.
Fan-texnika  taraqqyoti  --  bu,  juda  rnurakkab  va  ko ‘p  qirrali 
jarayoridir.  U  ijtimoiy  va  shaxsiy  hayotning  hamma  tomonlarini 
o 'z   ichiga  oladi.  Shu  sababli  ham  fan-texnika  taraqqiyoti 
harakavdagi jarayon hisoblanadi.
Texnika  taraqqiyotining  asosini  fan,  ilmiy  bilimlar  tashkil 
etadi.  Shu  o ‘rinda  “fan  nima”  degan  savolga javob  topish  kerak 
b o ’ladi.
Fan  -   inson  faoliyatining  m a’lum  sohasi.  U  shunday  sohaki, 
voqea-  hodisalar  haqidagi  bilimlar  yaratiladi  va  ular  nazariy 
nuqtai  nazardan  bir  yo ‘lga  solinaai.  Fan  -   ijtimoiy  fikrlash  va 
bilishning  shakllaridan  biridir.
Fan  yoki  ilm  -   bu,  o'qish,  o ‘rganish  va  hayotiy  tajriba  aso­
sida  fikrlanadigan  bilim  va  malakalar majmuasidir.  Uning  asosiy 
vazifasi,  aw alo,  voqea  va  hodisalarni,  shu  jumladan,  texnik  va 
texnologik  hodisalarni  tasvirlash,  tushuntirish,  oldindan  aytib 
berish, bashorat qilishdan  iborat.
Endi  texnika  va  texnologiya  nima  degan  savolga  javob 
topish  kerak.
Texnika  -   bu,  eng  tor  m a’noda  mehnat  quroli,  mehnat 
vositasi.  Keng  m a’noda  esa,  u  ishlab  chiqarish  vositalari,  tex­
nologiya  usullarini,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va boshqarish
1  “ X a l q   s o ‘/ i ” ,  1 9 9 7 - y i l ,   6 - i y u n .
116

shakllarining  yig‘insidir.  U  ishlab  chiqarish  kuchlarining  eng 
faol  elementi hisoblanadi.
Texnologiya  (yunoncha  «technue»  -   san'at,  mahorat,  udda- 
lash  va  ...logos  -  ta’limot)  -   ishlab  chiqarish jarayonida  tayyor 
mahsulot  olish  uchun  ishlatiladigan  xom  ashyo,  material  yoki 
yarim  fabrikatlaming  holati,  xossasi  va  shakllarini  o ‘zgartirish, 
ularga ishlov berish, tayyorlash  usullari  majmuidir.
Fan-texnika  taraqqiyoti  juda  murakkab  jarayon  bo'lib, 
ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha  tomonlarini  qamrab  oladi.
Fan  va  texnikani  bir-biridan  faqat  shartli  ajratib  ko‘rish 
mumkin.  Aslida  esa  ular  yonma-yon  turadi.  Shu  sababli  «Fan- 
texnika» atamasi ko‘p ishlatiladi.
Fan-texnika  taraqqiyotining  asosini  ilmiy  bilimlar  tashkil 
etadi.  11m  va  bilim  asosida  yangi  texnika  va  texnologiya 
yaratiladi, eskilari  esa takomillashadi.
Fan-texnika  taraqqiyoti  -   bu,  mehnat  vositalarini,  ishlab 
chiqarishning  eng  yangi  xom  ashyosi  va  materiallarini,  yoqilg‘i 
va  energiyaning,  texnologik  jarayonning, 
boshqarishning, 
mehnatni  texnik  jihatdan  qurollantirish  va  yuqoridagilarning 
hammasini  yangidan  yaratishni  o ‘z  ichiga  oladi.  Ijtimoiy  ishlab 
chiqarishda band bo ‘lgan  ishlovchilaming umumiy m a’lumotini, 
mahoratini  uzluksiz  sistematik  rivojlantirish  va  takomillashtirish 
ham  fan-texnika  taraqqiyotining  mohiyati  va  ahamiyati  bilan 
chambarchas bog‘liqdir.
Yuqorida  keltirilgan  fikr  va  mulohazalar  umumjamiyat 
miqyosida,  xalq  xo ‘jaligi,  uning  tarmoqlari,  korxonalarda  va 
tashkilotlar miqyosida ham hisobga olinishi  mumkin.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi  quyidagilardan  iborat:
•  tejamkorlikni  amalga  oshirish  (vaqtni,  xom  ashyo  va 
materiallami,  yoqilg‘i,  elektr energiyasi  va h.k.larni tejash);
• 
ishlab  chiqarish  jarayonlarini  osonlashtirish,  mehnatni 
engillashtirish;
• 
mehnatning mazmuni  va  xarakterini  o ‘zgartirish;
117

• 
ishlab chiqarishning ijtimoiy va  iqtisodiy samaradorligini 
yanada yuqori  darajaga ko ‘tarish.
Fan  va  texnikaning  roli  shu  qadar  kattaki,  bironta  ijtimoiy- 
iqtisodiy  vazifa  ulaming  rivojlanishi  hisobga  olinmasdan  turib 
hal 
qilinishi 
mumkin 
emas. 
Respublika 
Prezidenti 
I.Karimovning  asarlarida,  Oliy  Majlis  Senatining  qonunlarida, 
Vazirlar  Mahkamasi  qarorlarida,  olimlaming  ilmiy-amaliy 
tadqiciotlarida  fan-texnika  taraqqiyotiga 
mukammal  ta’riflar 
berilgan.
Mustaqillikni  mustahkamlash,  kelajagi  buyuk  davlatni 
qurish,  iqtisodiy  o ‘sishni  izchil  olib  borish,  ishlab  chiqarish 
taraqqiyotini  tezlashtirishni  ilm-fansiz  tasavvur  qilib  bo'lm aydi. 
D eim k,  hamma  joyda,  hamma  vaqtda  fan-texnika  taraqqiyoti 
tomon  olg‘a siljimoq  kerak.
0 ‘zbekiston  Davlatining  fan-texnika  siyosati  davlat  va 
nodavlat 
tashkilotlari, 
mehnatkashlar  jamoalari 
iqtisodiy, 
ijtimoiy,  tashkiliy  va  tarbiyaviy  chora-tadbirlarining,  harakat- 
larining  tizimi  b o ‘lib,  bular  fanni  rivojlantirish  uchun,  uning 
yutuqlarini  yangi  texnika  va  texnologiyada  mujassamlashtirish 
hamda  ana  shu  negizda  mamlakat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarini 
sifat  jihatidan  og‘ishmay  takomillashtirib  borish  uchun  qulay 
sharoitlar  yaratishga  qaratilgandir.  Fan-texnika  siyosatining 
mohiyati  ana shundan  iborat.
Eiozor  iqtisodiyoti  sharoitida  fan-texnika  siyosati  umum- 
davlat  siyosati  sifatidagina  samarali  amalga  oshirilishi  mumkin 
b o ‘lib,  uning  butun  tarkibiy  qismlari,  shuningdek,  uni  amalga 
oshirishda  ishtirok  etuvchilarning  butun  faoliyati  strategik 
maqsadga b o ‘ysundiri1gan.
Fan-texnika  taraqqiyotining  mazmuni  va  maqsadlarini 
davlat  iqtisodiy  siyosatining  mushtarak  (umumiy)  vazifalari, 
shuningdek,  bozor  iqtisodivotining  u  yoki  bu  bosqichi  aniq 
tarixiy 
sharoitlari 
belgilab 
bcradi. 
Fan-texnika 
rivoji 
darajasining,  bu  borada  hal  ctiladigan  vazifalarni  chuqur  ilmiy 
umumlashtirish  asosida  davlat  fan-texnika  taraqqiyotining

asosiy  y o ‘nalishlarini  ta’riflaydi  hamda  ularni  amalga  oshirish 
uchun  optimal  shart-sharoitlami  ta’minlovchi  tadbirlar  ishlab 
chiqadi.
Fan-texnikani 
rivojlantirish 
haqida 
doimo 
tashabbus 
k o ‘rsatayotgan  Respublika  Prezidenti  I.A.Karimovning,  fan 
arboblari  va  muhandis-texnik  xodimlaming  faoliyati  tufayli 
mustaqillik  yillarida  qudratli  fan-texnika  salohiyati  yaratildi. 
0 ‘nlab  ilmiy-tadqiqot  institutlari  va  oliy  o ‘quv  yurtlari,  yuzlab 
loyiha 
-  
konstmktorlik 
tashkilotlari 
tadqiqotlar 
olib 
bormoqdalar,  yangi  texnika  va  texnologiyalami  yaratmoqdalar. 
Hozirgi  ilmiy-tadqiqot  institutlari  eng  mukammal  texnika  bilan 
jihozlangan  va  yuksak  malakali  ilmiy  kadrlar  qorishmasidan 
iboratdir.
Mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojini  yuqori  darajaga 
k o ‘tarish  fan-texnika  taraqqiyotini  jadallashtirishni  yanada 
izchil,  yanada  qat’iyat  bilan  talab  qiladi.  Ayni  chog‘da  ilmiy- 
texnika  rivojining  yutuqlarini  ishlab  chiqarishda  ro ‘yobga 
chiqarish  mexanizmini  takomillashtirish  hozirgi  bosqichda  fan- 
texnika  taraqqiyotini  jadallashtirishning  hal  qiluvchi  omili 
ekanligi  davlat siyosatining eng muhim  qoidasi hisoblanadi.
7.2. Fan-texnika  taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
Bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish  sharoitida  fan-texnika  taraqqi­
yotining uchta asosiy yo‘nalishidan  foydalanish mumkin:
a)  an’anaviy  yo‘nalish;
b) zamonaviy  yo‘nalish;
v) istiqbolli,  ustuvorlik yo‘nalishlar.
A n’anaviy  yo‘nalishga  elektrlashtirish,  mexanizatsiyalash, 
qisman  avtomatlashtirish,  kimyolash kiradi.
Zamonaviy  yo ‘nalishga  elektronizatsiyalash, 
kompleks 
mexanizatsiyalash,  kompleks  avtomatlashtirish  (robotlashtirish, 
kompyuterlashtirish),  atom  energetikasini  jadal  rivojlantirish, 
yangi  materiallarni  ishlab  chiqarish  va  ularga  ishlov  berish, 
hozirgi  davr  talabiga javob  beradigan  texnologiyalami  qo ‘llash,
119

undan 
foydalanishda 
texnologiyaning 
ekologiyaga 
salbiy 
ta’sirini  kamaytirish,  imkoni  boMsa  butunlay  yo'qotish  yo ‘Uari 
kiradi.
Afzallik, ustuvor yo ‘nalishlarga quyidagilar kiradi:

elektronizatsiyalash,  biotexnologiyani  keng  joriy  etish, 
iqtisodiy 
informatikani 
ko‘paytirib, 
rivojlantirib, 
ishlab 
chiqarishni  to ‘la  axborotlashtirish,  fundamental  fanlar  b o ‘yicha 
izlanishlarni  kuchaytirish;
- yangi,  ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;

texnika 
va 
texnologiya, 
elektr 
energiyasi 
va 
yoqilg‘ilarning,  xom  ashyo  va  materiallam ing  eng  yangi 
turlarini  yaratish;
-  mavjud  mashina  va  mexanizmlami.  asbob-uskuna  hamda 
jihozlam i  modemizatsiyalash.
Bozor  iqtisodiyotiga  kirib  borish  munosabati  bilan  ilm-fan 
sohasiga  turli  atam alar  va  tushunchalar  kirib  kelmoqda. 
Masalan,  «Nau-xau»,  innovatsiya,  lizing,  texnopolis,  venchur, 
injmering, tender,  nanotexnologiya va h.k.lar,
«Nou-xau»  -   bu,  texnik,  tashkiliy-iqtisodiy,  tijorat  bilimlari 
va  tajribaning  yig‘indisi  b o iib ,  almashish  predmeti  hisoblanadi. 
«Nou-xau»  tipidagi  axborot  (informatsiya)  raqobatli  ishlab 
chiqarishning,  savdoning  omili  sifatida  ro ‘y  benshi  mumkin. 
«Nou-xau»ning  eng  xarakterli,  tavsifiy  tomoni  -   bu,  texnik 
bilimlarning  yangiligida  va  aniq,  ishlab  chiqarish  va  tijorat 
vazifalarini 
bajarish 
uchun 
foydali ligi dadir. 
Uni 
amalga 
oshirishda shartnoma  tuziladi:  har xil  chizmalar,  loyihalar,  smeta 
(boiadigan  kirim-chiqim  hisobi),  texkartalar,  metodikalar  (biror 
narsaga  o ‘rgatish  usullari),  formulalar  (shartli  belgilar  bilan 
ifodalangan  matematik  miqdorlar),  texnik  m a’lumotlar  va  h.k. 
tanishtiriladi.  Eksporter  bu  m a’lumotlarni  yetkazib  beradi, 
importer esa qabul  qilib  oladi.
“Innovatsiya" 
-  
atamasi 
“yangilik 
kiritish” 
yoki 
“yangiliklar”  tushunchalarining  sinonimidir.  Yangilikni  joriy 
etish: 
birinchidan, 
texnika 
va 
texnologiya 
avlodlarini
120

almashtirishni 
ta ’minlash 
uchun 
iqtisodiyotga 
sarflangan 
m ab lag lar  b o ‘lsa;  ikkinchidan  esa,  ilmiy-texnika  yutuqlari  va 
ilg‘or  tajribasiga  asoslangan  yangi  texnika  va  texnologiyalar. 
Ixtirochilikning  rivojlanishi,  biror  yobnalishdagi  yirik  ixtiro  va 
kashfiyotlar  maydonga  kelishi  innovatsiyaning  muhim  omillari 
hisoblanadi.
Lizing  -   mashina,  asbob-uskuna,  transport  vositalari,  ishlab 
chiqarish inshootlarini  uzoq muddatli  ijaraga olish;  uzoq muddat 
foydalaniladigan  tovariar  eksportini  kreditlash  shakllaridan  biri. 
Lizingning asosan moliyaviy va oddiy turi mavjud.
Moliyaviy lizing -  muayyan  muddatda  ijaraga  beruvchining 
kapital  xarajatlarini  to‘liq  qoplashga  yetarli  to ‘lovlardan  iborat 
bo ‘lib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi.
Oddiy  lizing  -   ijara  davrida  ijaraga  olingan  mulk  qisman 
am о rti/ats i у a! an ad i.  Lizing  kompaniyasi  asbob-uskunalar  sotib 
olib,  ularni  ijarachi  firmaga,  odatda,  bir  yildan  10-15  yilgacha 
ijaraga  beradi. 
Lizingda  ijarachining  shartnoma  muddati 
tugagandan  so ‘ng  asbob-uskunalarni  qoldiq  qiymati  b o ‘yicha 
sotib  olish  (bu holda  egalik huquqi  yangi  sohibga  o ‘tadi);  yangi 
kelishuv  asosida  shartnoma  muddatini  cho‘zish;  moddiy 
boyliklami  lizing  kompaniyalariga  qaytarish  va  boshqalar 
k o ‘zda  tutilishi  mumkin.  Tomonlar  lizing  shartnomasida 
k o ‘rsatilgan  davr  mobaynida  uni  buzishga  haqi  yo'q.  Lizing 
kompaniyalari  mashina  va  uskunalar  sotib  olish  uchun  shaxsiy 
va  qarzga  olingan  mablag'lardan  foydalanadilar.  Davlat,  odatda, 
ularga qarz olishlari  uchun  imtiyozli  sharoitlar yaratib beradi.
Venchur -  kichik biznesning bir turi.  Uning  mohiyati  ilmiy- 
muhandislik 
ishlari, 
yangi 
texnika, 
texnologiya, 
tovar 
namunalarini  yaratish,  ishlab  chiqarishni  boshqarish,  tijorat 
ishini  tashkil  qilish  usullarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotga joriy 
etish,  yirik  firmalar  va  davlat  ijara  kontrakti  buyurtmalarini 
bajarishdan  iborat.  Bu  ishlar  bilan  «Venchur  korxonalar»i 
shug‘ullanadi.  Ular  tarkibida  tijoratda  vositachi  b o ‘lgan  kor­
xonalar  ham  b o ‘Iadi.  Venchur  korxonalar  tcxnikaning  yangi
121

yo‘nalishlarida  ish  ko ‘rib,  fan-texnika  taraqqiyotiga  katta  hissa 
qo ‘shadilar. 
Ular 
venchur 
moliyalashtirishda 
ham 
faol 
qatnashadilar va moliyaviy m ablag1 to ‘plab,  uni  ishga soladilar.
Injiniring  (ixtirochilik),  muhandislik  maslahat  xizmatlari  -  
tijoratehilik  qoidalariga  asoslangan  holda  ishlab  chiqarishni 
tashkil  etishni  ta ’minlash,  mahsulot  sotishni  uyushtirish,  ishlab 
chiqarish  obyektlarini  qurib,  ishga  tushirish  yuzasidan  maslahat 
berish.  Bu  ish  bilan  maxsus  ixtisoslashgan  injiniring  firmalari 
shug‘ullanadi,  ular  mustaqil  firma  sifatida  bir  vaqtning  o ‘zida 
bir  necha  mijozlarga  xizmat  qiladi.  Eksport  injininng  firmalari 
boshqa  mamlakatlarga  xizmat  ko‘rsatadi.  Ular  chet  eldagi  ilmiy 
g ‘oyalar va texnik  ishlanmalar bozorida  litsenziya  sotadi,  texnik 
yangiliklami  xorijda  joriy  etadi.  Injiniring  kompaniyalari 
daromadi  k o ‘rsatilgan  injiniring  xizmatiga  bog‘liq  bo‘ladi. 
Xalqaro  injiniring  xizmati  ishning  texnik-tashkiliy  va  tijorat 
tomonlari  ko‘rsatilgan  kontrakt  shaklida  rasmiylashtiriladi. 
Injiniring  mohiyati  pullik,  muayyan  xizmatlarga  buyurtmaning 
bir  ko ‘rinishidir.  Injiniring  xizmatlari  bozori  -   xalqaro 
bozoming  bir  turi,  injiniring  xizmatlarining  davlatlararo  oldi- 
sotdi  qilinishidir.
Tenderlar  -   bozorda  yoki  xalqaro  bozorda  mashina  va 
uskunalami  xarid  etish,  qurilish-montaj  ishlarini  bajarish,  in- 
jinering  xizmati  ko ‘rsatish  uchun  tanlov  asosida  buyurtma  be­
rish.  Xaridor  yoki  buyurtmachi  eng  avval  konkurs  e ’lon  qilib, 
hammani  o ‘z  shartlari  bilan  tanishtiradi.  Shunga  asosan 
konkursda  ishtirok  etuvchi 
firmalar,  konsortiumlar  yoki 
korxonalar  o ‘z  takliflarini  -  tenderlarini  xaridor,  buyurtmachiga 
yuboradi.  Tendemi injiniring firmalari  hujjatlashtiradi.
Fan-texnika 
taraqqiyotining 
muhim 
an’anaviy 
yo‘nalishlaridan 
biri 
ishlab 
chiqarishni 
elektrlashtirishdir. 
Elektr'lashtirish  deganda  elektr  energiyasini  yetarli  darajada 
ishlab  chiqarish,  uni  kcrakli  joylarga  uzatish  va  undan  keng 
foydalanish  jarayoni  tushuniladi. 
Uning  moddiy 
asosini 
elektroenergetika  tarm og‘i  tashkil  etadi.  U  elektr  cnergiyasi
122

ishlab  chiqaradigan  jihozlam i  (elektrostansiyalami),  iste’mol- 
chilarga  uni  yetkazib  beruvchi  jihozlam i  (podstanstiyalami)  va 
elektr uzatkichlami  o ‘z ichiga oladi.
Elektr energiyasi  har turli  stansiyalarda ishlab chiqariladi:
• 
suv bilan  ishlaydigan  elektr stansiyalar (GESlar);
• 
issiqlik  elektrostansiyalari  (GRESlar);
• 
atom  elektrostansiyalari;
• 
quyosh  elektroslantiyalari;
• 
shamol  va boshqa elektrostansiyalar.
Ekspertlaming  dalolat  berishlaricha,  keyingi  yuz  yillikning
o ‘rtalarida  sayyoramizda  energiya  ishlab  chiqarish  hozirgi 
darajadan  o ‘n  baravar  ortadi.  Bunday  o ‘sishni  qayta  tiklanmay- 
digan  organik yoqilg‘i  yordamida ta’minlash  mumkin  emas.  Shu 
sababli 
energetika 
muammosi 
eng  jiddiy  jahonshum ul 
muammolardan biriga aylamnoqda.
Hozirgi 
vaqtda, 
jahon 
energetikasi 
asosan 
organik 
yoqilg‘idan  foydalanishga  asoslanadi.  Umuman,  energetika 
balansida  neft  va  gazning  ulushi  taxminan  50  foizni,  k o ‘mir  35 
foizni  tashkil  etadi  va  atigi  15  foizi  atom  elektrostansiyalari, 
gidroenergetika  va  boshqa  manbalar  ulushiga  to ‘g ‘ri  keladi. 
Biroq  insonning  energetika  iste’moli  shu  qadar  tez  sur’atda 
o ‘smoqdaki, 
organik 
yoqilg‘i 
kabi 
an’anaviy  energetika 
resurslarining  zaxiralari  navbatdagi  yuz  yillikdayoq  yetarli 
b o ‘lmay  qoladi.  Shu  sababli  insoniyat  oldida  yangi  energiya 
manbalarini  egallashdek  dolzarb  vazifa  turibdi.  Hozirgi  paytda 
quyosh,  atom  (og‘ir  elementlaming  bo‘linishi)  va  yadro 
energetikasi  (yengil  yadrolam i  termoyadroviy  sintez  qilish)  ana 
shunday manbalar hisoblanadi.
Yer  sathiga  yetib  keladigan  quyosh  energiyasining  umumiy 
miqdori  insoniyat  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  batamom 
yetarlidir. Buning yana bir afzalligi,  ancha arzonga tushadi.
Olimlaming  hisoblariga  qaraganda,  XXI  asrning  o ‘rtalariga 
borib,  butun  dunyoda  jon  boshiga  elektr  iste’mol  qilish  3-4 
barobar  ortadi.  Buni  qanday  ta ’minlash  mumkin?  Organik
123

yoqilg'ini  ishlab  chiqarishni  kamaytirish  kerakmi  yoki  yo‘qmi? 
Albatta,  bu  savolga javob  topish  kerak.  Bu  muammoni  hal  etish 
ohmlar va mutaxassislar oldiga katta vazifalar qo ‘yadi.
Atom  energetikasining  afzalliklari  va  kasofati  to ‘g ‘risida 
ikki  og'iz  so‘z:  AESlarning  yemirilishi juda  murakkab  vaziyatni 
keltirib  chiqaradi.  Avariya  paytida  radioaktiv  moddalar  ajralib 
chiqa  boshlashi  katta  hududning  radiaktiv  zararlanishiga  olib 
kelishi  mumkin.  Shunday  qilib,  AESlarni  barpo  etish  xavfsizlik 
bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  prinsipial  yangi  omilni  keltirib  chiqaradi. 
Bu 
omil  naqadar  jiddiy  ekanligini 
esa  Chem obil’ 
va 
Yaponivaning 
“Fukusima" 
AESlaridagi 
avariya 
yaqqol 
k o ‘rsatdi.
0 ‘zbekistonda  ishlab  chiqarishni  elektrlashtirish  borasida 
juda  katta  ishlar  amalga  oshirilishi  tufayli  yildan-yilga  elektr 
energiyasi  ishlab  chiqarish  ko'paymoqda.  Agar  2000-yilda  46 
mlrd.  kVt  soat  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarilgan bo4sa,  2012- 
yilda  53  mlrd.  kVt/  soatga  yaqin  elektr  energiyasi  ishlab 
chiqarildi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling