T o s h k e n t d a V la t p e d a g o g I k a uni versi teti o. S h. Ism ailo V tu rizm biznesi va m en ejm en ti


Download 34.35 Kb.

bet1/24
Sana04.04.2018
Hajmi34.35 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

O  Z B E K I S T O N   RE SP U B LI K A S I  
O L I Y   V A   0 ‘R T A  M A X S U S   T A ’L I M   V A Z I R L I G I
N I Z O M 1 Y   N O M I D A G I  
T O S H K E N T   D A V LA T   P E D A G O G I K A   UNI VERSI TETI
O.S H .ISM AILO V
TU RIZM   BIZNESI  VA  M EN EJM EN TI
o ’quv  qo’llanma
T O S H K E N T   - 2 0 1 1

Ismailov  Omilxon  Shukurillayevieh:  “Turizm  biznesi  va  menejmenti”  bakalavrlar
uchun o ’quv qo’llanma
Annotatsiya:
Turizm  biznesi  va  menejmenti  o‘quv  qoilanm asida  turizm  sohasining  asosiy 
kategoriyalari  va  tushuncalari, jahon  tajribasi  hamda turizmning  ribojlanishidagi  muhim 
omillar  yoritiladi. 
Shuningdek,  mamlakatimizda  turizm  sohasining  rivojlantirish 
bosqichlari,  bu  borada  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar,  yurtimizdagi  turistik  nuqtai 
nazardan  qiziqish  uyg‘otadigan  tarixiy-madaniy,  tabiiy  va  b.  ob’yektlarga  alohida 
e ’tibor qaratiladi.
QoMlanmada 
ekologiya  va  turizm,  milliy  park  va  rezervatsiyalar,  turistik 
sayohatlar  xavfsizligini  ta ’minlash,  turistik  sug‘urta,  turistik  hujjatlarni  rasmiylashtirish 
kabi masalalar ham o ‘z aksini topgan.
Аннотация:
В 
настоящем 
учебном 
пособии 
по 
«Туристическому 
бизнесу 
и 
менеджменту»  освещаются  основные  категории  и  понятия  туристической 
отрасли,  мировой  опыт  и  основные  факторы,  оказывающие  влияние  на  развитие 
данной  отрасли.  Уделяется 
особое  внимание  этапам  развития  туризма  в 
республике,  мерам  по  совершенствованию  данной  сферы,  историко-культурныи, 
природные  и др.  объектам,  вызывающим  особый интерес у туристов.
В  пособии  находят  свое  отражение  вопросы  экологии 
и  туризма, 
национальных  парков  и  резерваций,  обеспечения  безопасности  туристических 
путешествий, 
туристического 
страхования, 
оформления 
туристической 
документации  и др.
Bosh  muharrir: 
Pedagogika  fanlari  doktori,  professor  U.I.Inoyatov
Taqrizchilar: 
Iqtisod  fanlari  doktori,  professor F.X.Nazarova
Iqtisod  fanlari  nomzodi,  dotsent G.A.Xamdamova 
Toshkent turizm  kolleji  direktor  o’rinbosari  A.AIlaberganov 
Iqtisod  fanlari  nomzodi  Sh.A.Toirov
Ushbu  o ’quv  qo‘llanma  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika 
universiteti  Ilmiy  kengashi  2011  yil 
22  sentabrdagi  2-sonli  qaroriga  asosan 
nashrga  tavsiya  qilingan.
G   N iz o m iy   n o m id ag i  T D P U

Kirish
MU ND A RI J A
5
1-boh.  Turizm  mohiyati,  uning  asosiy  ijtimoiy-iqtisodiy  kategoriyalari,
metodologiyasi
1.1.  Turizm  mohiyati,  ilmiy  nazariy tavsifi  va  tarixi........................................................ 7
1.2.  Turiznming rivoj lanishiga ta’sir ko'rsatadigan о miliar............................................8
1.3.  Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy turkumlanishini  tasnifi.........................................   14
1.4. Turizmning  ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati...................................................................21
2-bob.  O‘zbekiston  Respublikasida  yosh  sayohatchilar  faoliyatini  tashkil  etish 
va  boshqarish
2.1 .Respublika  yosh  sayohatchilar va o'lkashunoslar markazi  faoliyati....................25
2.2.  Yosh sayohatchilar  faoliyati va  mazkur faoliyat bilan
shug‘ullanadigan tash k ilo tlar......................................................................................... 30
2.3.  Yosh sayohatchilarning xorijiy tillarni  o 'rg a n ish i................................................ 32
3-bob.  Turizm  biznesini  tashkil  etish,  boshqarish  va  rivojlantirish  siyosati
3.1.  Turist turiznming sub’yekti sifatida......................................................................... 37
3.2.  Turizm industriyasi.....................................................................................................40
3.3.  Turizm faoliyati........................................................................................................... 44
3.4.  Turistik resurslar......................................................................................................... 50
3.5.  Turistik  siyosat............................................................................................................ 53
3.6.  Turizm tarmog‘i tashkilotlarida xodimlar faoliyati samaradorligini  oshirish....66
4-bob.  Turistik  mahsulotlar  va  ularni  iste’molchiga  yetkazib  berish jarayoni
4.1.  Turistik mahsulotlar tushunchasi............................................................................. 76
4.2.  Turistik  mahsulotni  loyihalashtirish........................................................................ 81
4.3.  Turistik mahsulotni  ilgari  surishda ko'rgazm a va yarmarkalarni tashkil
etish.......................................................................................................................................86
4.4.  Reklama turistik mahsulotni oldinga surishning asosiy omili  sifatida............ 92
4.5.  Xalqaro  turizmda  xizmatlarning o'ziga  xos  shakllari va tamoyillari............... 93
5-bob.  Turizm  infratuzilmasi va  lining iqtisodiy samaradorligi
5.1.  Turistik korxonaning  ofis bezagi  va jihozlanishi....................................................96
5.2.  Mehmonxonalar va  ularning tasnifi........................................................................ 100
5.3.  Mehmonxonada turistlarga xizmat ko'rsatishni  tashkil  etish  va boshqarish.... 112
5.4.  Turizm faoliyatida transport ta’minotining o'rni va  aham iyati......................... 117
5.5.  Turizm biznesida xavfsizlikni ta ’minlash va m e’yoriy hujjatlarni 
rasmiylashtirish jarayonlari..........................................................................................120
6-bob. Xalqaro  turizm  menejmenti va  uni  rivojlantirish yo'llari
6.1.Xalqaro turistik tashkilotlar va ularning  faoliyatini boshqarish......................124
6.2..Xalqaro  nodavlat tashkilotlari  va ularning  faoliyati........................................ 126
3

6.3. 
Hududiy 
turistik 
tashkilotlar 
va 
ularning 
faoliyati 
130
6.4.  Yoshlar xalqaro  turistik kasaba  tashkilotlari.....................................................131
7-bob.  O ‘zbekistonda  xalqaro turizmni  rivojlantirish  istiqbollari
7.1.  Xalqaro  turizm  industriyasini rivojlantirishda  davlatning roli....................... 134
7.2.“0 ‘zbekturizm” M K  faoliyati va uning turizmda  tutgan o 'rn i.....................137
7.3..O 'zbekiston Respublikasi “Orient  Voyaj”  XTA turistik faoliyati..................145
7.4.  0 ‘zbekiston  Respublikasining “Turizm to 'g 'risid a”  gi  Qonuni,
uning  maqsad va  vazifalari.....................................................................................149
7.5.  0 ‘zbekiston hududida joylashgan turistik resurslar tasnifi..............................155
Xulosa................................................................................................................................ 166
G lo ssa riy ..........................................................................................................................167
Foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘vxati..........................................................................178
4

K irish
XXI asr boshida  turizm sohasi, jahondagi barcha davlatlarning  ijtimoiy-  iqtisodiy 
yuksalishida,  ularning  davlat  siyosatini  olib  borishida  sezilarli  ta ’sir  ko'rsatadigan 
qudratli  omilga  aylandi.  Turizm  biznesi  investitsiya  qo‘yilmalarining  samaradorligi 
bo'yicha  neft-gaz  qazib  chiqarish  sanoati  va  avtomobilsozlik  bilan  qiyoslaganda 
jahondagi  eng ko'p  foyda keltiradigan biznes turlaridan  biri  hisoblanadi.
Turizm  tizimida  iqtisodiyot  va  madaniyat.  xavfsizlik  va  xalqaro  munosabatlar, 
ekologiya  va  aholining  bandligi,  mehmonxona  biznesi  va  transport  tashkilotlarining 
manfaatlari  uzviy  bog'lanib  ketgan.  Turizmning  rivojlanishi  davlat  uchun  ham,  alohida 
shaxs  uchun ham katta  ahamiyatga ega.
Turizmning  barqaror rivojlanishiga  bir qator shart-sharoitlarga  rioya  qilgan  holda 
erishish  mumkin.  Mutaxassislarning  yuqori  darajadagi  kasbiy  tayyorgarligi  ana 
shulardan  biri  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda ularni  o ‘qitish  uchun  zamon  talablariga javob 
beradigan  sohaga  tegishli  bo'lgan  o'quv-uslubiy  adabiyotlar  zarur.  Biroq,  chop  etilgan 
adabiyotlar  soni  ko‘p  bo'lishiga  qaramay,  turizm  biznesining  mazmun-mohiyatini, 
bevosita amaliyot  bilan chambarchas  bog'liq  holatlarini  aks  ettiradigan darsliklar,  o'quv 
adabiyotlari yetarli  emas.
Turizm  biznesini  tashkil  etish  bo'yicha  kasbiy  bilim  va  ko'nikm alar  oliy  o‘quv 
yurtlarida  turizm  industriyasi  uchun  iqtisodiy-boshqaruv  sohasi  mutaxassislarini 
tayyorlash asosini tashkil  etadi.
Shu  holat  muallifni  mazkur  o ‘quv  adabiyotini  tayyorlashga  undadi.  Ushbu  o'quv 
qo‘llanmada turizm biznesini  tashkil  etish  nazariyasi  va amaliyotining  asosiy qoidalarini 
yoritib berish bilan birgalikda,  sohaga oid  bo'lgan bilim va  ko'nikmalarni  hosil  qilishga 
ko'm ak  beradigan  amaliy  ma'lum otlar jamlangan.  Ko'rib  chiqilayotgan  masalalarning 
eng  muhim  jihatlari  chuqur  anglab  yetilishi  uchun  muammoning  nazariy  va  amaliy 
jihatlari  dalillarga  (m a’lumotlar,  amaliy  tavsiya  va  lug'atlar)  asoslangan  holda  ochib 
berilgan.
Mazkur  o'quv  qo'llanm a  talabalarning  bu  sohadagi  bilimlarini  mustahkamlash, 
turizm  mohiyatini,  turizmga  oid  atamalar,  turizm  biznesini  samarali  tashkil  etish 
usullarini  tushunishiga yordam berish  maqsadini ko'zlaydi.
Turizmni  tashkil  etishning  konseptual  qoidalarini  o'rganish  turizmning  umumiy 
va  maxsus  normativ-huquqiy bazasida  yuz berayotgan  o'zgarishlarning doimiy  ravishda 
hisobga  olinishini  nazarda  tutishi  lozim.  Uning  mazmun-mohiyati  talabalarning  o'quv 
va  mustaqil  ishlash  jarayonida  dolzarb  manbalardan  foydalangan  holda  batafsil 
o'zlashtirilishi  lozim.  Aynan  shuning  uchun  qonunchilik  va  normativ  hujjatlarda  turizm 
faoliyatini  rivojlantirishdagi  ustuvor masalalar ham darslikda  o 'z  ifodasini  topgan.
Ushbu  o'quv  qo'llanm a  turli  mutaxassisliklar  va  ixtisosliklar  doirasida  (Ijtimoiy- 
madaniy  servis  va  turizm,  Turizm,  Tashkilot  menejmenti,  Xalqaro  turizm  va 
menejment,  Iqtisodiyot  va  turizm, 
“Mehmonxona  xo'jaligi  va  boshqaruvi  kabilar) 
umumiy  turizm,  mehmonxona  va  restoran  biznesini  o'rganadigan  talabaiar  uchun 
moTjallangan.
Q o'llanm a  nafaqat  talabaiar,  balki  turizm  industriyasining  amaliy  xodimlari, 
shuningdek  oliy  o'quv  yurtidan  keyingi  ta ’lim  tizimida  ilmiy  tadqiqot  olib  borayotgan
5

yosh olimlar, tinglovchilar  uchun  ham  foydali bo'ladi,  degan  umiddamiz.
Q o'llanm ada  turizm  maqsadlariga,  ya’ni  sohani  tashkil  etish,  boshqarish 
masalalariga  alohida  ahamiyat  qaratilgan.  Unda  turizmning  tashkiliy  tuzilishi  va  asosiy 
kategoriyalarini,  turizm  klassifikatsiyalarini  ochib  berishga  e ’tibor  qaratilgan.  Ichki  va 
xalkaro  turizm,  rejali  va  xavaskor  turizm,  yakka  va  guruhli  turizm  kabi  tushunchalarni 
bilish bo‘lajak  mutaxassislarga  kerakli bilim va ko'nikm alar olishda  foydali  bo'ladi.
6

1-bob.  Turizm  mohiyati, uning  asosiy ijtimoiy-iqtisodiv  kategoriyalari, 
metodologiyasi 
1.1. 
Turizm  mohiyati, ilmiy  nazariy  tavsifi va  tarixi
O'zining  ko'p  asrlik  tarixi  mobaynida  bashariyat  savdoni  rivojlantirish,  yangi 
yerlarni  o'zlashtirish,  resurslarni  qidirib  topish  maqsadida  sayohatlar uyushtirib  kelgan. 
Turizm  insonlarning  qandav  maqsadni  ko'zlashidan  qat’i  nazar  makonda  ko'chib 
yurishidir.  Turizm sayohatlarning bir turi hisoblanadi.
Turizm  (fransuzcha  tourisme,  tour  -   sayr qilish,  sayohat)  bir tomondan,  nisbatan 
yosh  soha,  ya’ni  u  faqat  Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingina  ommalashdi,  ikkincln 
tomondan  esa,  u  chuqur tarixiy  ildizga  ega  boTgan  soha,  sayohatlar qadim zamonlardan 
buyon mavjud.
Turizmning rivojlanish  tarixida  bir necha  bocqich  farqlanadi.
B irinchi  bosqich 
(XIX 
asr  boshigacha). 
Antik  zamonlarda  sayohatlar 
uyushtirishdan  asosiy  maqsad  savdo-sotiq,  ta’lim  olish,  ziyorat  qilish,  davolanishdan 
iborat  edi.  Qadimiy  Yunonistonda  Olimpiada  o'yinlariga  barcha  mamlakatlardan  aholi 
to ‘plangan  vaqtda  sport  safarlari  paydo  bo'ldi.  Qadimiy  finikiylar  O 'rta  yer  dengizi 
bo'ylab  bugungi  Suriya  va  Livan  qirg‘oqlari  tomon  suzishgan  va  bu  bilan  o 'z  
mustamlakasini  ko'chirib,  savdo-sotiqni  rivojlantirishgan.
0 ‘rta  asrlarda  sayohatlarning  diniy  xususiyati  kuchaygan.  Millionlab  insonlar 
muqaddas joylarga:  musulmonlar  Makka,  xristianlar  Ierusalim  va  Rimni  ziyorat  qilgan. 
0 ‘rta  asrlar  cherkovlari  turli  mamlakatlarda  hukmronlik  qiluvchi  instansiya  va  yagona 
tan  olingan  hokimiyatga  aylandi.  Monastirlar  sayohatchilarni  ham  qabul  qilardi. 
Darveshlarni  qabul  qiluvehi  uylar  (mehmonxonalaming  bir  turi)  diniy  ordenlar 
tomonidan  saqlab turilardi.
Uyg'onish  va  M a’rifat  davrida  sayohatlarning  diniy  yo'nalganligi  zaiflashib, 
shaxsiy xususiyat  va ta ’lim yo'nalishi kuchaydi.  Yosh dvoryanlar ko'pincha kasbiy yoki 
siyosiy  faoliyatga  kirishishdan  avval  Yevropa  bo'ylab  “gran-tur”ga  jo ‘nab  ketishgan. 
Masalan,  Angliyada  bunday  sayohat  yo‘nalishi  Londondan  boshlanib,  Fransiyaga (uzoq 
vaqt  Parijda  bo‘lish  bilan  birga),  so‘ngra  Italiyaga  olib  borgan.  Ortga  qaytish  yo‘li  esa 
Shveytsariya,  Germaniya va Gollandiya  orqali  o‘tgan.
XIX  asr  boshigacha  sayohatlar  yagona  maqsad  bo‘lmay,  balki  o ‘z  maqsadiga 
(savdo-sotiq,  ziyorat,  dunyoqarashni  kengaytirish)  erishishning  zarur  sharti  va  vositasi 
b o ‘lib,  harakatlanish vositalarining qoloqligi bilan ajralib  turgan.
Ikkin ch i  bosqich  (XIX  asr boshlaridan  XX  asr  boshigacha)  transport  rivojidagi 
inqilobiy  o‘zgarishlar  bilan  tavsiflanadi.  Paroxod,  parovozning  kashf  etilishi, 
y o ‘llarning 
kengaytirilishi, 
sayohat 
xarajatlarining 
pasayishi 
bilan 
birga 
harakatlanishning  ishonchliligi  va  tezligi  oshdi.  Transportda  tashuvlar  sifati  va 
ishonchliligining  ortishi,  ularning  arzonlashuvi  va  ish  vaqtining  asta-sekin  qisqarishi 
sayohatchilar oqimini sezilarli darajada  oshirdi.  Vaqtinchalik kelib-ketuvchilarga xizmat 
ko'rsatish  uchun  ixtisoslashgan  dastlabki  korxonalar  ham  paydo  bo'la  boshladi. 
Ibodatxonalar,  monastirlar  va  diniy  missiyalardagi  kamtarona  “mehmonlar  uchun
7

xonalar”  o ‘rniga  m ehm onxonalar  paydo  bo‘ldi.  XIX  asr  o'rtalarida  dam  olish 
industriyasi  o 'z   faoliyal  sohasini  kengaytirdi.  Dastlabki  sayohat  byurolari  tashkil  etilib, 
ularning  vazifalari  turizm   safarlarini  tashkil  qilish  va  ularni  iste’molchiga  taqdim 
etishdan  iborat  bo'ldi.  1841 -yilda  ingliz  T.Kuk  tomonidan  tashkil  etilgan  dam  olish 
uchun  guruh  bo‘lib  amalga  oshirilgan  tur  bunga  klassik  misol  bo'ladi.  Xizmatlar 
majmui  temir  yo‘l  b o 'y lab   yigirma  millik  y o 'l  bosish,  poezdda  choy  va  bulochka, 
orkestrni  o 'z   ichiga  olgan  edi.  T.Kuk  (dastlab  Lesterda,  so'ngra  Londonda)  dastlabki 
sayohat  byurolarini  tashkil  etdi.  1854-yilda  K.Rizel  ushbu  byurolar  namunasi  bo'yicha 
Bcrlinda  dastlabki  nemis  sayohat byurosini  tashkil  etdi.  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida 
turizm  byurolari jahonning  ko'plab  mamlakatlarida  tashkil  etildi.  1862-yildan  boshlab, 
turizmga bo'lgan talabning kengayish jarayonini  o'zida  aks  ettirgan turizm safarlarining 
dastlabki kataloglari  paydo bo'ldi.
U chinchi  bosqich  (XX  asr  boshi  -   Ikkinchi  jahon  urushigacha)  -   ommaviy 
turizmning  boshlanishi.  Birinchi  jahon  urushi,  1930-yillardagi  iqtisodiy  qatag'on  va 
Ikkinchi  jahon  urushi  turizmning  rivojlanishiga  salbiy  ta ’sir  ko'rsatdi.  Shu  bilan  birga 
aynan  ikkita  jahon  urushi  o'rtasidagi  davrda  ommaviy  turizm  boshlanib,  uning  eng 
avjiga chiqqan davri urushdan keyingi  o 'n  yilliklarga  to 'g 'ri  keladi.
T o ‘rtinchi  bosqich  (Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  davr). 
Ikkinchi  jahon 
urushidan  keyin  turizm  haqiqatan  ham  ommaviy  xususiyat  kasb  etdi.  U  sanoati 
rivojlangan  mamlakatlar  aholisining  aksariyati  uchun  oddiy  ehtiyojga  aylanadi.  O 'z  
institutlari,  mahsuloti,  ishlab  chiqarish  sikli,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va 
boshqarish  usullariga  ega  bo'lgan  turizm  industriyasi  shakllanadi.  Mazkur  bosqich 
sayohat  qiluvchilar  sonining  jadal  o'sishi,  turizm  korxonalari  soni  va  ular  ishlab 
chiqarish  hajmining  oshishi,  turizm  infratuzilmasi  ob’yektlarining  ommaviy  tarzda 
qurilishi  bilan  tavsiflanadi.  Zamonaviy  turizmning  o'ziga  xos  xususiyati  keng  xalqaro 
almashuvdan  iborat  bo'ldi.  Bunda  bozordagi  talab  va  takliflarda  katta  o'zgarishlar  ro 'y  
berdi.
Turizm  shunchalik  uzoq  tarixga  ega  bo'lishiga  qaramay,  hanuzgacha  uning 
mohiyatini  ta’rillashda bir qator (ba’zan tafovutli)  ilmiy-amaliy fikrlar mavjud.
1.2. 
Turizm ning  rivojlanishiga  ta’sir  ko'rsatadigan  omillar
Turizm  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim,  unga  k o 'p   sonli  omillar  ta’sir  etib, 
ularning  roli  muayyan  vaqtda  ta ’sir  kuchiga,  uning  davomiyligiga  ko'ra  ham  turlicha 
b o'lishi  mumkin.  Shu  sababdan  turizm  faoliyatini  samarali  tashkil  etish  uchun  ulami 
hisobga olish zarur.  Turizm ga ta ’sir ko'rsatadigan omillar  ikkita  guruhga bo'linadi:
♦ 
tashqi (ekzogen);
• 
icliki  (endogen).
Tashqi  omillar.  Turizm ga  jam iyat  hayotida  yuz  berayotgan  o'zgarishlar  ta ’sir 
ko'rsatadi va turizm  tizim ining turli unsurlari uchun  turli ahamiyatga  ega boTadi.
Eng  muhim  tashqi  omillar  sirasiga  quyidagilar  kiradi:  tabiiy-geografik  omillar; 
m adaniy-tarixiy  omillar;  iqtisodiy  omillar;  ijtimoiy-madaniy  omillar;  demografik
8

omillar;  siyosiy-huquqiy omillar;  ilmiy-texnik  omillar;  ekologik  omillar.
Tabiiy-geografik  (dengizlar,  tog'lar,  o ‘rmonlar,  o'sim lik  va  hayvonot  olami. 
qulay  iqlim  va  h.k.)  va  mailaniy-tarixiy  (m e’moriy  yodgorliklar,  tarix  va  madaniyat) 
omillar  turizm  resurslarining  asosi  sifatida  turistlar  tomonidan  borib  kelish  uchun  u 
yoki  bu  mintaqaning tanlanishida muhim rol o'ynaydi.
Tabiiy  va  madaniy-tarixiy  resurslar  boyligi,  ulardan  foydalanish  imkoniyatlari  va 
qulayligi  turizmni  rivojlantirish  ko‘lamlariga,  sur’atlariga  va  yo'nalishlariga  katta  ta’sir 
ko'rsatadi.  Bunday  resurslar  ularga  boy  mamlakatlarga  ustunlik  beradi.  Ajoyib  tabiiy 
ob’ycktlar  (masalan,  Rossiyadagi  Baykal  k o ‘li,  Nepaldagi  Jamolungma  tog'i, 
AQSHdagi  Niagara  sharsharasi  va  Katta  Kanyon,  O 'rta  yer  dengizi  bo'yidagi 
mamlakatlarning  plyajlari  va  iqlimi,  O'zbekistoning  Chimyon,  Boysun,  Zomin  tabiiy 
zonalari  va  so'lim   go'shalari);  tarixiy  va  madaniy  yodgorliklar  (masalan,  Misrdagi 
fir’avnlar  piramidasi,  Yunonsitondagi  Akropol,  Italiyadagi  Kolizey,  Hindistondagi  Toj 
Mahal,  O'zbekistondagi  Samarqand,  Toshkent,  Buxoro,  Xiva  kabi  bebaho  tarixiy 
shaharlar  va  h.k.);  ayrim  mamlakatlar  muzeylarida  to'plangan  san’at  asarlari  (masalan, 
Fransiyada  Luvr,  Rossiyada  Ermitaj  va  h.k.),  bir  tomondan,  umumbashariy  boylik 
hisoblanadi,  ikkinchi  tomondan  esa,  u  xorijiy  turistlarni  yoki  bu  davlatga  kelishga 
undovchi  omil  sanaladi.  Boz  ustiga,  davlatning tabiiy-iqlim  resurslari  va  uning  diqqatga 
sazovor joylari  faqatgina turizm yordamida  umumiy ne’matga  aylanadi.
Mamlakatda  turizmni  rivojlantirish  uchun  uning  asosiy  tranzit  yo'llarga, 
turistlarni  yetkazib  beradigan  mamlakatlarga  nisbatan  geografik  joylashuvi,  kurrai 
zaminning “qaynoq nuqtalaridan”  uzoqda joylashganligi  ham  muhim  rol  o'ynaydi.
Tabiiy-geografik  va  madaniy-tarixiy  omillar  turizmni  rivojlantirish uchun  sharoit 
yaratadi  va  ular  o'zgarmas  xususiyatga  ega.  Inson  ularni  faqat  o'zining  ehtiyojlariga 
moslashtirishi  va  turizm  maqsadlarida  foydalanish  uchun  qulay  holatga  keltirishi 
mumkin.
Iqtisodiy  omillarning  ta ’siri  turizm  va  iqtisodiyotni  rivojlantirish  tendensiyalari 
o'rtasida  uzviy  o'zaro  bog'liqlikning  mavjudligida  kuzatiladi.  Mamlakatning  iqtisodiy 
rivojlanishi,  milliy  daromadning  hajmi  va  fuqarolarining  moddiy  farovonligi  o'rtasida 
to 'g 'rid an -to 'g 'ri bog'liqlik mavjud.
Nafaqat  aholining  daromadlari  (m a’lumki,  fuqarolarda  moliyaviy  m ablag'lar 
qanchalik  ko'p  bo'Isa,  turizm  faolligi  shunchalik  yuqori  bo'ladi),  balki  turizmning 
moddiy-texnik bazasi  va  infratuzilmasini  rivojlantirish darajasi ham davlatning  iqtisodiy 
holatiga bog'liq.
Iqtisodiy  omillar jum lasiga  yana  quyidagilar  kiradi:  inflyatsiya,  foiz  stavkalari, 
valyuta  ayirboshlash  real  kurslarining  o'zgarib  turishi.  Ayirboshlash  kurslarining 
o'zgarishi  kuchli  va  kuchsiz  valyutaga  ega  bo'lgan  mamlakatlar  o'rtasidagi  turizm 
oqimlarining hajmiga  katta  ta ’sir ko'rsatadi.  Shu  narsa  qayd  etilganki,  chet elga  chiqish 
nisbiy  qiymatining  5  foizga  o'sishi  chet  elga  uyushtiriladigan  sayyohatlarga  bo'lgan 
talabning  6-11  foizga  pasayishiga  olib  keladi.  Shu  nuqtai  nazardan  2002-yil  1- 
yanvardan  boshlab,  ycvro  aylanmasi  Yevropa  mamlakatlari  bo'ylab  sayohatlarni 
soddalashtirdi  va  valyutalarni ayirboshlash  bilan  bog'liq turizm  xarajatlarini  qisqartirdi.
Shuningdek,  turizmning rivojlanishiga daromad  darajasi,  hayot kechiristeqiymati.
9

aholi  jam g'arm alarining  mavjudligi  va  kreditlash  imkoniyatlari  kabi  iqtisodiy 
ko'rsatkichlar ham katta  ta ’sir ko'rsatadi.
Daromad  darajasining  turistlarga  nisbatan  moyillikka  ta ’sirining  tahlili  bir  necha 
tendensiyalarni  aniqlash  imkonini  berdi:  birinc-hidan,  insonlar  faqat  daromadning 
muayyan  darajasida  sayohat  qilishni  boshlaydilar;  ikkinchidan,  daromadning  o‘sishiga 
qarab  safar  uyusht iris lining  nisbiy  xarajatlari  kamayadi:  uzoqroq  mamlakatlar  va 
mintaqalarga  sayohatlar  narxlarning  nisbatan  ancha  yuqori  darajasida  amalga oshiriladi; 
uchinchidan,  daromadlarning  shunday  darajasi  mavjudki,  uning  oshirilishi  sayohat 
xarajatlarining oshishiga  olib  kelmaydi.
Daromadlarni  aholining  turli  guruhlari  o'rtasida  taqsimlash  tarkibi  ham 
turizmning rivoj lan is hi da  muhim  rol  o'ynaydi.  Bunday taqsimlashning notengligi  odatiy 
hoi.  Shuning  uchun  bozorning  muayyan  segmentiga  xizmat  ko'rsatish  uchun  turizm 
korxonasi  o 'z  mijozlarining  moddiy  ahvolidan  kclib  chiqishi  lozim.  Bundan  tashqari, 
iste’molchilar  xarajatlarining  tarkibini  ham  tadqiq  etish  zarur.  Bu  aholining  har  bir 
guruhi  xarajatlarining  qaysi  ulushi  xizmatlar  iste’moliga  to 'g 'ri  kelishini  taxminan 
aniqlash  imkonni  beradi.  Jahonda  aholi  iste’molining  umumiy  tarkibida  turizm 
xizmatlari  ulushi  oshishining  barqaror  tendensiyasi  kuzatilmoqda.  Turli  mamlakatlar 
bo'yicha  o'rtacha  m a’lumotlar  shundan  dalolat  beradiki,  oila  xarajatlarining  umumiy 
tarkibida  sayohat  xarajatlari taxminan  12-19  foizni  tashkil  qiladi.
Turizmning  rivojlanishi  ko'p jihatdan  ijtimoiy-niadaiuy  omillar  ta’siri  bilan  ham 
belgilanadi.  Ular  alohida  shaxsning  iste’mol  darajasiga  ham,  umuman,  jam iyat 
iste’molining tarkibiga  ham  ta’sir ko'rsatadi.
Madaniyat  -   jam iyatni  tashkil  etish  va  rivojlantirish  bilan  bog'liq  ijod 
mahsulotlarida,  m a’naviy  qadriyatlarda,  insonlarning  tabiatga,  atrofidagilar  va  o 'z - 
o'ziga  munosabatlarining  yig'indisida  o 'z   ifodasini  topadigan  o'ziga  xos  usuli. 
Madaniyat  iste’molchiga  uning  shaxsiy  xatti-harakati  va  turli  ijtimoiy  institutlarga 
(oilaga,  ommaviy  axborot  vositalariga,  ta’lim  tizimiga)  ta’siri  chegaralarini  aniqlash 
yo'li  bilan ta ’sir  ko'rsatadi.  Madaniy  muhit jamiyatda  yuzaga  keladigan xatarga  bo'lgan 
munosabat,  shaxsiy  erkinlik,  muvaffaqiyatni  ketidan  quvish  kabi  asosiy  qadriyatlarga 
katta  ta’sir  ko'rsatadi.  Fransuz  olimi  A.Mol  madaniyatni  xatto  “ehtiyoj larni  hosil  qilish 
mexanizmi”  deb  ham  atagan. 
Madaniyat  sohasida  yuz  berayotgan  jarayonlar  inson 
istaklarining  eng  chuqur  sababidir.  Uning  xatti-harakati  ko'p jihatdan  orttirilgan,  ya’ni 
madaniyat bilan belgilanadi.
Madaniyat  jam iyatning  qadriyatlarini  belgilab  bcrishi,  madaniy  normalar  esa 
insonlar  xatti-harakatiga  ta’siri  tufayli  turizmni  tashkil  etish  uchun  ham  muhim. 
Masalan,  turistlarning  aksariyat qismiga  xos bo'lgan  sog'lom   turmush  tarzi  tendensiyasi 
mehmonxonalarda  basseynlar  va  trenajer  zallarining  paydo  bo'lishiga  olib  keldi. 
K o'plab  mamlakatlarda  jam iyatning  ayrim  odatlarga  (masalan,  chekish  va  alkogol 
ichimliklarni  iste’mol  qilishga)  bo'lgan  munosabati  tubdan  o'zgardi.  Natijada, 
mehmonxonalar  va  ovqatlanish  korxonalari  (restoranlar,  barlar)  faqat  chekmaydigan 
mijozlarga  xizmat  ko'rsatishga  o'tmoqda.  Insonlarning  yyengil  va  sog'lom   ovqatni 
iste’mol  qilishga  intilishi  restoranlar menyusining o'zgarishiga  olib  keldi.
Turli  xalqlar  va  mintaqalar  madaniyatining  o'ziga  xos  xususiyatlarini  bilishga
10

intilishi  insonlarni  sayohat  qilishga  undaydi.  Bu  esa  turizm  industriya  korxonalari 
uchun  keng  istiqbollarni  ochib  beradi.  Masalan,  mil 1 iy  mahsulotlar,  taomlar  va 
ichimliklar  u  yoki  bu  mamlakat  madaniyatini  yaqqol  aks  ettiradi.  Shuning  uchun 
ko'plab  restoranlar  turistlarga  mi 11 iy  oshxona  taomlaridan  iborat  menyuni  taklif ethadi, 
ularning  xodimlari  esa  u  yoki  bu  taomni  tayyorlash  sirlari  haqida  hikoya  qilishadi. 
Mehmonxonalar 
mehmonlarga  o 'z  
mamlakatining 
madaniyati  bilan 
tanishish 
imkoniyatini  bergani  holda  mahalliy  musavvirlar  va  haykaltaroshlarning  ijodidan 
foydalanadi.  Mehmonxonalar  xollarida  san’at  buyumlarining  ko'rgazm a-savdosi  ham 
o'tkaziladi.  Mehmonlarga  xalq  musiqasi  va  folklor  raqslarning  turli  dasturlari  taklif 
etiladi.
Shunday  qilib,  madaniy о miliar  nafaqat iste’molchilarning xatti-harakatiga,  balki, 
umuman,  turizmning rivojlanishiga  katta  ta’sir ko'rsatadi.
Turizmni  rivojlantirishning  ijtimoiy  omillari  ichida,  birinchi  navbatda,  bo'sh 
vaqtning  davomiyligi  oshishini  ta’kidlash  mumkin,  bu  aholi  turmush  darajasining 
oshishi  bilan  uyg'unlikda  yangi  turistlar  oqimini  ta’minlaydi.  Har  yillik  ta’til  vaqtining 
uzaytirilishi  zamonaviy  ilmiy-texnik  inqilob  bilan  bog'liq  bo'lib,  bunday sharoitda aqliy 
mehnatning  ahamiyati  ortadi,  ishlab  chiqarish  va  turmush  kechirish  keskinligi 
kuchayadi.  Bularning  barchasi  insonlarning  jismoniy  va  ruhiy  toliqishiga  olib  keladi. 
Turizm ko 'p  jihatdan ishc-hanlik qobiliyatining tiklanishiga yordam beradi.
Shunday  qilib,  ijtimoiy-madaniy  omillar  ta’siri  ostida  qiziqishlarga  ko'ra 
ixtisoslashgan  turizm  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Turizm  korxonalari  o'z  mahsulotini 
turistlaming 
muayyan 
maqsadli 
guruhlariga 
yo'naltirishlari 
lozim. 
Turistlar 
ehtiyojlarining murakkablashuvi turizmning yanada tabaqalanishiga olib keladi.
Turizmning  rivojlanishiga  aholi  soniga,  uning  alohida  mamlakatlar  va  mintaqalar 
bo'yicha  joylashuviga,  jins-yosh  tarkibiga  (mehnatga  layoqatli  aholi,  o'quvchilar  va 
pensionerlami  ajratgan  holda),  oilaviy  holati  va  oila  tarkibi  kabilardan  iborat 
dem ografik  omillar  ham  katta  ta ’sir  ko'rsatadi.  Umuman  jahonda  va  uning  alohida 
mintaqalarida  aholi  sonining  o'sishi  turistlar  sonining  o'sishiga  to 'g 'rid an -to 'g 'ri  ta ’sir 
etadi.  Statistik  m a’lumotlar  shundan  dalolat  berib  turibdiki,  masalan,  aholi  zich 
joylashgan  Yevropa  mamlakatlaridan  turistlar  oqimlari  boshqa  mintaqalarga  qaraganda 
ko'pchilikni  tashkil  qiladi.  Bundan  tashqari,  yoshi, jinsi  va  oilaviy  ahvoliga  qarab  ham 
turistlar  oqimining  o'zgarishi  tendensiyasi  yaqqol  ko'zga  tashlanadi.  Masalan, 
turizmning  faol  shakllariga  insonlar  18-30  yoshida  ko'proq  moyillik  bildiradi.  Biroq 
umumiy  turizmga  moyillik  30-50  yoshda  eng  avjiga  chiqadi.  Tadqiqotlar  shuni 
ko'rsatmoqdaki,  uylanmagan  (turmush  qurmagan)  insonlar  oilali  kishilarga  qaraganda 
ancha  harakatchan,  shuningdek  ayollar  erkaklarga  qaraganda  turizmka  ko'proq  qiziqish 
bildiradi.  Sayohatchilar  ichida  ayollar  sonining  ortib  borayotganligi  ham  ana  shundan 
dalolat  berib  turibdi.  Ekspertlarning  flkriga  ko'ra,  XXI  asrda  mehmonxonalar, 
restoranlar,  turizm  korxonalari  foydasining  katta  qismi  iste’molchilarning  aynan  ushbu 
toifasi  hisobidan  shakllanadi.  Masalan,  AQSHda  ishbilarmonlik  turizmining  30  foiziga 
yaqini  sayohatchi  ayollar zimmasiga  to 'g 'ri  keladi.
Keksa  yoshdagi  insonlar turizmi  ham jadal  sur’atlar bilan  o'smoqda.  Yevropaning 
12  ta  mamlakatida  o'tkazilgan  tadqiqotlar  ko'rsatmoqdaki,  2020-yilga  kelib  ular
11

aholisining  25  foizidan  ko'pini  60  yoshdan  oshgan  insonlar  tashkil  qiladi.  AQSHda 
turistlar  umumiy  sonining  28  foizi  katta  yoshdagi  aholi  zimmasiga  to 'g 'ri  keladi. 
Yevropaga  sayohat  uyushtiradigan  kanadaliklarning  22  foizga  yaqinini  55  va  undan 
katta yoshdagi  turistlar tashkil  qiladi.
Demografik  o ‘zgarishlar  oilalar  tarkibiga  ham  taalluqli.  Yolg‘iz  kishilar  va 
farzandsiz juftliklar  soni  oshib  bormoqda.  Ayrim  yirik  shaharlarda  “yolg'izlar”  barcha 
aholining  yarmini  tashkil  qiladi.  Bunday  xildagi  iste’molchilar  moddiy  jihatdan 
mustaqilligi,  m a’lumot darajasining yuqoriligi bilan ajralib  turadi  va qulaylik  darajasiga, 
turmush  sifatiga  yuqori  talablami  qo‘yadi.  Ularga  turistlarning  istiqbolli  maqsadli 
guruhi  sifatida  qaraladi.  Xorijiy  mutaxassislar  tomonidan  o ‘tkazilgan  tadqiqotlar 
natijalari  ana  shundan  dalolat  berib  turibdi.  Aniqlanisicha,  bunday  mijozlar  sayohatlar, 
dam   olish,  k o ‘ngil  ochish  va  uydan  tashqarida  ovqatlanish  uchun  katta  miqdordagi 
m ablag‘larni  sarflashadi.  Amerika  restoranlar  uyushmasining  m a’lumotlariga  k o ‘ra, 
yolg‘iz  mijozlar  o ‘zining  oylik  byudjetining  yarmidan  ko'pini  restoranlarda  bo'lish 
uchun  sarflaydi,  oilali  insonlarda  esa  ushbu  ko‘rsatkich  k o 'p i  bilan  37  foizni  tashkil 
qiladi.  Yolg‘iz  insonlar  sonining  oshib  borishi  tendensiyasini  hisobga  olgan  holda 
jahonga  mashhur  O 'rta  yer dengizi klubi  atayin ular uchun Gretsiya,  Ispaniya,  Italiya  va 
Tunisda  beshta turizm  qishloqchasini  tashkil qildi.
Turizmning  rivojlanishiga  siyosiy-huquqiy  omillar:  jahondagi  va  alohida 
m amlakatlardagi  siyosiy  vaziyat,  chegaralarni  ochish  siyosati,  turizm  sohasida 
m a’muriy  nazoratning  yumshatilishi,  soliq  va  pul  siyosatining  unifikatsiya  qilinishi 
katta ta’sir ko'rsatadi.
Turizm  faollgi  jahondagi  va  alohida  mamlakatlardagi  siyosiy  vaziyatga  bevosita 
bog'liq.  M am lakatdagi  barqaror  siyosiy  vaziyat,  odatda,  turizmning  rivojlanishiga 
xizm at  qiladi  va aksincha,  keskin  vaziyat  uning  o'sish  sur’atlari  past  bo'lishiga  va  xatto 
tugatilishga olib  keladi.
Turizmga harbiy  harakatlar,  terrorizm  va ekstremizm jiddiy tahdid soladi.
Texnik  taraqqiyot  bilan  bog'liq  ilm iy-texnik  om illar  turizmning  rivojlanishiga 
ta ’sir  etish  bilan  birga  yangi  turdagi  xizmatlar  ko'rsatish  va  mijozlarga  xizmat 
ko'rsatishni  takomillashtirishga  keng  imkoniyatlar  ochadi.  Masalan,  transportning 
tubdan  texnik  rekonstruksiya  qilinishi  k o 'p   sonli  turistlarni  tashish  uchun  qulay  sharoit 
yaratish  imkonini  berdi.  Turistlarni  uzoq  masofaga  tashish  uchun qulay  va tez transport 
vositasi,  birinchi galda,  aviatsiya turizmning rivojlanishiga  xizmat qildi.
Turizm  industriyaga  zamonaviy  axborot  texnologiyalarining  joriy  etilishini 
alohida  ta’kidlash  lozim,  busiz  hozirgi  vaqtda  har  qanday  sayohatni  tashkil  etish  qiyin. 
Boshqaru  kom pyuter  texnologiyalari,  bron  qilish  global  tizimlari  turizm  mahsuloti 
ishlab  chiqarish  va  uni  taqsimlashni  integratsiyalash  imkonini  beradi.  Turizm  sohasida 
Internet  nafaqat  axborot  uzalish  funksiyasini  bajaradi,  balki  avvalgi  tizimlardan  farq 
qiladigan yangi  sotish tizimini  shakllantiradi.
E kologik  om illar  turizmga  bevosita  ta’sir  ko'rsatadi,  chunki  atrof muhit  turizm 
faoliyati  asosi  hisoblanadi.
Turizmning  atro f muhit  bilan  o'zaro bog' liqligi  asosan quyidagi  fikrlarni  bildirish 
imkonini beradi:
12

• 
tabiiy  muhit  turizm  mavjud  bo’lishi  va  rivojlanishining  zarur  sharti 
hisoblanadi  (muammolarning  taxminiy  ro'yxati:  inson  hayot  kechirishi  muhitining 
sifati;  turizm  taklifining  tabiiy  omillari  va  ularning  turizm  taklifiga  ta’sir  etish 
xususiyati);
• 
turizm  atrof  muhitga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi  (muammolarning  taxminiy 
ro’yxati:  tabiiy  resurslardan  turizm  maqsadida  oqilona  foydalanish;  landshaftning 
barbod bo’lishi,  suv,  havo  ifloslanishining  oldini  olish  va  h.k.):
• 
turizm  atrof muhitni  saqlaydi  (muammolarning  taxminiy  ro’yxati:  tabiatni 
va  madaniy  yodgorliklarni  himoya  qilish  va  saqlash;  oqilona  foydalanish;  turistlarda  va 
turizm  xizmati ko’rsatuchilarda ekologik ongni  shakllantirish  va h.k.).
Turizm  tabiiy  resurslarni  iste’mol  qiladi,  ommaviy  turizm  markazlarida  ushbu 
jarayon  vayron  etish  xususiyatiga  ega  (tabiiy  sharoitlarning  o ’zgarishi,  insonlar, 
hayvonlar  va  o’simlik  dunyosi  turmush  sharoitining  yomonlashuvi  va  h.k.).  Tabiiy 
muhitning  vayron bo’lishi  turizm taklifining pasayishiga olib keladi.
Tabiatdan  oqilona  foydalanish  masalalari  davlat  nazorati  ostida  bo’ladi.  Shuning 
uchun  turizm  industriya  korxonalari  o ’z  faoliyati  jarayonida  ushbu  holatni  hisobga 
olishi  lozim.  Masalan,  yirik  mehmonxona  korporatsiyalari  orolli  mamlakatlarda  o ’z 
biznesini  amalga  oshirayotib  tabiatni  muhofaza  qilish  va  ekologiyani  himoyalashni 
nazarda  tutadigan mahalliy qonunlarni  hisobga  olishi zarur.
Ekologik 
muammolarning 
ahamiyatini 
anglab 
yetish 
barqaror 
turizm 
konsepsiyasining shakllanishiga  va keng rivojlanishiga olib  keldi.
lc h k i  om illar -   bu  bevosita  turizm  tizimida  namoyon  bo’ladigan  muhim  holatlar 
va  tendensiyalar.  Ular  jumlasiga,  birinchi  galda,  joylashtirish,  transport  vositalari, 
ovqatlanish  korxonalari,  maishiy  xizmat  ko’rsatish,  rekratsion  soha,  chakana  savdo  va 
h.k.  larning  rivojlanishi bilan bog’liq  moddiy-texnik omillar kiradi.
Turizmning  rivojlanishiga  ta’sir ko’rsatadigan  omillar ichida  mavsumiylik  alohida 
o ’rin  tutadi.  Talabning  mavsumiy  o ’zgarib  turishi  faoliyatning  ko’plab  turlariga  xosdir. 
Lekin turizm sohasida  talabning  mavsumiyligi  eng  muhim  muammo  hisoblanadi.
Iqtisodiy  nuqtai  nazardan  mavsumiylik  yilning  muayyan  vaqtida  talabning  avjiga 
chiqishi  va qolgan  vaqtlarda pasayishini  o ’zida  namoyon  etadi.
Turizm  sohasida  mavsumiylik  asosan  iqlimiy,  ijtimoiy  va  ruhiy  omillar  bilan 
belgilanadi.
Iqlim iy  om illar  shu  bilan  bog’liqki,  jahonning  aksariyat  mamlakatlari  sayohat 
qilish,  dam  olish,  davolanish,  sport  bilan  shug’ullanish  uchun  yilning  oylari  bo’yicha 
farq  qiladi.
Ijtimoiy  om illar  shu  bilan  shartlanganki,  inaktab  ta’tillarining  katta  qismi  yoz 
vaqtiga to’g’ri keladi,  Shuning uchun ota-onalar o’z  ta’tilini  shu oylarga to’g’rilashga va 
bolalari  bilan  birga  dam  olishga  intilishadi.  Shuningdek,  yoz  mavsumida  turizmga 
bo’lgan  talabning  yuqori  darajada  bo’lishi  Yevropaning  qator  mamlakatlarida  keng 
tarqalgan  iyul-avgust  oylarida  korxonalarni  profilaktik  ta’mirlash  uchun  to ’xtatib 
qo’yish amaliyoti  bilan ham bog’liq.
Talabning  mavsumiyligiga  ruhiy  omillar  (an’ana,  moda)  ham  ta ’sir  k o ’rsatadi. 
Turizm  faolligining  avjga  chiqishi  va  pasayishini  k o ’p  jihatdan  aksariyat  turistlarning
13

konservatizm i  (yoz -  ta ’tilni  o‘tkazish  uchun eng qulay  vaqt)  bilan  izohlash  mumkin.
Turizmga bo'lgan  talabning  mavsumiy o'zgarib  turishi  milliy  iqtisodiyotga  salbiy 
ta ’sir  ko'rsatadi.  Ular  moddiy-texnika  bazasining  majburiy  to'xtab  turishiga  olib  keladi 
va  ijtimoiy  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Turizm  industriya  korxonalarining  katta 
qismi  bir  yil  mobaynida  faqat  bir  necha  oy  faoliyat  yuritishi  turizm  xizmatlari 
tannarxida  shartli-doimiy  xarajatlar  ulishining  oshishiga  sabab  bo'ladi.  Bu  qulay  narx- 
navo  siyosatini  yuritish  imkoniyatini  pasaytirib,  turizm  korxonalarining  bozordagi 
harakatlarini  qiyinlashtiradi  va  ularning  raqobatbardoshligini  pasatiradi.  Mavsumiylik 
yo'llardagi 
transport  vositalarining  “yuqori” 
mavsumda 
dam  olish  joylariga 
to'planishiga  ham  olib  keladi.  Sayohatlar  chog'idagi  qulaylik  va  turistlarga  xizmat 
k o'rsatish sifati  pasayadi.
Turizmda  mavsumiylikka  barham  berilishi  moddiy-texnika  bazasidan  foydalanish 
m uddatini  uzaytirish,  xodimlar  mehnatidan  yil  davomida  foydalanish  darajasini 
oshirish,  turizmdan keladigan  tushumlaming o'sishini  ta’minlash imkonini  yaratib,  katta 
iqtisodiy samara  beradi.


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling