T o sh k e n t d a V la t iq t iso d iy o t u n IV e r s it e t I f. Sh. Shamsutdinov, Sh. F. Shamsutdinova chet mamlakatlar


Rivojlangan  mamlakatlarda  soliq  tarkibi  oxirgi  yillari  quyidagi


Download 4.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana02.12.2017
Hajmi4.32 Mb.
#21364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44

Rivojlangan  mamlakatlarda  soliq  tarkibi  oxirgi  yillari  quyidagi 

belgilar bilan ta’ riflanadi:

Birinchidan, 

ayrim 

mamlakatlarni 

iqtisodi 

daromad 

turlaridan 

olinadigan soliqlarga nisbiy  b og'liq   va o'zgarib turish  xarakteriga ega.

Ikkinchidan,  1975  vilgacha  iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish 

tashkilotiga  (OESR)  kiracligan  mamlakatlarda  iste’molga  solinadigan 

soliqlar  salmog'i  nisbiy  o'zgarmagan  holda  daromad  solig'i  salmogM  va 

ijtimoiy  sug'urtaga  ajratmani  salmog'i  o'sib  bordi.  XX  asmi  etmishinchi 

yillarini  ikkinchi  yarmidan  iste’molga  solinadigan  soliqni  salmog  i 

ko'tarilib  bordi.  Bu,  ayniqsa,  Daniya,  Finlyandiya  va  Buyuk  Britaniya 

davlatlarida namoyon bo'ldi.

Uchinchidan,  iste’molga  solinadigan  soliq  bilan  aktsiz  solig  ini 

salmog'i  ko'pchilik  mamlakatlarda  bir  xil.  Lekin  70-80  yillar  birinchini 

roli oshib bordi, oxirgisi esa pasaya boshladi.

Umumiy  qabul  qilingan  egri  va to 'g 'ri  soliqlarni  o'rtasidagi  farq  ham 

shartli  xarakterga ega.  Qabul qilinishicha, to'g'ri  soliqlar to'g'ridan-to  g  ri 

daromad  oluvchilardan  undiriladi.  Ya’ni,  ulami  daromad oluvchi jismoniy 

va  huquqiy  shaxslar to'laydi.  Egri  soliqlar  daromadlami  yoki  mahsulotlar 

aylanmasini  ayrim  bosqichlarida  olinadi  va  natijada 

to'lovchining 

zimmasiga borib tushadi.

Rivojlangan  davlatlarni  soliq  tizimi  har-xil  iqtisodiy,  siyosiy  va 

ijtimoiy  sharoitlarda  yuzaga  kelgan.  Shuning  uchun  etarli  darajada 

maromiga  etgan  deb  boMmaydi  va  shu  sababli  iqtisodchilar  uni  talab 

darajasiga  ko'tarish  uchun  qator  takliflar  kiritishgan.  Ular  quyidagilardan 

iborat:


- Soliq ogMrligi baravar taqsimlanishi zarur. g‘ki  har bir soliq to‘lovchi 

davlatga o ‘zining «haqqoniy ulushini» berishi kerak.

- Soliqlar iloji boricha har-xil shaxslar tomonidan iqtisodiy qaror qabul 

qilishiga  ta  sir  ko‘rsatmasligi  kerak.  Yo‘ki  bu  ta’sir juda  ham  sezilarsiz 

darajada bo‘lishi kerak (soliqqa tortishni betaraflik printsipi)

- Ijtimoiy-iqtisodiy  maqsadlami  amalga  oshirishda  soliq  siyosatidan 

foydalanish  soliqlarni  tenglik,  haqqoniylik  printsiplarini  buzilishini  eng 

kam darajaga keltirishi kerak.

- Soliq  tarkibi  va  soliq  siyosati  iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  va 

mamlakatni  rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak.

- Soliq  tizimi  haqqoniyligi  bilan  ajralib  turishi  kerak,  taxminiy 

tushunchalar boMmasligi va soliq toMovchiga tushunarli boMishi zarur.

- Soliqni  boshqarish  va  soliq  qonunchiligini  saqlash  harajatlari  eng 

kam miqdorga tushirilishi talab qilinadi.

Ushbu  talablar  soliq  tizimini  sifatini  baholashda  asos  boMib  xizmat 

qilishi  kerak.  Lekin  amaliyotda  to‘g‘ri  va  egri  soliqqa  tortishni  ajratib 

boMmaydi.  Shuning  uchun  soliqlarni  nisbiy  to‘g‘ri  va  egri  soliqlarga 

boMadilar.

Keyingi  yigirma  yil  davomida  rivojlangan  davlatlarda  to‘g‘ri 

(daromad  soligM,  kompaniya  foydasiga  solinadigan  soliq,  ishchilami 

.jtimoiy  sug‘urta  fondiga  ajratmasi)  va  egri  (iste’mol  soligM,  aktsizlar, 

tadbirkorlami  ijtimoiy  sug‘urta  fondiga  ajratmalari)  soliqlarni  bir-biriga 

munosabati quyidagicha boMgan:

To‘gMi  soliqlaming  salmogM  umumiy  tushumlar  hajmida  Gollandiya, 

Daniya,  Lyuksemburg,  Kanada,  Yangi  Zellandiya,  Shveytsariya,  Avstriya, 

AQSh,  Yaponiyada  asosiy  o ‘rinni  egallagan  boMsa,  egri  soliqlar salmogM 

Frantsiya,  Avstraliya,  Irlandiya,  Gretsiya  va  Ispaniyada  asosiy  o'rinni 

egallagan.

Hozirda  bir-biriga  yaqinroq,  tenglashgan  to‘g‘ri  va  egri  soliqlar 

о  rtasidagi  nisbat  Norvegiya,  Italiya,  Finlyandiya  va  Shvetsiyada  amal 

qilmoqda.

To‘g‘ri  soliqlarni  roli  Buyuk  Britaniya,  Germaniya,  Finlyandiya, 

Kanada,  Yaponiya  va  AQShda  oshgan  boMsa,  egri  soliqlar  Avstraliya, 

Italiya, ayniqsa,  Shvetsiyada juda yuqori suratlar bilan o‘sishi kuzatildi.

Umuman  olganda  iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkilotini 



(OESR) tarkibiga  kiradigan  davlatlarda to‘g‘ri  soliqni  salmogM  bir tekisda 

koMarilib borish tendentsiyasiga ega boMganligi qayd etildi.



Soliq  tizimidagi  tarkibiy  o‘zgarishlar  asosan,  iqtisodiy  rivojlanish  va 

inflyatsiyani  egri  soliqqa  nisbatan,  ko‘proq  to‘g‘ri  soliqdan  keladigan 

daromadga tavsifi kuchliroqligiga bog‘liqdir.

Ushbu  ta’simi  baholaydigan  mezon  ayrim  soliqlarni  lastikligi  yoki 

egiluvchanligidir.  Soliqiarning  elastikligi  ayrim  soliqiardan  olinadigan 

tushumlami  o‘sishi,  pasayishi  ichki  yalpi  mahsulotni  nominal  ifodada 

o'sishi va pasayishiga bogMiq.

Davlat  tomonidan  olinadigan  soliqlar  yig'indisi,  ulaming  shakli  va 

tuzilish usullari soliq tizimi deb yuritiladi.

Rivojlangan  mamlakatlami  soliq  tizimi  quyidagi  xususiyatlar  bilan 

ta’riflanadi:

1. 


Ayrim  davlatlami  iqtisodini  soliq  turlariga  bog'liqligi  bir  xil 

emasdir va ular o'zgarib turadi.

2. 

Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkilotiga 



kiradigan 

mamlakatlarda  1975  yilgacha  daromad  solig'i,  ijtimoiy  sug'urtaga 

ajratmani  salmog'i  keskin  o'sib  bordi.  Iste’molga  solinadigan  soliq 

salmog'ining  tarkibi 

deyarli  o'zgarmadi,  lekin  70-yillaming  ikkinchi 

yarmidan  iste’molga solinadigan soliq salmog'i o'sa boshladi.  Ayniqsa  bu 

o'sishlar Daniya, Finlyandiya va Buyuk Britaniyada qayd etildi.

3. 


Iste’molga  solinadigan  soliq  va  aktsiz  soliqlarini  salmog'i 

ko'pchilik  mamlakatlarda  bir  xil.  Lekin  o'tgan  asming  70-80  yillarida 

birinchisini  salmog'i oshib, ikkinchisiniki  esa kamayib bordi.

Umuman  daromad  solig'i  va  ijtimoiy  sug'urta  fondiga  ajratma  hajmi 

ko'payib  bordi.  Aktsizlami  salmog'i  hamma  davlatlarda  tushib  ketdi, 

kompaniyalar  foydasidan  olinadigan  soliq  deyarli  hamma  davlatlarda 

kamayib ketdi.

Umumiy  qabul  qilingan  soliqlarni  to'g'ri  va  egriga  bo'lish,  bir 

tomondan  daromadlarga  soliq  solishni  anglatsa,  ikkinchi  tomondan 

harajatlarga  soliq  solishni  anglatadi.  Haqiqatda  ularning  o'rtasidagi  farq 

nisbiy  xarakterga  ega  va  bu  soliqlarni  toMovchilar  zimmasiga  yuklatishga 

bog'liq.


Kompaniyalami  foydasidan  olinadigan  soliq  to'g'ri  soliq  hisoblanadi. 

Agar  bu  harajat  bahoni  ustiga  qo'yilib  sotilsa,  egri  soliqqa  aylanadi. 

Qo'shilgan  qiymat  solig'ini  bahoga  qo'shish  imkoniyati  bo'lmasa,  u 

to'g'ri soliqqa aylanadi.

Faqat  to'g'ri  va  egri  soliqlar  nisbiy  hisoblanadi,  lekin  to 'g 'ri  va  egri 

soliqqa  tortish  tizimi  bunday  hisoblanmaydi.  Bu  tizim  haqiqatda  mavjud 

bo'lib soliqlar yig'indisi asosida to'liq harakat qiladi.


Oxirgi  o'n  yillikda  to‘g‘ri  soliqdan  olinadigan  daromadni  o‘rtacha 

elastikligi  1  dan  ortiq,  egri  soliqniki  esa  1  dan  past.  Bundan  ko‘rinib 

turibdiki, 

rivojlangan  davlatlarni 

soliq  tizimi  yuqori  darajadagi 

egiluvchanlikka  ega.  Shuning  uchun,  ichki  yalpi  maxsulot  o'sishi  bilan, 

ularni  «avtomatik» ravishda soliq daromadlari oshadi.

Hozirgi  kunda ko‘pchilik mamlakatlar soliq  solishni yuqori  darajasiga 

yetdilar (davlat tomonidan milliy daromadni bir qismini olish).

Ayniqsa  bu  masalani  ijtimoiy-siyosiy  nuqtai  nazaridan  tahlil  qilinsa, 

soliq  solishni  yanada  kuchaytirish,  ko‘tarish. jamiyatni  iqtisodiy  tabiatida 

sifatli  o ‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Bu  muammo,  eng  dolzarb  va  faol  bo'lib,  hamma  soliq  sohasidagi 

tadbirlar shu masalani yechishga qaratilgan.

Rivojlangan  mamlakatlarda  har  xil  atamalar  bilan  yuritiladigan 

soliqlarni  asosiy  shakllari  quyidagilar:  jismoniy  shaxslardan  olinadigan 

daromad  soligM,  yuridik  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig'i, 

qo‘shilgan qiymat solig'i,  oborot solig'i,  ijtimoiy  sug'urta fondiga ajratma, 

iste’mol bo'yicha maxsus soliqlar.

Chet  el  mamlakatlarini  ma’lumotlari  asosida  soliq  solish  siyosatini 

asosiy yo'nalishlarini taxminan bilish mumkin.

Soliq  oshishini  asosiy  yo'nalishlarini  quyidagicha  gumhlar  bilan 

ifodalash mumkin:

1) 


Korporatsiya  solig'i  va  kompaniyalami  foydasiga  solinadigan 

boshqa soliqlar;

2) 

Tadbirkorlami  ijtimoiy sug'urta fondiga ajratmasi;



3) 

Qo'shimcha qiymat hisobidan beriladigan egri soliqlar;

4) 

Aholidan olinadigan daromad solig'i;



5) 

Soliq tizimini  milliy xususiyatini ifodalovchi soliqlar.

Korporatsion  va  kompaniyalami  foydalaridan  olinadigan  boshqa

soliqlar  markaz  va  mahalliy  darajalarda  soliq  olinadigan  sof  foydadan 

ma’lum stavkada olinadi.  Bu to'lov soliq olishni asosiy shakli hisoblanadi. 

Lekin  foydadan  olinadigan  soliqni  umumiy  daromaddagi  salmog'i  katta 

emas.  Oxirgi  yillari  AQShda  8-10%,  Buyuk  Britaniyada  7,5%  va 

Germaniyada  5%ni  tashkil  qiladi.  Kelajakda  buni  salmog'i  yana  tushib 

borayotgani sezilayapti.  Umuman, bu soliqni  fiskal ahamiyati katta emas.

Mustaqii  daromadga  ega  bo'lgan  shaxslardan  daromad  solig'i  olish 

mazmunan  foydadan  olinadigan  soliqqa  o'xshaydi.  Bu  daromadlar 

dividend,  foiz,  renta  va  fuqarolami  (tijorat)  faoliyatidan  olinadigan 

daromadlardan  tashkil  topadi.  Soliq jismoniy  shaxslami  sof daromadidan


olinadi.  Shuning  uchun  ham  o'xshash  hisoblanadi.  Umumiy  daromadda 

uning salmog‘i ham katta emas.  Masalan, oxirgi yillarda AQShda  10-14%, 

Buyuk  Britaniyada  6-7%  va  Germaniyada  5-7%ni  tashkil  qildi.  Bu 

soliqdan  olinadigan  daromad  dinamikasi  barqaror  emas  va  tushib  borish 

tendentsiyasi  sezilmoqda.  AQShda  1986  yilgi  soliq  islohotida  bu  soliqda 

progressiya  kamaytirilgan.  Ayniqsa,  maksimal  shkala  va  stavka  darajasi 

pasaytirilgan.  Bundan  tashqari  dividendlami  ikki  marta  soliqqa  tortish 

bo‘shashib borayapti.

Katta daromadlar bo‘yicha progressiyani kamaytirib dividendlami  ikki 

marta  soliq  solishdan  ozod  qilishdan  maqsad,  aktsioner  kapitalni  yangi 

investitsiyalami  moliyalashtirish, jam g‘arma  to'plashda  soliq  to'sqinligini 

kamaytirib, yashirincha  iqtisodni chegaralashdan iborat.

Ijtimoiy  sug‘urta  fondiga  tadbirkorlami  ajratmasi  ish  haqi  fondiga 

nisbatan qat’iy  belgilangan yoki  proportsional  stavka bilan  olinishi  ko‘zda 

tutilgan.  Ajratma  ishlab  chiqarish  harajatiga  kiradi  va  ishchi  kuchini 

kengaytirilgan  asosda  ishlab  chiqarish  uchun  qaratilgan.  Ajratma  davlatga 

ham,  tadbirkorga  ham  qulay  toMov  shakli  hisoblanadi.  Davlatga  bu  katta 

daromad  manbai,  tadbirkorga  esa  uning  ogMrligi  korporatsion  soliq 

bo‘yicha  soliq  olinadigan  foydani  pasayishi  hisobiga  kamaytiriladi. 

Bundan  tashqari,  bu  harajat  mahsulot  bahosiga  kiritilib  iste’molchi 

zimmasiga  oMqaziladi.  Masalan,  bu  soliq  AQShda  -15%,  Buyuk 

Britaniyada  -13%  va  Germaniyada  -25%  ortigMni  tashkil  qilgan.  Ushbu 

soliq  shakli  barqaror  xarakterga  ega  boMib  oxirgi  yillarda  o‘sish 

tendentsiyasiga egadir.

Egri  soliqlar.  Iste’moldan  olinadigan  ushbu  soliq  tadbirkorlar 

ajratmasiga  o'xshash  xarakterga  ega  va  soliq  olishni  asosiy  shakllaridan 

hisoblanadi.  -AQShda  8-9%,  Buyuk  Britaniyada  20%  ortiq,  Germaniyada 

18%ni tashkil qilmoqda.

Ushbu  toMovni  ahamiyati  Buyuk  Britaniyada  yildan-yilga  oshib 

bormoqda,  AQSh  va Germaniyada esa  barqaror boMib  qolmoqda.  Bularda 

bu soliqlarni  farqi  shundan iboratki,  AQShda bu  soliqlar shtat va  mahalliy 

organlarga  qarashli,  Buyuk  Britaniya  va  Germaniyada  esa  u  umumdavlat 

soligM  hisoblanadi.  Iste’moldan  olinadigan  egri  soliq  AQShda  asosan 

sotishdan  olinadigan  soliq  boMib,  Buyuk  Britaniya  va  Germaniyada  esa  u 

qo'shilgan  qiymat  soligM  shakllarida  qoMlaniladi.  Bu  soliqlar  keng 

iste’mol tovarlariga qoMlanib, bir qancha yuqori stavkalarda olinadi.



Qo  shilgan  qiymat  soligM,  o‘zining  afzalliklari  bilan  keng  miqyosda 

tarqalib  bormoqda va  kelajakda  soliq  yig‘ishning asosiy  metodlaridan  biri 

bo‘lib qoladi.

Yollanma  ishchilami  (nominal  ish  haqidan)  daromadidan  olinadigan 

soliq  o ‘z  tarkibiga  daromad  soligM  va  ijtimoiy  sug'urta  fondiga 

ajratmalarni  qamrab  oladi.  Buyuk  Britaniya va Germaniyada uni salmog'i 

sezilarli katta, ya’ni  17 dan 25% gacha. AQShda esa ancha past.

Daromadni  soliqqa  tortish  tizimi  deyarli  hamma  rivojlangan 

mamlakatlarda  bir  xil.  Lekin  ulaming  har  birida  qo'shimcha  usullari 

mavjud bo'lib, o'z milliy xususiyatlariga egadir.

Soliq tizimining umumiy tanwyillari quyidagilardan iborat:

-  hamma  soliq  toMovchilar  rezident  va  norezidentlarga  bo'linadi. 

Rezident  deb  hisoblash  uchun  asosiy  belgi-  jismoniy  shaxs  shu 

mamlakatda  6  oydan  ortiq  bo'lishi  kerak.  Soliq  toMovchilami  rezident va 

norezidentga  bo'lishdan  maqsad  rezidentlar  daromad  soligMni  ichki  va 

tashqi  manbalaridan  toMaydilar.  Ya’ni,  soliq  javobgarligini  global 

daromadi  bo'yicha  taqdim  etadilar.  Norezidentlar  faqat  shu  mamlakatda 

olgan daromadlari yuzasidan chegaralangan soliq javobgarligini  bsradilar.

-  daromad  solig'i  undirilishida  boshlang'ich  asos  -  soliq  toMovchini 

umumiy  daromadi  hisoblanadi.  Bu  daromadga har-xil  manbalar kiradi:  ish 

haqi,  nafaqa, natural shaklida haq toMash va hokazo.

Daromad  solig'i  olishda  umumiy  daromad  bilan  soliq  solinadigan 

daromad  bir-biriga  to'g 'ri  kelmaydi.  Soliq  stavkasi  so'nggi  daromadga 

nisbatan qoMlaniladi.  So'nggi olingan  daromad umumiy daromaddan soliq 

bo'yicha qonuniy berilgan imtiyozlar summasiga farq qiladi.

Ushbu  imtiyozlar  soliq  olinmaydigan  minimum,  kasb  bo'yicha 

harajatlar,  oilalar  uchun  imtiyozlar,  farzandlar  uchun  imtiyozlar,  ijtimoiy 

sug'urtaga ajratmalardan tashkil topadi.

Ko'pchilik  davlatlarda  universal  imtiyoz  bo'lib  soliq  olinmaydigan 

minimum  hisoblanadi.  Imtivozlaming qolgan turlari  ayrim  davlatlardagina 

beriladi.Masalan,  Frantsiya,  Germaniya,  Yaponiyada  qo'llanadi.  Italiyada 

umumiy  daromad  soliq  olinadigan  daromadga  teng  bo'ladi.  Bu  davlatda 

ijtimoiy  sug'urta  fondiga  ajratma  berilgandan  keyin  umumiy  daromad 

soliq olinadigan daromadga teng bo'ladi.

Rivojlangan  mamlakatlarda  umumiy  daromaddan  soliqdan  imtiyoz 

berish  soliq  imtiyozlarini  asosiy  shakli  hisoblanadi.  Soliq  summasini 

kamaytirish  qo'llanilmaydigan  hollarda  soliqni  hisobga  olinishi  yoki


daromad  soligM  bo‘yicha  toMovchini  soliq  majburiyatini  kamaytirish 

qoMlanadi.

Soliq  imtiyozlaridan  (skidka,  zachyot)  tashqari  ayrim  rivojlangan 

mamlakatlarda  bolalarga  davlatdan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  toMov  beriladi,  bu 

esa  daromadni  soliqqa tortishni  kamaytiradi.  Oilani  daromadi  belgilangan 

chegaradan  yuqori  boMmagan  hollarda  toMovni  hajmi  bolalami  soniga 

bogMiq, chegaradan yuqori boMsa toMov chegaralanadi.

Yuqorida  keltirilgan  doimiy  soliq  imtiyozlari  bilan  bir  qatorda 

yuqorida qayd etilgan davlatlarda vaqtinchalik imtiyozlar qoMlaniladi.

Bu  imtiyozlar ma’lum guruh harajatlariga nisbatan qoMlaniladi.  Ushbu 

harajatlarga quyidagilar kiradi:  zayomlar bo‘yicha foizlar, hayotni sug‘urta 

qilish badali, ayrim professional harajatlar va hokazo.

Daromad  soligMning  stavkasi,  qoida  bo‘yicha,  progressiv  shaklda 

qoMlanilib,  ular  murakkab  progressiv  stavkalar  tartibida  tuziladi.  Oxirgi 

yillari  yuqori  stavkalar  keskin  pasayib  ketdi  va  stavkalar  soni  kamaydi. 

Proportsional  stavkaga  o‘tish  darajasini  yuksalishi  kuzatilmoqdadir. 

Angliyada asosan 2 ta stavka -25  va 40%  li stavkalar qoMlaniladi.  Italiyada 

esa  yuqori  stavka 56% ga va Yaponiyada 60% ga tushirilgan.

Ishlaydigan  er  va  xotin  daromad  soligMni  ixtiyoriy,  daromadlarini 

umumiy  yigMndisidan  toMaydilar,  yoki  ixtiyoran  har  biri  alohida toMaydi. 

Ba’zi  davlatlarda qo‘shilgan  umumiy  daromaddan  soliq  kamroq  toManadi. 

Qoida bo'yicha daromad soligM,  ijtimoiy sug‘urta fondiga ajratma  ish  haqi 

kabi  manbalardan  ishxonada  toManadi.  Boshqa  turdagi  daromadlardan 

soliq  er-xotin  birgalikda  yoki  alohida  yozgan  deklaratsiyalari  asosida 

olinadi.

1.2. Iqtisodiy rivojlangan, yetakchi davlatlarni soliq siyosati

Bu  davlatlarda  soliq  siyosati,  oxirgi  yillari  «takliflar  iqtisodi» 

nazariyasiga asoslangan.

Sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  1970-1980  yillari  iqtisodiy  krizisga 

uchradilar (inflyatsiya,  iqtisodiy o‘sish darajasi  pasaydi,  ishsizlar ko‘paydi, 

hufiya iqtisod rivojlandi va hokazo).

Bu  holatdan  chiqib  ketish  uchun  soliq  stavkasi  chegarasini  keskin 

tushirish taklif qilindi.

Takliflar  iqtisodida  asosan  «A.Laffer  egrisi»  etakchi  nazariya 

Iiisoblanib,  unda  soliqlarni  kamaytirish  ko‘zda  tutilgan.  «A.Laffer  egrisi» 

bo‘yicha byudjetga soliqni kelib tushishi,  soliq stavka_sj_ va  ishlab chiqarish

k u t u b x o o a a J  

»


darajasi  bir-biri  bilan  bogMiq.  Soliq  stavkasini  koMarish  Laffer  fikricha, 

soliq tushumi ishlab chiqarishni pasayishi hisobiga ko‘payadi.

Shu maktabni vakili M.Feldsteyn daromad soligMni stavkasini 42% qilib 

belgiladi.  Amerikadagi  soliq  islohotining  muallifi  senator  Bredli  va 

R.Gefardt 30-35% li darajani taklif qilishdi. M.Fridmen 25%gacha tushirdi.

«Laffer  egrisi»  bo‘yicha 

soliqning  mukammal  stavkasi  D.Keyns 

ko‘rsatgan  20%  va  frantsuz  prezidenti  Jiskar  D’Esten  taklif qilgan  40% 

o‘rtasida boMishi belgilangan.

Ayrim  davlatlarda 

1980-1990  yillarda  oMkazilgan  soliq  islohotlari 

natijasida  soliq  stavkalari  pasaytirildi:  masalan,  korparatsiya  foydasidan 

olinadigan  soliq  36%  gacha  va  shaxsiy  daromad  soligM  47%  gacha 

tushirildi.



1.1-jadval

Yevropa  hamkorligi mamlakatlarining ba’zilaridagi soliqlar 

____________ ________ darajasi.*_______ ___________________

Korporatsiya foydasiga 

solinadigan  soliqni yuqori 

stavkasi, %

Shaxsiy daromad 

soligMni yuqori 

stavkasi, %

Buyuk Britaniya

33,0

40,0


Italiya

53,2


51,0

AQSh


39,0

39,6


Frantsiya

33,3


56,8

Germaniya

45,0

53,0


Yaponiya

37,5


50,0

Shveytsariya

9,8

11,5


Finlyandiya

28,0


61,0

Kanada


38,0

29,0


Takliflar  iqtisodi,  davlatni  faol  fiskal  siyosatiga  asoslangan  Keyns 

kontseptsiyasi  soliq  xolisligi  kontseptsiyasi  bilan  almashtirildi.  Bu 

kontseptsiya  asosida  davlat  iqtisodga  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  emas,  bilvosita 

aralashishi yotadi.  (Katta soliq soliqni  barbod qiladi).  Shu nuqtai nazardan, 

soliq  uni  toMovchiga  ogMr  yuk  boMmasdan,  iqtisodni  rivojlantirish  uchun 

qiziqtiruvchi  omil boMishi kerak, deb ta’kidlash mumkin.

Har bir davlatda yuqori  soliq  stavkasi  sharoitida soliq  toMashdan  bosh 

tortish  iqtisod  sub’ektlari  o‘rtasida  naqd  pul  hisob-kitoblariga  oMish, 

foydani yashirish kabi muammolami tug‘diradi.

Сутырин С.Ф.  Налоги,  налоговое планирование в мировой-экономике.  М .1998 стр 21



1970  yillarni  oxiri  va  1980  yilni  boshlarida  davlatlami  «Soliq 

bosqinchiligi»  davrida  hufiyona  sektomi  oboroti  keskin  oshganligi  qayd 

etildi.

Ayrim  ma’lumotlarga  ko‘ra  hozirgi  kunda  hufiyona  iqtisod  sohasida 



AQShda  ichki  yalpi  mahsulotning  15%  i  yaratiladi.  Bunga  har  to‘rttadan 

bitta  ishlovchi  jalb  qilingan.  Raqamlar  e’tibomi  o‘ziga  tortib,  takliflar 

iqtisodi  yondoshuvchilari  past  soliq  stavkalari  hufiyona  biznes  bilan 

kurashishni samarali  quroli deb hisoblaydilar.

Takliflar iqtisodi tarafdorlarini  yana  bir maqsadi  har xil  kompaniya va 

iqtisodiyotni  ayrim  tarmoqlariga  soliq  engilliklarini  berishni  bekor  qilish, 

ularning  fikricha,  yoki  yuqori  darajadagi  soliq  ko‘p  miqdordagi  soliq 

yengilliklari  berish,  yoki  past  soliqlar  soliq  engilliklarini  bekor  qilishga 

olib keladi.

1980  yillarni  o‘rtalarida  AQShda  korporativ  sektoriga  berilgan 

engilliklar  federal  byudjetni  1  mlrd.  dollar  potentsial  soliq  summasini 

yo'qolishiga olib  keldi.  Bu  ko‘rsatkich  1995  yili  2,5  mlrd.  dollarni  tashkil 

qildi.

Soliq  islohotlari  davrida  bu  yengilliklar  nisbatan  kamaytirildi. 



Birinchilik,  ustunlik  investitsiyaga  beriladigan  soliq  yengilliklari  uchun 

saqlanib  qoldirildi.  Chunki  bu  yengilliklar  kelajakda  kompaniyalami 

foydasini oshiradi va natijada davlatni soliq daromadini ko‘paytiradi.

Soliq  islohotlari  o‘tkazilishiga  qaramay, 

iqtisodiy  rivojlangan 

mamlakatlarda soliq olish darajasi  bir-biridan keskin farq qiladi.

Korporatsiya  foydasidan  olinadigan  soliq  stavkasi  43%  ga  (Italiya  va 

Shveytsariya),  shaxsiy  daromad  soligM  bo‘yicha  esa  (Finlyandiya  va 

Kanada) 32%ga farq qiladi.

Tabiiyki,  bunday  disproportsiyalar  A.Smit  ko‘rsatganidek,  kapital  va 

mehnat  resurslari qulay  soliq  iqlimi  yaratilgan  mamlakatlarga o‘tib  ketadi. 

Bu  o‘z  navbatida  kapital  oqib  ketgan  davlatni  iqtisodiga  salbiy  ta’sir 

ko'rsatadi.

Mamlakatdan  kapitalni  «haydab  chiqaruvchi 

soliq»,  daromad 

manbalarini,  davlat  va  butun  jamiyat  daromadini  muqarrar  nobud  (isrof) 

qiladi.

Hozirgi  zamon  misolida  kapitalni  «haydab  chiqarishni»  quyidagi 



misollarda  ko‘rish  mumkin.  Faqat  1994  yili  Frantsiyadan  50  mlrd.  dollar 

kapital oqib ketdi va asosan engil soliq solish tartibi  o‘matilgan davlatlarga 

borib joylashdi.


Rossiya  federatsiyasi  iqtisodini  chet  el  investitsiyasiga  bo‘lgan  talabi 

140  mlrd.  dollami  tashkil qiladi.  Tashqi  davlatlarga o‘tib ketgan Rossiyani 

«qochqin»  kapitali  100-300  mlrd.  dollar  hisobida  baholangan.  Kapitalni 

«qochib  ketishi»  faqat  Rossiyani  soliq  tizimi  emas,  balki  soliq  omillariga 

ham bogMiqdir.

Jahon iqtisodida soliq solish darajasi turli xillarda bo'ladi.

Soliq  og‘irligi  bo‘yicha jahon  mamlakatlarini  taxminan  ikki  guruhga 

boMish mumkin.

1. Yuqori stavkalarda soliq undiruvchi mamlakatlar

2. Murosasozlik (liberal) tartibida soliq solish davlatlari

Yuqori  darajada  soliq  soluvchilarga  iqtisodiy  rivojlangan  va 

rivojlanayotgan  davlatlar  kiradi.  Foydaga  solinadigan  soliq  va  shaxsiy 

daromad  soligMning  stavkalari  30-60%ni,  foiz,  dividend,  royaltiga 

taqsimlangan foydaga solinadigan soliq  15-35% ni tashkil etadi.

Bu  davlatlarda  kompaniyalami  tashkil  qilish  marosimi 

moliyaviy 

hisobot  ustidan  nazorat,  soliq  qonunlari  buzilganda  jarima  va  jinoiy 

javobgarliklarga tortish qattiq tartibda olib boriladi.

Ikkinchi  guruh  -  past  soliq  qoMlash  huquqiga  ega  mamlakatlar. 

Ba’zida  «soliq 

gavani» 

(bandargohi), 

«soliq  oazisi», 

«soliqdan 

himoyalangan  pana joy»  deb  ham  ataladi.  Ular  o‘z  navbatida  3  guruhga 

boMinadi.

1.  Jismoniy  va  yuridik  shaxslardan  to‘g‘ri  soliqlar  olinmaydigan 

yurisdiktsiyalar.  Bulami  «toza»  soliq  bandargohlari  yoki  soliqsiz 

yurisdiktsiyalar deb ham yuritiladi.

Bu  mamlakatlarda  kompaniyalar  va  jismoniy  shaxslami  ayrim 

daromadi 

va  mulklari  uchun  daromaddan  olinadigan 

soliq,  foydaga 

solinadigan  soliq,  meros  va  hadya  qilingan  mollardan,  mulkdorchilikdan 

olinadigan soliqlar qoMlanmaydi.

Kompaniyalar va jismoniy  shaxslardan biznes olib borish uchun qat’iy 

belgilangan 

har  yilda  olinadigan  bojlar,  bir  martalik  ro‘yhatga  olish 

yigMmlari  kabi  egri  soliqlar olinadi.  Egri  soliq  olish  darajasi  yuqori  emas. 

Masalan,  Karib  regionida  kompaniyalar  uchun  har  yilgi  toMov  faqatgina 

shartli  100-1600  dollami  tashkil  qiladi.  Bu  o‘z  navbatida  daromadidan 

soliq toMovchilarga juda qulay sharoitni yaratib berilishini  anglatadi.  Katta 

daromad  olib,  shartli  summani  faqat  ramziy  sifatda  toManadi.  To‘g‘ri 

soliqlar  olinmaydigan  davlatlarga  Andorra,  Bagam,  Bermud,  Kayman 

orollari, Nauru,  Vanuatu, Terks  , Kaykos, Farer orollari kiradi.

2. Past darajali to‘g‘ri soliq olinadigan yurisdiktsiyalar.



Foydaga  solinadigan  soliq,  shaxsiy  daromad  solig4i  stavkalari  ayrim 

guruh  soliq  toMovchilarga  30%  gacha  kamaytirilib  qoMlaniladi,  va  ayrim 

hollarda  soliq  stavkasi  10%  dan  ortmaydi.  Bu  «soliq  oazis»larida 

stavkalami  boshqa hududlarga  nisbatan  past  stavkada o'matilishi  daromad 

oluvchi  soliq  toMovchilami  bu  yerda  soliq  qonunchiligi  bilan  o4zaro 

«hisob-kitob»ini  o‘z manfaatini  ko‘zlab amalga oshirishiga olib keladi.  Va 

yana  bir  bundan  kelib  chiqadigan  xulosa  shundaki,  jalb  qiluvchi  ta’sirga 

ega  bunday  sharoitlar  shu  regionlarning  turmush  darajasini  o‘sishiga  olib 

keladi.  Chunki,  bu  shartlardan  foydalanish  uchun  ko4p  soliq  toMovchilar 

bu yerda o4z faoliyatlarini  qayd ettirib,  hududlar byudjetiga oz-ozdan  katta 

mablagMar tushirib beradilar.

Bu  guruhga  Britaniya,  Virginiya  orollari,  Kipr,  Gibralar,  Vengriya, 

Isroil, Shveytsariya kiradi.

Bu  guruhni  yana,  shu  bilan  bir qatorda,  o4zining  yuridik  va jismoniy 

shaxslari  chet  eldan  oladigan  daromadlari  bo‘yicha  soliqdan  ozod 

qilinadigan  davlatlar  tashkil  etadi:  Kosta  Rika,  Gonkong,  Liberiya, 

Malayziya, Panama va boshqalar kiradi.

3.  Yuqori soliq stavkali yurisdiktsiyalar.

Bu  mamlakatlarda  ayrim  kompaniyalarga  soliq  ustunligi  beriladi. 

Ayrim  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar  chet  el  investitsiyasini  keltirish, 

tashqi  iqtisodiy  aloqani  rag4batlantirish  uchun  shu  bilan  shug4ullanadigan 

kompaniyalarga  maxsus  soliq  olish  tartibi  o‘matadilar.  Foydadan 

olinadigan  soliq  stavkasini  tushirish  yengilligi  bilan  bir  qatorda, 

taqsimlanadigan  foydadan  olinadigan  soliq  stavkalari  ham  pasaytiriladi: 

Belgiya,  Irlandiya,  Lyuksemburg,  Niderlandiya  davlatlari  bunga  misol 

boMa oladi.

Yana  shuni  ko4rsatish  kerakki,  soliq  «gavanlarida»gi  davlatlar 

jismoniy  va  yuridik  shaxslarni  soddalashtirilgan  soliq  hisobotlarini 

qoMlaydi,  ayrim  davlatlarda  soliq  toMamaslik,  daromadlami  yashirish 

jinoiy javobgarlik hisoblanmaydi.

Jahon  iqtisodiyotida yuqori  darajada soliq  oluvchi  va soliq  gavanlari 

o4rtasida  kapital  qo4yilma va  ishchi  kuchini  qaytadan  taqsim  qilish  uchun 

keskin va qattiq konkurentsiya, kurash olib borilmoqda.


Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling