T. q udra to V, N. Fayziyeva korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati

bet1/30
Sana14.07.2018
Hajmi
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
40820

O 'Z BE K ISTO N   RESPUBLIK ASI 
OLIY VA  0 ‘RTA  MAXSUS  TA'LIM  VAZIRLIGI
T.  Q UDRA TO V, N.  FAYZIYEVA
KORXONALAR FAOLIYATINING 
TAHLILI VA NAZORATI
O liy v a   o ' r t a   m a x s u s   t a ’lim   v a z i r li g i  t o m o n i d a n  
5 6 / 0 1 00 -   F e r m e r  x o  'jaligini  boshqarish  ta  lim y o  ‘nalishi 
bo ‘y ic h a   o 'q iy o tg a n   talabala rga  d arslik sifatid a  ta vs iya   etilg an
TOSHKENT 
« VO RIS-N A SHRIYOT» 
2012

UDK:  631(075)
65.290
Q-73
T a q r i z c h i l a r :
K.B.  U razov -   S am arqand  iqtisodiyot  v a   servis  instituti  «Buxgalteriy a  hisobi  va 
a udit»  kafedrasi  mudiri,  professor,  iqtisod  fanlari  doktori;
D.X.  X o lb a v e v  -  Samarqand  qishloq  xo'ja lik   instituti  dotsenti,  iqtisod  fanlari  nomzodi.
Qudratov T.
K orxonalar  faoliyatining  tahlili  va  nazorati:  oliy  o‘quv  yurtlari  uchun 
darslik/  T.  Q udratov,  N.  Fayziyeva;  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o ‘rta 
maxsus ta'lim   vazirligi. -  Т.:  «Voris-nashriyot»,  2012. -  256  b.
M a z k u r  dars lik d a  «K orx onala r  faoliy atin ing  tahlili  va  nazorati»  fa ninin g  nazariy, 
uslubiy   v a   am aliy   masalalari  bayon  qil ingan.  U  0 ‘zbekiston  R espublikasi  Oliy 
v a   o 'r t a   m a x s u s  t a ’lim  vazirligi  tom onidan  2 0 0 6 -y ild a  tasdiqlangan  o ‘q u v   dasturi 
talab larig a m uvofiq   tayyorlangan.
D ars lik   oliy  o ' q u v   yurtlarining  «Ferm er  x o ‘ja lig ini  boshqarish»  t a ’lim  y o 'n a li s h i 
b o ‘y ic h a   o ‘qiy otgan  talabalarga  m o'lja lla ngan.  U n d a n ,  «Iqtisodiyot»  v a   «B uxgalteriya 
h is obi  v a   au dit»  y o ‘nalishlari  b o 'y ic h a   o ‘qiy o tg an   talabalar  ha m ,  s h u ningdek, 
b u x g a lte r  v a   iqtis odchilar  I lain  fo v  d a  fan i Sh tUET m um kin .
AxGopoi ресурс м. 
a-r 
удк бзцо75)
К В К   65.290
т т п   к ,  
________
ISBN  978-9943-375-62i-8 

©  «VORIS-NASHRIYOT»,  2012-y.
T o u |Д А У  
Т а и "  
•’ 
•;

K IR IS H
0 ‘zbekiston Respublikasi  iqtisodiyotida qishloq  xo ‘jaligi  yetakchi  o ‘rinni 
egallaydi.  M am lakatda  ishlab  chiqarilayotgan  yalpi  ichki  m ahsulotning 
salm oqli  qismi  shu  sohada  yetishtiriladi.  A holining  60  foizdan  ortiq 
qismi  qishloqda  yashaydi.  Shuning  uchun  sohani  rivojlantirish  m asalasiga 
m am lakatim iz  m ustaqilligining  dastlabki  kunlaridanoq  katta  e ’tibor  berila 
boshlandi,  ya’ni  qishloq  x o ‘jaligini  rivojlantirish  va  uning  sam aradorligini 
oshirish  maqsadida  qator  qonunlar,  farm onlar  va  qarorlar  qabul  qilindi, 
natijada  ushbu  sohada  ular  o 'z   samarasini  bera  boshladi.  Shular  orasida 
0 ‘zbekiston  Prezidentining  2003-y il  24-m artda  «Qishloq  x o 'jalig id a 
islohotlarni  chuqurlashtirishnng  eng  muhim  y o ‘nalishlari  to ‘g ‘risida»  qabul 
qilgan  farmoni  qishloq  xo'jaligini  rivojlantirishda  muhim  ro l’  o ‘ynadi. 
M azkur  farmon  qishloq  x o ‘jaligida  m ahsulot  ishlab  chiqaruvchilarning 
asosiy  subekti  sifatida  ferm er  x o ‘jaligini  rivojlantirishni  ustivor  y o ‘nalish 
deb  belgilab  berdi.  Shundan  keyin  ferm er  x o ‘jaliklari  rivojlanib,  ishlab 
chiqarish  hajmi  keskin  o ‘sdi  va  o‘sib  borm oqda.  2008-yilda  yetishtirilgan 
paxta  xomashyosining  99,1  foizi,  g'allaning  79,2  foizi  ferm er  x o ‘jaliklari 
hissasiga  to 'g ‘ri  keldi.  Bu  m a’lum otlardan  k o 'rin ib   turibdiki,  ferm er 
x o ‘jaliklari  yildan-yilga  o ‘sib  va taraqqiy  etib,  iqtisodiyotda salmoqli  o ‘rinni 
egallab  bormoqda.
Qishloq  xo'jalik  korxonalarida 
ishlab 
chiqarishni 
yanada 
samarali 
rivojlantirish  uchun  ular  faoliyatining  barcha  tomonlarida  sodir  boMgan  va 
boMayotgan  jarayonlarni,  ularning  natijalarini  har  taraflama  chuqur  o'rganish 
va  nazorat  qilish  natijasida  mavjud  imkoniyatlarni  aniqlash  hamda  ularni  ishlab 
chiqarishga jalb  etish  bo‘yicha yo'l-yo'riqlarni  ko'rsatish  zarur.  Bu  muammolarni 
hal  qilishda iqtisodiy tahlil  va nazoratning roli  nihoyatda kattadir.
Har  bir  qishloq  xo'jaligi  korxonasining  faoliyatini  har  tomonlama  va 
chuqur  tahlil  va  nazorat  qilish  orqali  mahsulot  ishlab  chiqarishni  ko'pay­
tirish,  tannarxni  pasaytirish,  mehnat  unumdorligini  oshirish,  foydani  k o '­
paytirish,  toMov  qobiliyatini  oshirish,  moliyaviy  barqarorlikni  yaxshilash 
imkoniyatlari  aniqlanadi.  Mavjud  bo'lgan  imkoniyatlarni  aniqlab,  ulardan 
samarali  foydalanish  nafaqat  xo'jalik  iqtisodiyotining,  balki  mamlakat  milliy 
iqtisodiyotining  rivojlanishida  ham  muhim  rol  o'ynaydi.  Ushbu  qonuniyatni

kelajakda  mustaqil  Vatanimiz  ravnaqi  yo'lida  xizmat  qiladigan  har  bir  talaba 
mukammal  va  to'liq  bilib  olishi  zarur.  Talaba  bu  sharafli  burchi  va  vazifasini 
har  doim  yodida  saqlashi  zarur.  Shuning  uchun  bilim  olayotgan  har  bir  talaba, 
har  bir  mutaxassis  hamda  faoliyat  ko'rsatayotgan  fermer  iqtisodiy  tahlil 
va  nazoratni  ham  nazariy,  ham  uslubiy  jihatdan  yaxshi  o'zlashtirib  olgan 
b oiishi  kerak.  Iqtisodiy  tahlil  va  nazorat  asoslarini  talaba  asosan  oliy  o'quv 
yurti  bazasida  egallaydi.  Shuning  uchun  o'quv  rejaning  III  -   «Umumkasbiy 
fanlari»  blokida  «Korxonalar  faoliyatining  tahlili  va  nazorati»  faniga  92  soat, 
shu jumladan  m a’ruzaga  28  soat,  amaliy  mashg'ulotga  28  soat,  mustaqil  ishga 
36  soat  hajmida  yuklama  ajratilgan.  Talabalar  bu  fan  orqali  qishloq  xo'jaligi 
korxonalari  faoliyatida  sodir  bo'lgan  va  bo'layotgan  iqtisodiy  jarayonlaming 
holati  va  ularning  natijalarini  omilli  tahlil  etish  va  nazorat  qilish  hamda  chora- 
tadbirlar ishlab  chiqish  usullarini  va jarayonlaming qonuniyatlarini  o'rganishadi 
va  egallashadi,  oqibatda  korxona  to'g'risidagi  axborot  m a’lumotlarini  to'plash, 
qayta  ishlash  va  ularni  tahlil  qilish  hamda xo'jalik  mulkining saqlanishi  ustidan 
nazorat  o'rnatish  ko'nikmalarini  egallashadi.
M a’lumki.  zamon  talabiga  javob  beradigan  sifatli  kadrlarni  tayyorlash 
uchun  ularni  darslik  va  o 'quv  qo'llanm alar  kabi  o 'quv  adabiyotlari  bilan 
yetarli  darajada  ta ’m inlash  zarur.  Shu  nuqtayi  nazardan  «Fermer  xo'jaligini 
boshqarish»  yo'nalishi  bo'yicha  ta ’lim  olayotgan  talabalarga  uslubiy 
jihatdan  yordam  berish  hamda  fan  bo'yicha  mavjud  bo'lgan  bo'shliqni 
qism an  to'ldirish  m aqsadida  mualliflar  ushbu  darslikni  tayyorlashni  o 'z  
oldiga  maqsad  qilib  qo'iyshdi.  M azkur  darslik  talabalarga  korxonalar 
faoliyatining  tahlili  va  nazorati  fani  bo'yicha  nazariy  va  uslubiy  bilimlarni 
berishga  hamda  ularda  zaruriy  amaliy  ko'nikm alarni  hosil  qilishga  m o'ljal- 
langan.
Darslik  O 'zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o 'rta   maxsus  ta’lim  vazirligi 
tomonidan  2006-yil  10-avgustda  tasdiqlangan  «Korxonalar  faoliyatining 
tahlili  va  nazorati»  fanining  o'quv  dasturiga to'liq  mos  holda tayyorlangan.
Fanning  m etodologik  asosi.  Barcha  fanlar  kabi  tahlil  va  nazorat  fanining 
ham  metodologik  asosi  bo'lib,  falsafaning  bilish  nazariyasi  hisoblanadi.  Bu 
nazariya  tabiat  va  jam iyatda  sodir  bo'ladigan  hodisa  va  jarayonlar  bir-biri 
bilan  uzviy  bog'liqlikda,  harakatda va  o'zgarishda  deb ta’lim  beradi.  Tahlil  va 
nazorat  fani  ham,  ushbu  nazariya  asosida,  iqtisodiy jarayonlarni  ifodalaydigan 
ko'rsatkichlarni  uzviy  bog'liqlikda,  harakatda  va  o'zgarishda  deb  qaraydi, 
o'rganadi  va xulosalar  chiqaradi.
Fanning  maqsadi.  Fanning  maqsadi  bo'lib,  qishloq  xo'jalik  korxonalari 
faoliyatining  barcha  tom onlarida  obyektiv  va  subyektiv  omillar  ta’siri  ostida
4

sodir  boMgan  va  boiayotgan  iqtisodiy  jarayonlar  va  ularning  natijalarini 
o‘rganish  va  nazorat  qilish  usullarining  m azm un-mohiyatini  yoritish 
ham da  talaba  egallashi  lozim  b o ig an   bilim  va  ko‘nikrnalarni  hosil  qilish 
hisoblanadi.
Fanning  vazifalari.  Fanning  vazifalari  bo'lib,  qishloq  xo'jalik  kor- 
xonalarining  boshqaruv  va  moliyaviy  faoliyatlarida  sodir  bo'lgan  va 
bo'layotgan  iqtisodiy jarayonlar va  ularning natijalarini  tahlil  etish va nazorat 
qilish  usullarining  mazmun-mohiyatini  talabalarga  o'rgatish  hisoblanadi.
Fanning  yechim ini  kutayotgan  m uam m olari.  Iqtisodiy  tahlil  fanining 
echim ini  kutayotgan  muammolari  bo'lib,  moddiy,  mehnat  va  m oliyaviy 
resurslardan  foydalanish  sam aradorligining  ayrim   ko'rsatkichlarini  tahlil 
etish  va  nazorat  qilish  usullarini  takom illashtirish  masalasi  hisoblanadi.
Fanning boshqa  fanlar bilan  bog‘liqligi.  Korxonalar faoliyatining tahlili 
va  nazorati  fani  iqtisodiyot  nazariyasi,  falsafa,  m ikro-m akroiqtisodiyot, 
statistika,  moliya,  buxgalteriya  hisobi,  huquqshunoslik  kabi  boshqa  fanlar 
bilan  ham  o'zaro  bog'liqlikda  bo'ladi.  M asalan,  tahlil  fani  iqtisodiyot 
nazariyasining  um um iqtisodiy  qonuniyatlari,  kategoriyalari  va  atam alari 
asosida  iqtisodiy  jarayonlar  va  ularning  natijalarini  o'rganadi.  Falsafaning 
«Bilish  nazariyasi»ga  asoslanib,  iqtisodiy  tahlil  o'zining  usullarini  ishlab 
chiqadi  va  predmetini  o'rganishda  ulardan  foydalanadi.  Shularga  o'xshash, 
boshqa fanlar  bilan  ham  uzviy  bog'liqlikda  bo'ladi.
Tahlil  va  nazoratning  bo‘lajak  m utaxassisning  kasbiy  faoliyatidagi 
ahamiyati.  Joriy,  tezkor  va  istiqbolIi  tahlil  usullarini  iqtisodiy  jarayonlarni 
o'rganishda  qoilashga,  korxona  faoliyatidagi  jarayonlan.i  axborot  m an- 
balaridan  foydalanib,  to'g'ri  ta’riflashga,  moddiy,  mehnat  va  m oliyaviy 
resurslardan  foydalanganlik  darajasiga  obyektiv  baho  bera  olishligiga, 
mahsulotlarni  sotishdan.  asosiy  va  um um xo'jalik  faoliyatidan  ko'rilgan 
moliyaviy  natijalarni 
to'g'ri 
aniqlay 
bilishga,  xo'jalikning  m oliyaviy 
barqarorligi  va  to'lovga  qodirligi  holatini  o'rganib,  raqobatga  barboshli 
bo'lishlik  uchun  am alga  oshiriladigan  tadbirlarni  ishlab  chiqa  bilishga, 
xo'jalikning  iqtisodiy  samaradorligini  oshirish  bo'yicha  takliflar  berishga  va 
nazoratni  usullarini  qo'llashga o'rgata bilishligi  bilan  bo'lajak m utaxassisning 
kasbiy  faoliyatida  katta  ahamiyat  kasb  etadi.
Fanga  tegishli  sohaning  darslikda  yoritilishi.  Darslikda  aks  ettirilgan 
m asalalarning  ham  nazariy,  ham  uslubiy  jihatlari  qishloq  xo'jaligi  ishlab 
chiqarishi  sohalari  —  o'sim likchilik  va  chorvachilik  tarm oqlarining  hisobot 
m a’lumotlari  asosida yoritilgan.
Fanning  um um iy  o‘quv  m aq sad lari.  « F erm er  xo'jaligini  b osh q arish »  
yo'nalishi  b o'yicha  ta ’lim   olayotgan  b ak a la v rlarg a  olishi  z a ru r  bo 'lgan
5

bilim larni  berish  ham da  egallashi  zaru r  boMgan  ko‘nikm a  va  m alakani 
hosil  qilish  tahlil  va  nazo rat  fanining  um um iy  m aqsadlari  bo‘lib  hiso b­
lanadi.
Bakalavrlarning  qishloq  xo'jalik  korxonalarida  iqtisodiy  tahlilni  tashkil 
etishi  va  amalga  oshirishi  ham da  nazorat  haqidagi  bilimga  ega  boiishiga, 
ho'jaliklarning  hisobi,  hisobotlari  va  biznes-rejalaridan  hamda  yuridik 
hujjatlardan  mustaqil  foydalanib,  barcha  faoliyatlarining  natijalarini  omilli 
tahlil  qilish  va  nazoratni  o'tkazish  usullarining  mazmun-mohiyatini 
egallashiga  ham da  tahlil  natijalariga  kompleks  baho  berish  ko'nikm alari 
va  malakasiga  ega  bo'lishiga  imkoniyatlar  berishi  fanning  umumiy  o'quv 
maqsadlari  bo'lib  hisoblanadi.
D arslik  qishloq  xo 'jalik   oliy  o'quv  y u rtla rin in g   «Ferm er  xo'jaligini 
boshqarish»  ta’lim  y o 'nalishi  bo'yich a  o'qiyotgan  talabalarga  va  shu 
fandan  dars  berayotgan  o'qituvchilarga  ham da  shu  soha  m utaxassislari  va 
ferm erlariga  m o'ljallangan.  U ndan  «Iqtisodiyot»  va  «B uxgalteriya  hisobi 
va  audit»  y o'nalishlari  bo 'y ich a  o'qiyotgan  talab alar  ham ,  dars  berayotgan 
o'qituvchilar  ham ,  buxgalter  va  iqtisodchilar  ham   foydalanishlari  m um ­
kin.
6

1-bob.
  K O R X O N A L A R   FA O LIYA TIN IN G   T A H L IL I  F A N IN IN G   M A Z M U N I, 
PR E D M ETI  V A   V A Z IF A L A R I
O 'Q U V  MAQSADI
Tahlil  fanining  m azm unini,  predm eti  va  obyektini,  vazifalari  va  ta’- 
m oyillari,  m etodi  va  usullari  m azm un-m ohiyatining  ham da  iqtisodiy 
tahlilni  tashkil  etish  bosqichlari  va  tahlil  natijalarini  rasm iylashtirish  tartib - 
qoidalarining  m azkur  yoritilishi  va  u lar  bilan  talabalarni  qurollantiriiishi  -  
ushbu  m avzu  bo'yicha  ular  egallashi  lozim  bo'lgan  bilim ,  k o 'n ik m a  va 
m alakalarning  paydo  bo'lishiga  ijobiy  ta’sir  qilib,  u larn in g  shakllanishiga 
olib  keladi.  Bu,  o'z  navbatida,  m avzuning  ta'lim iy  o'quv  m aqsadini
 
tashkil 
etadi.
Iqtisodiy  tahlil  tufayli  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  un ing   sam ara­
dorligini  oshirish  va  moddiy  m anfaatdorlik  darajasining  yaxshilanish 
imkoniyatlari  aniqlanadi.  Bularni  faoliyatga  o'z  vaqtida  jalb  etish  nafaqat 
korxona  iqtisodiyotini,  balki  milliy  iqtisodiyotning  ham  m ustahkam lanishiga 
va  aholi  farovonligining  oshishiga  olib  keladi.  Bu  fikr va  g'oyalarni  talabalar 
ongiga  singdirish  mavzuning  tarbiyaviy o'quv maqsadi
 
bo'lib  hisoblanadi.
Tahlilning  mazm un-mohiyatini  va  aham iyatini  yanada  sam arali  yetkazish 
uchun  unda  qo'llaniladigan  an'anaviy  usuilarni  takom illashtirish  zarur. 
Omilli  tahlilda  qo'llaniladigan  usuilarni  takom illashtirish  to'g'risidagi  fikrlar 
m avzuning rivojlantiruvchi  o'quv maqsadini
 
o'quv  tashkil  qiladi.
1.1.  Tahlil  fanining  shakllanishi,  tashkil  topishi  va  rivojlanishi
Kishilik  jam iyatining  paydo  bo'lishi  bilan  uning  a’zolarining  ongi  o'sib, 
rivojlanib,  taraqqiy  etib  borgan,  oqibatda  uning  barcha  tom onlarida  sodir 
bo'lgan  va  bo'layotgan  hodisa  va  jarayonlar  hamda  ularning  natijalarini 
kuzatish  va  o'rganish  asosida  borliq  to'g'risida  turli  fikrlar  va  qarashlar 
yuzaga  kelgan  va  rivojlana  boshlagan.  Bular  esa,  o'z  navbatida,  ishlab 
chiqarish  jarayonining  kengayishi  va  uning  natijalarini  o'sishiga  ham da 
ular  bo'yicha  hisob  ishlarini  olib  borishga  sabab  bo'lgan.  X ullas,  bu  fikr 
va  qarashlarning  shakllanishi  ham da  rivojlanib  borishi  turli  yo'nalishdagi 
fanlarning  paydo  bo'lishiga  olib  kelgan.  Shunday  fanlardan  biri  iqtisodiy 
tahlil  fani  hisoblanadi.
Iqtisodiy  tahlil  fani  «Buxgalteriya  hisobi»  va  «Statistika»  fanlari  negizida 
yuzaga  kelgan.  Bu  fanning  paydo  bo'lishiga,  shakllanishiga  va  takom illashi-
7

shiga  olib  keluvchi  omillar, jam iyatda  yuzaga  kelgan .obyektiv  shart-sharoitiar 
hisoblanadi.  XV-XVII  asrlarda  ishlab  chiqarish jamiyatning  barcha  sohalarida 
keng  ko'lam da  rivojlana  boshlagan.  Bu  esa  o‘z  navbatida  hisob  ishlarini  ham 
yuritishni  taqozo  etgan,  ya’ni  ishlab  chiqarish  uchun  talab  qilinadigan  moddiy 
va  mehnat  resurslari  sarfini  hamda  uning  natijalarini  qayd  qilish  uchun  hisob 
ishini  olib  borishga  ehtiyoj  tug'ilgan,  natijada  hisob-kitob  ishlari  yuritila 
boshlagan.  Ishlab  chiqarishning  yanada  rivojlanib.  kengayib  va  taraqqiy  etib 
borishi  mavjud  imkoniyatlarni  aniqlab,  xo'jalik  faoliyatiga  jalb  etishni  talab 
qilgan.  Am m o  ushbu  muammoni  ha!  qilishda  hisob  ma’lumotlari  yetarli 
bo'lm asdan  qolgan.  Bu  esa  obyektiv  holatda  tahlilning  paydo  bo'lishiga  sabab 
boMgan.
B uxgalteriya  hisobi  fanining  paydo  bo'lganligiga  taxm inan  500  yildan, 
iqtisodiy  tahlilning  vujudga  kelganligiga  esa 
100
  yildan  ortiqroq  vaqt 
o‘tdi.  Dem ak,  iqtisodiy  tahlil  ham  eskidan  shakllangan  fanlardan  biridir. 
B uxgalteriya  hisobi  bo'yicha  birinchi  asar  XV  asrda  paydo  bo'lgan.  Ushbu 
fikrni  professor  M.  Q.  Pardayevning  «Iqtisodiy  tahlil  nazariyasi»  darsligida 
keltirilgan  m a’lumotlar  asosida  bayon  qildik.  Buxgalteriya  hisobi  bo'yicha 
yaratilgan  birinchi  asar  Vendrikt  K atrul’inning  1458-yilda  «Savdo  va  xususiy 
savdogar»  nomi  bilan  nashr  qilingan  kitobi  hisoblanadi.  Ana  o'sha  yildan 
boshlab,  buxgalteriya  hisobining  yaratiIganligi  e’tiborga  olinsa,  uning  yoshi 
500  yildan  oshgan  hisoblanadi.
Buxgalteriya 
hisobiga 
bag'ishlangan 
asarlar 
Evropa 
mamlakatlarida 
(Gollandiya,  Angliya,  Fransiya  kabi  mamlakatlarda)  XVI—XVII  asrlarda  keng 
ko'lamda  yaratila  boshlagan.  Rossiyada  esa XIX  asrda  paydo  bo'lgan.  Rossiyada 
buxgalteriya  hisobiga  bag'ishlangan  birinchi  asar  bo'lib,  V.  S. Nemchinov 
tomonidan  1840-yilda  nashr  qilingan  ikki  qismdan  iborat  bo'lgan  «Hisob  fani» 
kitobi  hisoblanadi.  Bu  ma’lumot  ham  professor  M. Q. Pardayevning  yuqorida 
nomi  zikr  etilgan  darsligi  asosida  bayon  qilindi.  Shundan  keyin  buxgalteriya 
hisobiga bag'ishlangan kitoblar safi  Rossiyada kengayib borgan.
T ah liln in g   elem entlari  X V III  asr  oxirlarida  hisob  m a'lum otlari  asosida 
paydo  b o 'la   boshlagan.  Tahlil  elem entlari  R ossiyada  1880-yildan  boshlab 
chiqa  boshlagan  «S chetovodstvo»  jurn ali  sahifalarid an   o'rin   olgan 
m aqolalard a  aks  ettirila  boshlagan.  Ushbu  m aqolalar  asosan  buxgalteriya 
balan sin in g   tah lilig a  bag'ish lan g an .  N atijada  iqtisodiy  tahlil  faniga  asos 
solingan.  M az k u r  fan  ilk  m arta  «B alarisshunoslik»  fani  tariqasida  paydo 
bo'lgan.  Iqtisodiy  tahlil  hozirgi  shakllangan  fan  shakliga  kelgunga  qadar 
bir  qancha  evolutsion  yo'lni  bosib  o'tgan.  U  balansshunoslik,  balans 
tah lili,  hisob  tah lili,  balans  va  tah lil,  iqtisodiy  tah lil  sh akllarid a  paydo 
bo'lgan.
8

Bu  fan  1940-yillarga  kelib,  «X o'jalik  faoliyatini  tahlil  qilish»  fani  sifatida 
to‘liq  shakllangan  va  oliy  o'quv  y urtlarida  mustaqil  fan  tariqasida  o'qitila 
boshlandi.  Keyinroq  «buxgalteriya  hisobi  va  xo'jalik  faoliyatining  tahlili» 
mutaxassisligi  bo'yicha  kadrlar  tayyorlana  boshlangan,  m ustaqillikka 
erishiganidan  keyin  respublikam izda  iqtisodiy  tahlil  mutaxassisligi  bo'yicha 
m agistrlar tayyorlanmoqda.
XX  asrning  5 0 -6 0 -y illa rid a n   boshlab,  tahlil  fan in in g   iqtisodiyot 
tarn io q larig a  mos  holda  bir  qancha  tu rlari  vuju dga  keldi.  B ularga  sanoat 
korxonalari  faoliyatining  ta h lili,  qishloq  x o 'jalik   korxonalari  faoliy ati­
ning  tah lili,  savdo  korxonalari  fa o liy atin in g   tahlili  ham da  boshqa  sohalar 
korxonalari  faoliyatining  ta h lili  k ab ilarn i  m isol  qilib  k o 'rsa tish   m um ­
kin.
O 'tgan  asrning  80-yillaridan  boshlab  iqtisodiy  tahlil  fanining nazariyasini 
yaratish  bo'yicha  ijodiy  ishlar  olib  borildi  va  natijada  u  fan  shaklida 
tashkil  topdi.  Ushbu  fan  nazariyasini  birinchi  bo'lib  M oskvalik  olim lar 
М.  Г.  Bakanov  va  A.  D.  Sheremet  1987-yilda  «Teoriya  ekonomicheskogo 
analiza»  nomi  bilan  yaratishgan.  Shundan  keyin  bu  fan  U krainalik, 
Belorussiyalik  va  O 'zbekistonlik  olim lar  tomonidan  ham  darslik  sifatida 
yaratildi.  M azkur  fan  MDH  davlatlari  oliy  o'quv  yurtlarida  m ustaqil  fan 
sifatida  o'rganib  kelinmoqda.
O'zbekistonda  iqtisodiy  tahlil  fanining tashkil  topishida va  shakllanishida 
Sam arqandlik  va  Toshkentlik  olim larning  xizm ati  kattadir.  Shunday  olim lar 
qarotida  I.  T.  Abdukarimov,  Y.  Abdullayev,  A.  V.  Vahobov,  A.  T.  Ibrohimov, 
M.  Q.  Pardayev, 
A. A. Abdiyev, 
N.  F.  Ishonqulov 
kabilarni 
ko'rsatish 
m um kin.  Bu  olimlarning  darslik  va  o'quv  qo'llanm alari  oliy  o'quv  yurtlari 
talabalari  uchun  iqtisodiy  tahlil  fani  bo'yicha  asosiy  o'quv  quroli  bo'lib 
qo'llanilib  kelinmoqda.
Y aratilgan  o'quv  adabiyotlari  orasida  A.  V.  Vahobov,  A.  T.  Ibrohim ov, 
N.  F.  Ishonqulov  tom onidan  «M oliyaviy  va  boshqaruv  ta h lili»   darsligi 
alohida  o 'rin n i  egallaydi,  chunki  u  «Ta’lim  to 'g 'risid a »   va  « K a d rlar 
tayyorlash  m illiy  dasturi  to 'g 'risid a » g i  qonunlar  talab larig a  to 'liq   m os 
holda  tayyorlangan.
Samarqandlik  olimlardan  iqtisodiy  tahlil  fani  bo'yicha  o'quv  qo'llanm a 
va  darsliklar  yaratishda  professor  I.  T. Abdukarimov  va  professor  M.  Q. Par- 
dayevning  xizmati  kattadir.  Professor  M.  Q. Pardayev  tomonidan  yaratilgan 
«Iqtisodiy  tahlil  nazariyasi»  darsligi  hozirgi  paytda  O'zbekistondagi  oliy  o'quv 
yurtlarining «Iqtisodiyot»,  «Buxgalteriya hisobi  va audit» yo'nalishlari  talabalari 
uchun asosiy o'quv adabiyoti sifatida foydalanib kelinmoqda.
9

1.2.  Bilish  nazariyasi  va  tahlil
Inson  o'z  bilinii  tufayli  borliq,  tabiat  va  jam iyatni  hamda  o'zini- 
o‘zi  o'zgartiradi.  Inson,  uning  ongi  va  bilimi  to'g'risidagi  fanlar  orasida 
falsafaning  m axsus  bo'limi  «Gneseologiya»  muhim  o'rinni  egallaydi.
Gneseologiya  um umiy  bilish  nazariyasi  bo'lib  hisoblanadi,  ya’ni  buni 
«Bilish  falsafasi»  deb  ham  atashadi.
«Gneseologiya»  yunoncha  so'z  bo'lib,  «gnosis»  -   bilish,  «logos»  -   naza­
riya  ma’nosini  anglatadi.  Demak,  gneseologiya  -   bilish  nazariyasi,  bilish 
to'g'risidagi  ta’limot  ma’nosini  bildiradi.
«Olam  va  odam »  tizim ida  dunyoni  anglash,  subyekt  va  obyektlar 
orasidagi  m unosabatlar  dialektikasi  «Bilish  nazariyasi»  orqali  namoyon 
bo'ladi.  Bilish  nazariyasi  orqali  jam iyatda  sodir  bo'lgan  va  bo'layotgan 
hodisa  va jarayonlam ing  o'zaro  aloqasi  va  bog'liqligi,  harakati  va  o'zgarishi 
o'rganiladi,  baho  beriladi  hamda  ular  orasidagi  qonuniyatlar  ochilib, 
xulosalar  chiqariladi.  Demak,  hodisa  va  jarayonlar  o'zaro  bog'liqlikda, 
o'zgarishda,  rivojlanish  va  taraqqiy  etishda  ekanligi  hamda  biror-bir  qotib 
qolgan jarayon  yo'qligi  ushbu  nazariya  orqali  isbotlangan.
Bilish  nazariyasi  barcha  fanlar  uchun  ham  nazariy,  ham  uslubiy  asos 
bo'lib  xizm at  qiladi.  Iqtisodiy  tahlil  fani  va,  shu  jum ladan,  uning  asosiy 
turlaridan  biri  bo'lgan  «Qishloq  xo'jalik  korxonalari  faoliyatining  tahlili» 
fani  ham  o'z  faoliyatida  dialektikaning  barcha  jarayonlar  va  hodisalar 
uzviy  bog'liqlik  va  aloqada,  doimiy  harakat  va  o'zgarishda,  rivojlanish  va 
taraqqiyotda  degan  tam oyillariga  asoslanadi,  shuning  uchun  u  ham  barcha 
ishlab  chiqarish  tarm oqlarida  va  shu  jum ladan  qishloq  xo'jalik  korxonalari 
faoliyatida  sodir  bo'lgan  va  bo'layotgan  iqtisodiy  jarayonlar  va  ularning 
natijalarini  ifodalovchi  ko'rsatkichlarni  bir-biri  bilan  uzviy  bog'liqlikda, 
harakatda va doimiy  o'zgarishda deb  qaraydi.
Iqtisodiy  tahlil  jam iyatda  va  shu  jum ladan  korxonalar  faoliyatida 
sodir  bo'lgan  va  bo'layotgan  iqtisodiy  jarayonlar  va  hodisalarning  o'zaro 
bog'liqligini,  harakati  va  o'zgarishini  chuqur  o'rganish  asosida  ular  orasidagi 
qonuniyatlarni  ochadi  va  ilmiy  asoslangan xulosalar chiqaradi.


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling