17.2. Xo’jalikning umumiy moliyaviy ahvolini tahlil
qilish uslubi.
Buxgalteriya balansi-netto asosida xo’jalikning umumiy moliyaviy holatining
tahlili gorizontal va vertikal tahlil usullari orqali amalga oshiriladi.
Buning uchun birinchi navbatda korxonaning aktivlari va passivlari tarkibi va tarkibiy
tuzilishi hisoblab olinadi. Shundan so’ng tahlil boshlandi. Tahlilda korxona aktivlari va
passivlaridagi umumiy va tarkibiy o’zgarishlar balansning har qaysi tomoni bo’yicha
alohida o’rganiladi.
Gorizontal tahlil usuli yordamida aktivning ham, passivning ham tarkibini tahlili
har bir bo’limi va har bir moddasi bo’yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi
summasiga solishtirib, mutlaq va nisbiy o’zgarishlarini aniqlab, baho berish bilan
amalga oshiriladi. Ularning tarkibining tahlili bilan bar qatorda tarkibiy tuzilishi ham
o’rganiladi. Buning uchun har bir bo’lim va moddalar bo’yicha aniqlangan yil oxiridagi
salmog’ini yil boshidagi salmog’iga solishtirib, tarkibiy tuzilishi tahlil qilindi. So’ngra
mutlaq va nisbiy o’zgarishlar asosida moliyaviy ahvolning umumiy holatiga baho
beriladi.
Korxonaning holatiga baho berishda balans ma’lumotlari asosida moliyaviy
koeffisiyentlarni aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi, chunki ular asosida
moliyaviy ahvolni yaxshilash imkoniyatlari aniqlandi. Shular jumlasiga moliyaviy
barqarorlik, to’lovga qodirlik koeffisiyentlari kiradi.
Endi,shu koeffisiyentlarni tahlil qilish usuliga to’xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |