T. Qudratov N. Fayziyeva
Bu o’zgarish ikki omil hisobiga sodir bo’lgan
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shundan keyin yalpi hosil o’zgarishiga omillar ta’siri aniqlanadi
Bu o’zgarish ikki omil hisobiga sodir bo’lgan:
1) Paxta maydonining (miqdoriy omilning) o’zgarishi hisobiga; 2) Paxta hosildorligining (sifatiy omilning) o’zgarishi hisobiga. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin qayta hisoblangan (shartli) paxta yalpi hosilini hisoblab, olish zarur: Shundan keyin yalpi hosil o’zgarishiga omillar ta’siri aniqlanadi: 1) Paxta maydoni o’zgarishining ta’siri: 2) Paxta hosildorligi o’zgarishining ta’siri: Zanjirli bog’lanish usuli. Ushbu usul ham iqtisodiy jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda qo’llaniladi. Bu usulda har bir ta’sir etuvchi omilning natijaga ta’sirini aniqlash yo’li uslubiy ketma – ketlikka ega. Buning uchun, birinchi navbatda, rejadagi yoki bazis yilidagi omilli ko’rsatkichlarni hisobot yilidagi omilli ko’rsatkichlar bilan navbatli almashtirish orqali natijaviy ko’rsatkichlarning qatorlari hisoblab olinadi. Ko’rsatkichlarni qatorlashda dastlab miqdoriy ko’rsatkichlar, so’ngra sifat ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Bunda, 1-qator rejadagi (bazis yilidagi) dastlabki ko’rsatkichlarni oxirgi qator hisobot yilidagi ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Oraliqdagi qatorlar “Shartli ko’rsatkichlar” bo’lib hisoblanadi. Yonma–yon turgan qatorlar orasidagi farq natijani o’zgarishiga ta’sir etuvchi bir omilni ta’sirini ko’rsatadi. Omillar ta’sirlarining yig’indisi natijaning umumiy o’zgarishiga teng kelish kerak. Buni ish haqi fondining tahlili misolida ko’rib chiqamiz). 28 Ish haqi fondi hajmining ifodalanishi: Bunda T- ishchilarning o’rtacha yillik soni S- Bir ishchining o’rtacha bir yilda ishlagan soatlari miqdori P- o’rtacha 1 kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi Ish haqi fondining o’zgarishi: Demak, ish haqi fondining o’zgarishiga uch omil ta’sir qiladi. Bularning ta’sirini aniqlash uchun quyidagi ish haqi fondi ko’rsatkichlarini (ish haqi fondi qatorlarini) aniqlab olish kerak: I. – Bazis davridagi ish haqi fondi. II. Birinchi shartli ish haqi fondi III. Ikkinchi shartli ish haqi fondi. IV. – Hisobot davridagi ish haqi fondi. Ish haqi fondining o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash: 1) Ishchilar soni o’zgarishining ta’siri: 2) Bir ishlovchiningo’rtacha ishlagan soatlari soni o’zgarishining ta’siri: 3) Bir kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi o’zgarishining ta’siri: Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling