13.2 Ish vaqti fondidan foydalanishni tahlil etishning
uslubi
Mehnat resurslaridan foydalanishning umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, ish
vaqti fondi hisoblanadi. Ish vaqti fondi deganda, jami ishlovchilar tamonidan yil
davomida ishlagan kishi-soatlarining yig’indisi tushuniladi.
Ish vaqti fondidan foydalanishni tahlil yetish uchun solishtirish va zanjirli
bog’lanish usularidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchi navbatda, hisobot yilidagi ish vaqti fondini rejadagi yoki bazis yilidagi
ish vaqti fondiga solishtirib, o’zgarishni aniqlanadi:
Ushbu o’zgarishga uch omil ta’sir qiladi:
1.Ishlovchi xodimlarning o’rtacha yillik sonining o’zgarishi (T) ;
2.Bir ishlovchining o’rtacha ishlagan kunlar sonining o’zgarishi (K) ;
3.Ish kuni davomiyligining o’zgarishi (D);
Ish vaqti fondining o’zgarishiga omillar ta’sirini quyidagi bog’lanish
ko’rsatkichlaridan foydalanib aniqlash mumkin:
I.
bazis davridagi (yoki rejadagi) ish vaqti fondi.
II.
1- shartli ish vaqti fondi.
III
2- shartli ish vaqti fondi.
IV.
hisobot davridagi ish vaqti fondi.
Yonma-yon turgan ushbu ko’rsatgichlardan foydalanib, omillar ta’siri zanjirli
bog’lanish usuli orqali aniqlanadi va har birining ta’siriga baho berib, xulosa qilinadi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |