T. R. Maltusning iqtisodiy g‘oyalari


Download 8.03 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi8.03 Kb.
#1763005
Bog'liq
T. R. Maltusning iqtisodiy g‘oyalari-fayllar.org


T. R. Maltusning iqtisodiy g‘oyalari

T.R.Maltusning iqtisodiy g‘oyalari.
XVIII asr oxiri - XIX asrda ro‘y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida iqtisodiy bilimlarda ham klassik iqtisodiy maktabni qayta ko‘rib chikish, zamonga moslash istaklari bilan o‘ziga xos muqobil (Alternativ) g‘oyalar yuzaga kela boshladi.
Fransiyalik Jan Batist Sey (1767-1832) g‘oyalarida yangi yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Uning «Siyosiy iqtisod risolasi»(1803), «Siyosiy iqtisod katexizi»(1817), «Siyosiy iqtisod kursi» (1828-30) asarlarida A.Smit g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanadi, ammo qiymat va daromadlar masalasida «Foydalilik nazariyasi» ga asos solinadi. U qiymatni iste’mol qiymati bilan aynan tushunadi (A. Smitda almashuv qiymati ham bor). U xar qanday ekspluatatsiyani inkor etadi, garmoniya (uygunlik) ni «isbotlaydi».
Seyning eng muxim kashfiyotlaridan biri «Sey qonuni», «Bozorlar qonuni» yoki «Sotish nazariyasi» xisoblanadi. Uning fikricha, «Taklif shunga mos talabni yaratadi», oqibatda ortiqcha ishlab chiqarish inkirozlari «Prinsipda bo‘lmasligi» go‘yo isbotlanadi, ya’ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga keltiradi, maxsulot darxol realizatsiya qilinadi.
Ammo Sey o‘z xayoti davomida bu fikrning unchalik to‘g‘ri emasligini ko‘radi, 1825 yili angliyada tarixda birinchi marta kuchli iqtisodiy inkiroz ro‘y beradi va takrorlanib turadi. Ishlab chiqarish va xarid qilish vaqt va makon jixatdan ajralib turadi, shu tufayli inkirozlarga abstrakt imkoniyat tugiladi (J.M.Keyns ta’limotiga qarang).
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) ming asosiy asarlari «Axoli nufusi qonuni to‘g‘risida tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risidagi tajriba» (1815), «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» (1820) asarlarida «Axoli nufusi» nazariyasi va «Tuprok unumdorligini pasayib boorish qonunlari» ni «Kashf» etdi.
Uningcha tirikchilik vositalariga nisbatan axolining doimo tezroq ko‘payishga intilishi «Axolining nufus qonuni» dir, bu qonun jamiyat paydo bo‘lganidan buyon mavjud bo‘lib, doim va kudratli xarakatdadir. Axolining ortiqcha qismi zarurat tufayli ochlik, yalong‘ochlik va kirilishga maxkum etilgan. Maltusning fikricha, kashshoklikning asosiy va doimiy sababi, boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taksimlanishiga xech ham bog‘liq emas, bu jarayon «Tabiiy qonunlar va insoniy xirs», tabiatning nochorligi va insoniyatning favqulotda tez ko‘payishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli xalq azob ukubatlari uchun o‘zini - o‘zi ayblashi kerak. Uni to‘g‘rilashga xech qanday inqilob va sotsial isloxotlar yordam bera olmaydi. Bunda faqat bitta to‘g‘ri yo‘l bor - bu axoli sonini kiskartirish. Uningcha ko‘payishning oldini olish vositasi, chorasi sifatida «Axlokiy chidam» (kambagallar nikoxdan o‘zlarini tiyishlari, kech turmush ko‘rishlari), og‘ir mexnat yoki turli baxtsizliklar (ochlik, kashshoklik, kasallik, epidemiya, urush va boshqalar) qo‘llab-quvvatlanadi. Maltusning fikricha tabiiy biologik instinktga ko‘ra, insoniyat ko‘payish imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va usimliklar qarama -qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga ham ega bo‘lib, xayvonot dunyosidan ajralib turadi. Shunday qilib, maltus ta’limoti bo‘yicha kapitalizm illatlari insoniyatning beixtiyor qismatidir. Nazariy jixatdan bu fikrlarda xech qanday ilmiylik yo‘q. Bu «qonun»dagi asosiy g‘oyalar ungacha bo‘lgan olimlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ugirlangan, chunki o‘z davrida styuart, uolles, taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan edilar. Maltusning bu nixoyatda reaksion xulosalari qattiq tankidga uchradi. Tugulishni kamaytirish uchun u nikox yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafakalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi. Maltus bu tankidlardan xulosa chiqarib, 1820 yilda o‘z asarini qayta ishlab chikdi va unda o‘z fikrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa ystiga dam -badam yogilib turadigan va axolini ulimga maxkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb xisoblashdan voz kechdi va kechirim suradi, uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib utdi, ammo u o‘zining bosh fikridan kaytmadi.
Maltus «doktrinasi» avvalo metodologik jixatdan noto‘g‘ri edi, chunki xech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat xayotida qullaniladi, vaxolangki insonlar usimlik va xayvonot dunyosidan farqli ularok, faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chikadilar va tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Maltus progressiyalari statistik va amaliy (faktik) materiallarni ochikdan-ochik soxtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan ma’lumotlar AQShning XVIXVIII asrlardagi axoli o‘sishiga nisbati sifatida keltiriladi, bu mamlakat axolisining asosan Yevropa axolisining emmigratsiyasi xisobiga ko‘payganligi xaqidagi «arzimas» fakt esa xisobga olinmagan (tabiiy o‘sishi bor, emmigratsiya bor).
Maltus iqtisodiyotining bir qancha boshqa masalalari bo‘yicha ham o‘z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, foyda va realizatsiya bo‘yicha g‘oyalari dikkatga sazovardir. Maltus o‘z masalalarini xal etishda d. Rikardoning g‘oyalariga qarshi chikdi va bunda A.Smitdan foydalanadi. Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mexnat bilan aniklanadi. Maltus g‘oyasining «Yangiligi» shu «kimmat ulchovi»ni izoxlashdir. Smitning fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan mexnat uni ishlab chiqarishga ketgan mexnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mexnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan iborat bo‘lib, bu ko‘rsatkich tirik va jonsiz mexnat plyus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi bunda qiymatning xosil bo‘lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga kuchiriladi, iste’mol qiymati esa almashuv qiymati bilan korishtirilib yuboriladi. Maltus tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb ko‘rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish xaqidan tashqari foydani ham to‘lashi kerak, deb uylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal qo‘shimcha deb xisoblanadi. Foyda mexnatdan ajratib kuyiladi, ya’ni kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovarni o‘z qiymatidan ortiqka sotish tufayli payda bo‘ladi, noekvivalent ayriboshlashning mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g‘oyalariga kaytish ro‘y beradi, qiymatning xosil bo‘lishida mexnatning roli ikkinchi darajali qilib ko‘rsatiladi.
Maltus g‘oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Xozirgi davrda rivojlanayotgan mamlakatlardagi og‘ir axvolni tushuntirishda bu olimning qarashlariga asoslanish mumkin. Ayniqsa janubiy koreya davlatining rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda 1950-60 yillarda axoli o‘sishi yiliga 3% ni tashqil etgan paytda, iqtisodiy rivojlanish past bo‘lgan bo‘lsa, 90- yillarda axolining o‘sishi 1%ga tushgan paytga kelib, iqtisodiy o‘sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham axolining o‘sishi katta bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish muammolarini xal etishda bu olimning ba’zi g‘oyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

Xulosa
Mayda ishlab chiqaruvchi nazariyotchilar kapitalizmni, to‘g‘rirogi yirik ishlab chiqarish tomonidan xar tomonlama keng o‘rganilishi iqtisodiy bilimlar tarixida bu maktabning munosib urnini belgilab berdi. S.Sismondi va uning g‘oyalari sanoat inqilobi, kapitalizmning nixoyatda tez sur’atlarda rivojlanish davrida birinchilardan bo‘lib, shu jamiyat iqtisodiy negizini va ijtimoy tuzumini taxlil qilishda o‘z aksini topdi. Kapitalizmning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jixatlari ham ochib berildi
http://fayllar.org
Download 8.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling