Т reja: Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi. Uning evolyutsiyasi


Qarorlar qabul qilishga ko’maklashuvchi tizim darajalari. KKKTni tasniflashda quyidagilar hisobga olinadi


Download 22.49 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2023
Hajmi22.49 Kb.
#1079271
1   2   3   4   5
Bog'liq
АКТ

Qarorlar qabul qilishga ko’maklashuvchi tizim darajalari. KKKTni tasniflashda quyidagilar hisobga olinadi:
- hal etiladigan boshqaruv vazifalarining to’zilishi;
- qaror qabul qilinishi kerak bo’lgan tashkilot boshqaruvining ierarxiya darajasi;
- hal etiladigan vazifaning u yoki bu sohadagi biznesga tegishliligi;
- foydalaniladigan axborot texnologiyasi turi. Hal etiladigan vazifalarning murakkabligi va qo’llanilish sohasiga bog’liq holda KKKTning 3 ta darajasini ajratib ko’rsatish mumkin: - birinchi darajali KKKT- ko’plab vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega.
U yuqori darajadagi davlat kompyuter tizimidir. Bunday tizim doirasida qaror qabul qilish faqat axborot bilan ta`minlanadi. Axborot tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichi orqali boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi kontseptsiyasi paydo bo’ldi.
Qayta avtomatlashtirilmagan (qog’ozli) va avtomatlashtirilgan ikkita tizim taqqoslanadi. Bu har ikki axborot tizimi o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Avtomatlashtirilmagan (qog’oz asosida) tizimning afzalligi quyidagilardan iborat:
- o’rnatishning osonligi, mavjud operatsiyalar asosining imkoniyatlari;
- tushunish oson va ularni o’zlashtirishga kam vaqt ketadi;
- texnik malaka talab qilinmaydi;
- odatda ular moslashuvchan va tegishli ish talablariga o’rganuvchan bo’ladi.
Avtomatlashtirilgan tizimning o’ziga xos afzalliklari mavjud. Avvalo, tashkilotda yuz berayotgan barcha narsani axborot maydonida aks ettirish imkoniyati mavjud. Barcha iqtisodiy omillar va resurslar yagona axborot shaklida, ma`lumotlar ko’rinishida ishtirok etadi. Bu hol qaror qabul qilish jarayonini axborot texnologiyasi sifatida ko’rib chiqish imkonini beradi.
Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot tizimi butun tashkilot jamoa faoliyatining maqsadga yo’naltirilgan axborot muhiti, korporativ axborot tizimi ham bo’lishi mumkin.
Hozirda zamonaviy ko’rinishdagi bunday tizim tashkilotlarda murakkab vazifalarni hal qila oladigan, yagona axborot tizimiga integrallashgan, universal va ixtisoslashgan turli mutaxassislar, turli apparatdasturiy platforma majmuini o’z ichiga oladi.

Download 22.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling