T. S. Malikov
Baholarni shakllantirishga xarajatli yondashuv metodi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Baholarni shakllantirishga xarajatli yondashuv metodi
Bu metodda XYuSning tovarlarni ishlab chiqarish va rea- lizatsiya qilish haqiqiy xarajatlari asosiy tayanch nuqta sifa- tida qabul qilinadi Baholarni shakllantirishning bu metodi tarixiy jihatdan eng qadimgi va eng ishonchli hisoblanadi Uning asosida XYuS mahsulotni ishlab chiqarish va reali- zatsiya qilish xarajatlarining buxgalteriya hujjatlari bilan tasdiqlangan xarajatlaridan iborat bo’lgan haqiqiy katego- riya yotadi Ma’lum darajada bunday yondashuvning obro‘si baholarni shakllantirishni barcha xarajatlarga normal daromadlarni to‘liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovarlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishining XYuS uchun zarurligini nazarda tutuvchi iqtisodiy nazariya orqali qo‘llab-quvvatlanishi bilan belgilanadi 207 Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan haqiqiy summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, bu bilan firmalarni ta’min- lovchi faoliyat bilan kasbiy shug‘ullanuvchilar alohida ajralib turadi. Agar o‘zlari xaridor bo‘layotgan tegishli tovarlar baholarining o‘zgarib turishi mumkinligini tushunsalar, ular faqat kerakli tovarning haqiqiy bahosini yashiribgina qolmasdan, balki bu xususida ishlab chiqaruvchini ongli ravishda chalg‘itish usullarini ham qidirib topishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatda ishlab chiqaruvchi marketologlarining iste’molchilar bilan aloqalari asosida qurilgan barcha urinishlari “tadbirkor” ta’minot- chilar tomonidan ongli ravishda “tashlangan” dezinformatsiya orqali yo‘qqa chiqarilishi mumkin. Shuning uchun ham, bunday vaziyatda XYuS ta’minotchisi mutaxassisining asosiy vazifasi sotib oluvchilar to‘lashga tayyor bo‘lgan bahoda katta miqdordagi buyurtmalarni olmaslik bilan belgilanadi. XYuS marketologi va ta’minotchilarning o‘ziga xos bo’lgan “san’ati” sotib oluvchilardan tovarning haqiqiy bahosini o‘zida iloji boricha ko‘proq aks ettirishi mumkin bo’lgan bahoda to‘lashga ko‘proq tayyor ekanliklariga erishish orqali ifodalanadi. Bir vaqtning o’zida, firmaning yangi mah- sulotini qanday bahoda sotib olishga tayyor ekanliklari xususida sotib oluvchilarga murojaat qilish xato hisoblanadi. Sotib oluvchilar bunday vaziyatda yangi tovarni yetarli darajada baholay olmaslikka va uning bahosini iloji boricha pasaytirishga harakat qilishlari tufayli ularning yuqoridagi savolga javoblari hamma vaqt ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Hayotda sotuvning haqiqiy bahosi marketing tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam hollardagina bir-biriga mos tushadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling