T u sh u n t I r I sh X a t I
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
man dvigateli yonilgi nasosining ishonchliligini taxlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish
3.6-rasm. Klapan juftligida eyilish sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xarakterli joylar: a-teskari yo‘nalish klapani; b-teskari yo‘nalish klapanining o‘rindig‘i. 1-siqish konusi; 2-yuksizlantiruvchi belbog‘; 3-quyruq yo‘naltiruvchisi; 4-siqish faskasi; 5-yo‘naltiruvchi teshik. Klapan juftliklarini ta‘mirlash. Ta‘mirlangan va ta‘mirlanishi lozim bo‘lgan juftliklarning zichligi gidravlik sinalishi lozim. Sinashdan avval uya teshigida klapanning harakatlanishi tekshiriladi. U yarim uzunligiga surilib, o‘z og‘irligi ta‘sirida vertikal o‘qqa nisbatan istalgan burchakka burilganda oxista tushishi lo- zim. Dastlab juftlikning yuksizlantirish belbog‘i germetikligi tekshiriladi. Buning uchun o‘rnatish vintining kallagi yordamida klapan 0,2 mm ga siljitiladi va tizimda 0,22 MPa bosim hosil qilinadi. Bosimning 0,2 MPa dan 0,1 MPa gacha pasayish vaqti o‘lchanadi, bu vaqt 1 s dan kattaroq bo‘lishi lozim. So‘ng klapan juftligining umumiy germetikligi tekshiriladi. Asbob tizimida 0,82 MPa bosim hosil qilinadi va bosimni 0,8 MPa dan 0,7 MPa gacha pasayish vaqti o‘lchanadi. Juftlikning texnik holatini tekshirish uchun yuksizlantiruvchi belbog‘ning holatini hisobga olish lozim. Juftlikning bosim hosil qiluvchi konusi va o‘rindig‘ini silliqlab ta‘mirlanadi. Buning uchun eyilgan klapan ishlov beruvchi babka sanchasiga qotiriladi, cho‘yan ishqalash moslamasida, pasta bilan bosim hosil qiluvchi konus va yuksizlantiruvchi belbog‘ning shakli
tiklanadi. Klapan
o‘rindig‘ining yo‘naltiruvchi teshigi ham ishqalash moslamasida ta‘mirlanadi. Klapanlar va klapan uyalari diametrlarining o‘lchami silindrik yuzalar diametrlari bo‘yicha saralanadi va ular o‘zaro ishqalab moslanadi. O‘lchamlari kichikligi tufayli, komplektlab bo‘lmaydigan klapanlar elektrokimyoviy va kimyoviy usullarda kattalashtiriladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling