T u shuntiri shxat I
Rotatsion o’t o’rg’ichlarni texnik xarakteristikalari
Download 1.59 Mb.
|
BMI MATQURBONOV XURSAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4 Pichanlarni o’rishda qo’yiladigan agrotexnik talablar
1.3 Rotatsion o’t o’rg’ichlarni texnik xarakteristikalari
Ushbu texnik bayonnoma va yo’riqnoma KPH- 2.1 A o’t o’rish mashinasining tuzilishi , montaj va ishlatilish bo’yicha asosiy yo’riqnoma xisoblanadi. KPH- 2.1 A o’t o’rish mashinasi katta tezlikda yig’ib olish, o’rilgan g’aramni chalg’isida teks g’aramlash , serxosilli o’tlarni , yiqilgan o’tlarni o’rish uchun moslashgan mashina xisoblanadi. Mashina mamlakatning barcha hududlarida qo’llaniladi. [http://(5)] 0.9 -1.4 sinfga mansub traktorlarga o’t o’rish mashinasi tirkaladi. KPH- 2.1 A o’roq mashinasini texnik ma’lumotlari:
1.1-jadval. Maksimal gabarit o’lchamlari, m. Ishlash vaqtida Uzunligi ………………………………………………..3550+35 Kengligi ………………………………………………. 2085+20 Balandligi ……………………………………………… 1380+15 MTЗ-80 Traktoriga tirkalgandagi transpot holati:
1.2-jadval. KPP – 2.1 Б o’t o’rish mashinasining texnik tavsifi. [htpp://(3)]
1.3-jadval. 1.4 Pichanlarni o’rishda qo’yiladigan agrotexnik talablar O’t o’rish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnik talablar. O’t o’rish mashinasining o’roq apparati balandlik bo’yicha o’rib ketish kengligi to’liq ajratilishi kerak: 6 sm tabiiy o’tlar uchun, 8 sm ekilgan o’tlar uchun. O’t o’rish chizig’I chegarasi belgilangan balandlikdan ± 0.5 sm oshmasligi kerak. Yuqori darajadagi o’t o’rish paytida yoki o’rilmay qolgan o’tlar 2% dan oshmasligi zarur. O’roq apparatini boshmoqlari o’rilgan va o’rilmagan o’tlarga aralashmasligi kerak.[htpp://(6)] Pichanni nobud qilmasdan o’rishda ilmiy asoslangan agratexnik talablardan pichanni kesish balandligini ta’minlashdan iborat. Pichan tayyorlashda dukkakli o’tlar g’unchalab boshlaganda pichanzordagi o’tlar gullamasdan , boshoqli bo’lsa boshoqlana boshlagandan keyin o’rish; Cho’l o’tlarini yerdan 4 – 4.5 sm sug’oriladigan dalalardagi bir yillik va ko’p yillik o’tlarni 5 – 6 sm dan qirqish kerak; Pichanni o’rish va g’aramlash ishlari 10 – 14 kun ichida bajariladi; Yem - xashak yig’ishtirishda qo’yiladigan asosiy talab – hosilni kamroq nobud bo’lishini ta’minlashdir. Uning turiga qarab, tarkibiga qo’yiladigan talablar ham turlicha bo’ladi: protein miqdori pichanda kamida 8%, har bir kg ozuqada protein 15 mg bo’lishi kerak. Klechatka miqdori 30% dan oshmasligi kerak. Yem – xashak to’yimli bo’lishi uchun uni qulay agrotexnik muddatlarda mahalliy sharoitga mos texnologiya bo’yicha qisqa vaqt ichida yig’ishtirib olish kerak. Pichanbop o’tlarni gullayotgan vaqtida o’rib olish va quriganda ularni gulini to’liqroq saqlab qolish mumkin. Senaj uchun o’simlik gullashidan oldin o’rilgani ma’qul. Makkajoxorini silos uchun so’tasidagi namligi 70…75% gacha kamayganida o’rilgani ma’qul. O’rilib quritilayotgan o’t namligi 50…60% gacha kamayganida titishni, namligi 18% dan kamayganidan so’ng esa, haskashlab to’plashni boshlash mumkin. Pichanni yig’ishtirib olishga o’rilgan qismining nobud bo’lishi 5% dan, uyumlangan pichanni preslab yig’ishtirihsda 2% dan, yuklab transportlashda esa 2% dan oshmasligi, jami nobudkorchilik 8% dan oshmasligi kerak.[3] Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling